O‘ta xavfli kasalliklarda, sutni sanitariya jixatidan baholash
Kasal hayvonlarda klinik belgilar namayon bo‘lgan qo‘ydagi kasalliklarda ya’ni: kuydirgi, qorason, o‘lat, havfli shish, sil, leykoz, hamda sut bezlarining nekrobakteriozi, sili va aktiyo‘lmikozi va ko‘pgina boshqa holatlarda, veterinariya dasturiga asosan, hayvonlarda olingan sut oziq-ovqat va hayvonlar uchun oziqa sifatida ilatish qatiyan man etiladi. Bunday sutlar 30 daqiqa qaynatilagandan keyin yo‘qotilishi zarur.
Leykoz va sut bezining klinikasi aniq bo‘lmagan mastit kasalliklari bilan kasallangan sigirlardan olingan sut 30 daqiqa qaynatilagandan keyin, leykoz sigirlaridan tug‘ilgan buzoqlarga yoki cho‘chqalarga ozuqa sifatida ishlatish mumkin. Hayvonlar quyidagi kasalliklarga gumon qilinib karantin qo‘yilganda yoki shu kasallikka qarshi Senkovskiy vasinasi bilan emlangan bo‘lsa, olingan sutni faqatgina qaynitalgandan keyin ishlatish mumkin. Bu mollardan olingan sutni, xo‘jalikdan chiqarishga quyidagi holatlardan so‘ngina ruxsat beriladi: birichidan karantin olingandan keyin, ikkinchidan hayvonlar emlangandan keyin 15 sutka o‘tgan bo‘lsa. Manqa kasalligi bilan kasallanganbaytallardan olingan, hamtexnik utilizasiya yo‘qotilishi zarur.
Turli kasalliklarda sutni baholash.
Bursellyoz kasalligida sutni sanitariya jihatidan baholash
Bursellyoz kasalligini uchta turini mikroblari odamlar uchun havfli bo‘lib, ular odamlarda kasallik chaqiradi.
Br. Abotusbovis.Br. Melitensis va Br. Suls.
Bularni eng havflisi Br. Melitensishisoblanib, ular faqat qo‘y va echkini sutida bo‘lmasdan, balki sigir sutida ham bo‘lishi mumkin.
Sovitilgan sutda bursellar 6-8 kun, kislotaligi oshayotgan sutda 1-4 kun, qaymoqda 10 kun, sariyog‘da 41-67 kun, pishloqda 42 kungacha saqlanishi mumkin.
Qimizni tarkibida 3 kungacha tirishligini saqlaydi.
Tarkiblarga bursellar 60o haroratda 30 daqiqa pasterizasiya qilinganda o‘ladi.
Hayqonlarda allergik reaksiya musbat natija bersa, lekin kasallikni klinik belgilari anniq bo‘lmagan hayvonlardan olingan sutni 70o haroratda 60 daqiqa pasterizasiya qilingandan so‘ng oziq-ovqat uchun ishlatish mumkin. Qo‘ychilik va echkichilik xo‘jaliklarida burseliyoz uchrab turadigan bo‘lsa, ularni sog‘ish mumkin emas. Bursellyozga qarshi vaksina bilan emlangan sigirlarni suti 6 oygacha pasterizasiya qilinishi kerak, bunda podaning orasida oxirgi marta bola tashlagan sigirlar aniqlanib ular tezda podadan ajralishi shart.
Sutning tarkibidagi bursellarni antigen bilan xalqali reaksiya hamda agglyutinasiya reaksiyalari yordamida aniqlash mumkin. Kupincha tekshirishlar natijasida shu narsa aniqlanganki, kislotaligi oshgan og‘iz suti, hamda mastit bilan kasallangan sigirlarni suti xalqali reaksiya yordamida tekshirilganda to‘g‘ri natija bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |