«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


-mavzu. Sutchilik sanoatida va sutchilik xo‘jaliklarida veterinariya sanitariya talablari


Download 3.15 Mb.
bet44/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

9-mavzu. Sutchilik sanoatida va sutchilik xo‘jaliklarida veterinariya sanitariya talablari
Reja:

  1. Barcha turdagi sut yetishtiradigan fermalarda sut olish gigiyenasi.

  2. Sutni qayta ishlash.

  3. Sut olish jarayonida sut sog‘inchlarini sanitariya gigiyenasi.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi muhim rol o‘ynaydi va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bilan aholining tabiiy va sifatli iste’mol mahsulotlariga talabini ta’minlash mumkin.
Qoramollardan olinadigan mahsulotlar ichida birinchi o‘rinni sut mahsuloti egallaydi. Sut va sut mahsulotlari inson salomatligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Oziq – ovqat xavfsizligini ta’minlashda bu tarmoq muhim amaliy ahamiyat kasb etishi, yuqorida ta’kidlangan ko‘rsatkichdan yaqqol namoyon bo‘lib turibdi.
Sutning tarkibidagi energetik qiymatga ega bo‘lgan yog‘lar, oqsillar va uglevodlar miqdori mutanosib nisbatda uyg‘unlashgan.
Bir yilda aholi jon boshiga sut va sut mahsulotlari istemol qilish miqdori 392 kg ga to‘g‘ri kelishi lozim.
Rossiya Federatsiyasi Meditsina fanlari akademiyasi huzuridagi oziq- ovqat instituti katta yoshdagi odamga bir kunda; 0.4 litr tabiiy sut, 30 g suzma, 10 g qaymoq, 18 g smetana, 33 g saryog‘ va 16 g pishloq mahsulotini iste’mol qilishni tavsiya etadi.
Insonni kunlik ratsionining tarkibini 1/3 qismi sut va sut mahsulotlariga to‘g‘ri kelishi maqsadga muvofiq.
Qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, sutchilik tarmog‘ini rivojlantirishni jadallashtirish, fermer, dehqon va aholini shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida xamda sut xomashyosini qayta ishlashga mo‘ljallangan qorxonalarning moliyaviy yuksalish to‘rg‘unligini ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Halqaro jamg‘arma bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Halqaro jamg‘arma ishtirokida O‘zbekistonda sutchilik tarmog‘ida qo‘shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2795 – sonli qarori qabul qilingan.
Fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda sifatli, to‘yimli va texnologik xususiyatlari yuqori, sanitariya nuqtai-nazardan xavfsiz, ekologik toza sut ishlab chiqarish tizimini to‘liq joriy etish talab qilinadi. Buning uchun sigirlarni me’yorda oziqlantirish, ilg‘or usullarda saqlash va sog‘ish, ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklarda sutga birlamchi ishlov berishni taqozo etadi.
Fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari sut ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqdalar, ushbu xo‘jaliklarda sog‘ib olingan sutni xarid qilish va qayta ishlash tizimlarini yaratish lozim. Bu borada yirik shaharlarda qo‘shma yoki aksiyadorlik yirik sut zavodlarini tashkil qilish bilan ishlab chiqaruvchilardan sutni joyida qabul qilish sharoitini yaratish kerak.
Shaxsiy yordamchi dehqon va fermer xo‘jaliklarida sutchilik laboratoriyalarida ishlash qoidalari va texnika xavfsizligini bilish, sutdan o‘rtacha namuna olish va sutni tahlil qilish fizikaviy xossalarini bilish, sutning asosiy sifat ko‘rsatkichlarini va sutning yog‘liligini aniqlashni taqazo etadi.
Shaxsiy yordamchi dehqon va fermer xo‘jaliklarida sutni kayta ishlash sexlarini tashkil qilinishi, laboratoriya ishini yaxshi bilishi sut va undan tayyorlanadigan mahsulotlarni sifatini aniqlash va baholashga imkon beradi. Shuningdek , o‘quv- uslubiy qo‘llanmada sut, oqsillar, sut shakari va mineral moddalar, sutning quruq moddasi, sutning sanitariya-gigiyena holatini nazorat qilish, sutning nordonligini aniqlash, sutning pasterlanish darajasi va tabiiyligini nazorat qilish, qatiq, asidofilin, kefir, qimiz, suzmani, saryog‘’, pishloq, brinza, sut konservalari va sut ko‘shimcha mahsulotlarini tahlil qilish hamda sutchilik fermalarida sigirlarni sog‘ish, sutga dastlabki ishlov berish, separator, bakterial ivitiqilarni tayyorlash, nordon sut mahsulotlari texnologiyasi, saryog‘’, pishloq tayyorlash texnologiyasi, sut konservalari va sut ko‘shimcha mahsulotlari, sanoat asosida qimiz tayyorlash texnologiyasi va sutchilikda tashkiliy texnikaviy tadbirlar majmuasi kabilar berilgan.



Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling