«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”
Download 3.15 Mb.
|
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paratuberkulyoz
- Sigir ketozi
Nekrobakterioz
Kasallik bilan ot, qo‘y va qoramollar kasallanadi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi anaerob sharoitida ko‘payib o‘sadi, spora hosil qilmaydi, 60o haroratda 30 daqiqa qizidirilganda halok bo‘ladi. 100o haroratda 1 daqiqada halok bo‘ladi. Agar sut bezlari shikastlangan bo‘lsa, olingan sut yo‘qotiladi. Aksincha, sut bezlari shikastlanmagan bo‘lsa, olingan sut qaynatilgandan keyin ishlatiladi. Chechak Qoramolchilik, qo‘ychilik va echkichilik xo‘jaliklarida chechak kasali uchrab turadigan bo‘lsa, hayvonlardan olinayotgan sut xo‘jalikdan tashqariga chiqarilishi mumkin emas. Olingan sut xo‘jalikning o‘zida qayta ishlanadi. Kasallikka qo‘yilgan karantin olingandan keyin, brinza va boshqa tayyorlangan sut mahsulotlarini xo‘jalikdan chiqarishga ruxsat etiladi. Auyeski Bu kasallikka gumon qilingan sog‘in sigirlaridan olinayotgan sut, qaynatilgandan yoki pasterizatsiya qilingandan keyin, oziq-ovqat sifatida ishlatilishi mumkin. Paratuberkulyoz Parrandalarning tuberkulyoziga musbat reaksiya ko‘rsatgan sog‘in sigirlardan olinayotgan sut oziq-ovqat sifatida ishlatilishidan oldin 70o haroratda 30 daqiqa pasterizatsiya qilinishi yoki 5 daqiqa chamasida qaynatilishi kerak. Leykoz L.K.Semenovaning ma’lumotiga ko‘ra, leykoz kasalligi bilan kasallangan hayvonlardan olinayotgan sutda β-laktoglobulinning miqdori kamayadi va immunglobulinlar ikki barobar oshadi (sog‘lom hayvonlarning sutiga nisbatan). Leykoz bilan kasallangan sigirlardan olingan sutni ishlatish taqiqlanadi. Olingan sut yo‘qotiladi, yoki qaynatilgandan keyin leykoz kasali bilan kasallagan sigirlarning buzog‘iga yoki cho‘chqalarga ozuqa sifatida ishlatilishi mumkin. Kasallikka gumon qilingan sigirlardan olingan sutni oziq-ovqat sifatida ishlatish mumkin, lekin ishlatilishdan oldin 85o haroratda 10 daqiqa pasterizatsiya qilinishi yoki 5 daqiqa qaynatilishi kerak. Kasallik uchrab turadigan xo‘jaliklardagi sog‘lom sigirlaridan olingan sutni zavodiga yuborish mumkin. Lekin bunday sut sut zavodida pasterizatsiya qilinishi shart. Mastit Sog‘in sigirlarning orasida ko‘pincha sut bezi yallig‘lanishining turli formalari uchrab turadi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi ko‘pincha streptokokklar hisoblanadi. A.F.Voytkevichning ma’lumotiga ko‘ra, 36 ta mastit kasalligidan streptokokklar 68 %, stafilokokklar-10 %, sil tayoqchasi-30 %, ichak tayoqchasi-3 % ajratib olingan. Sterptokokklar sigirlarning mastit kasalligida qo‘zg‘atuvchisi bo‘lishi bilan birgalikda, odamlarda angina, skarlatina, otit va saramas kasalligini chaqiradi. Mastit kasalligi bilan kasallangan sigir sutining tarkibi va xususiyatlari kasallikning qanday holatda kechishligiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Kasal hayvonlarning sutida kazein, laktoza, yog‘, quruq moddasi kamayadi, zichligi va ivishi pasayadi, aksincha, xlor va albuminning miqdorir ortadi, yog‘ sharikchalarining diametri kichiklashadi. Ventning (Wendt) ma’lumotiga ko‘ra, mastit kasalligida askorbin kislotasining miqdori kasallik boshlanganda 10 % ga, keyinchalik 30-50 % ga kamayadi. Kasallikning klinik belgilari aniq ko‘ringanda, sutning konsistensiyasi tvorogsimon, rangi ko‘kimtir yoki sarg‘ish bo‘lib, ta’mi sho‘r bo‘ldai. Bunday sifatsiz sut ekspertiza paytida brak qilinadi. Sog‘in sigirlardan kasallikning surunkali, ya’ni klinik belgilari bilinmay o‘tadigan formalarida olingan sut, iste’mol qilinganda kishilarning sog‘ligiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Sog‘lom hayvonlarning sutiga 5% mastit kasalligi bilan kasallangan sigirlarning suti qo‘shilib pishloq tayyorlanganda, tayyorlangan pishloqning kamchiligi juda ko‘p bo‘ladi. Sigir ketozi Ketoz kasalligi yuqusmiz kasalliklar qatoriga kiradi. Kasallik yosh va yuqori mahsuldor, katta yoshdagi sog‘in sigirlarda tug‘ishdan oldin, ko‘pincha, tug‘gandan keyin uchraydi. Sog‘in sigirlarning organizmida yog‘ va uglevodlarning almashinishi buzilishi oqibatida, avvalambor, sigirlarda, keyinchalik sutning tarkibida keton tanachalari paydo bo‘ladi. Keton tanachalarning ko‘payishi, yog‘ kislotalarining hisobiga bo‘ladi, bu esa hayvonlar uchun zaharli hisoblanadi. Ketoz kasalligi bilan kasallangan sog‘in sigirlardan olingan sut pasterizatsiya qilinadi. Download 3.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling