«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


-mavzu. Tuberkulyoz kasalligida sutni veterinariya sanitariya jihatdan baholash


Download 3.15 Mb.
bet56/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

13-mavzu. Tuberkulyoz kasalligida sutni veterinariya sanitariya jihatdan baholash


Sil kasalligida sutni sanitariya jixatidan baholash
Qoramollarda silni qo‘zg‘atuvchisi M. tuberculosis, bu mikroblar odamlar, ayniqsa bolalar uchun o‘ta havfli.
Bu kasallik bilan kasallangan sigirlardan olingan sutni, yosh bolalar istemol qilsa 90-100 % bolalar kasallanadi.
Kasallikni mikroblari kislotaga juda chidamli, shuning uchun achigan sutning tarkibida 20 kungacha saqlanadi. Kasallik mikroblari pishoqda 2 oygacha, sariq yog‘da 100 kungacha, agar yog‘ sovuq joyda saqlansa 10 oygacha, muzlatilgan yog‘da 6 yildan ortiqroq saqlanishi mumkin. Mikroblar yuqori haroratda tezda halok bo‘ladi. Suyuq muxitda harorat 60o da, 30 daqiqada o‘ladi. Kasal mollardan olingan sut, sog‘lom mollarni sutidan, o‘zining kimyoviy va fizikaviy xususiyatlari bilan keskin farq qiladi. Kasal sigirlarni sutida oqsil (albuminn, globulin) ikki barobar oshadi. Natijada sutni yopishqoqligi oshadi, hamda quruq modda va suv ko‘payadi.
Bunday sutni tarkibida yog‘ miqdori 0,7 % ga laktoz va kislotalik darajasi pasayadi. Sut tarkibining bunday o‘zgarishi, kasalliknin cho‘zilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Kasallikni boshlang‘ich davrida sut o‘zini xususiyatlarini saqlaydi, lekin keyinchalik tarkibi o‘zgaradi. Sutni tarkibi ko‘kimtir-sarg‘ish bo‘lib, ta’mi sho‘r bo‘ladi. Agar sil sut bezida bo‘lsa sutni rangi haaavvvo ranga kiradi. Sil kasalligi uchrab turadigan xo‘jaliklarda sigirlardan olinadigan sut quyidagicha zararsizlantiriladi.
Sil kasalligi tugatilayotgan sigirlardan olinayotgan sut 85o da, 30 daqiqa zararsizlantirilib, keyin sut zavodiga jo‘natilishi mumkin. Zavodda sut qaytadan pasterilizasiya qilingandan so‘ng to‘xtovsiz ishlatiladi.
Xo‘jalikdagi sigirlar tuberkulyozga musbat reaksiya ko‘rsatgan bo‘lsa, ulardan olingan sut qaynatilib xo‘jalikni o‘zida ishlatish mumkin. Bunday sutdan faqatgina eritiladigan yog‘ olish mumkin, qolgan yog‘siz sut, hayvonlar uchun oziqa sifatida ishlatiladi.
Sut har xildagi mikrofloralarning o‘sishi va taraqqiyoti uchun eng yaxshi oziq muhiti hisoblanadi. Lekin shu narsa e’tiborga olinish kerakki, birinchi soatlarda sog‘ilgan sutda mikroblarning miqdori kamayadi, bu davr ichida sut ayrim mikroblarga nisbatan shunday holatda bo‘ladiki, bunda mikroblar rivojlana olmaydi va halok bo‘ladi. Bu sutning bakteriostatik va bakteritsid xususiyatlariga kiradi. Bu davr sutning bakteriostatik fazasi deb ataladi. Bu esa sutning tarkibidagi laktenin, lizotsin, antitoksin, bakteriolizin, aglyutinin, opsonin, immun tanachalari va h. z. hisobiga amalga oshiriladi.
Sutning bakteritsid xususiyati, sutdagi lizotsin «M» va sut bezidagi lizotsin «B»ning mavjudligi bo‘lib, ular sutdagi patogen va shartli patogen mikroblarning o‘sishiga to‘siqinlik qiladi (streptokokk, tilla stafilokokk, leptosper va h.z.). ayniqsa, laktenin, har xil turdagi sreptokokklarga qarshi juda jadal ta’sir ko‘rsatadi. Sutning bakteriostatik xususiyati yo‘qolmaguncha, sut buzilmaydi. Sutning bakteriostatik fazasi muddatining oshishiga ko‘pgina omillar ta’sir ko‘rsatadi, jumladan, saqlashdagi harorat, hayvonlarning sog‘ligi, sut berish davri, ozuqalanish sharoiti va boshqalar. Sovutilmagan sutda bu xususiyat uch soatgacha saqlanadi. Agar sut sog‘ib olish jarayoni va sutni fermada dastlabki qayta ishlash 2-3 soat davom etsa, unda sutning bakteriostatik xususiyati yo‘qoladi. Shuning uchun ham sutni bakteriostatik fazasini uzaytirish uchun sigirlarni sog‘ish jarayonini tezlashtirish va olingan sutni tezda sovutish kerak. Fermer va davlat xo‘jaliklarida sutni sovutishning har xil usullari qo‘llaniladi. Oddiy usullaridan biri buloq yoki quduq suvi yordamida sovutish. Buning uchun flyagalarga solingan sut, hovuzning ichidagi sovuq suvga botiriladi. Sutni sovutish uchun har xildagi apparatlar va moslamalar mavjud.
Ko‘pincha qarama-qarshi oqadigan suvli sovitgich ishlatiladi. Buning uchun sut, sovitgichning sut qabul qilish kosachasiga solinadi, bunda teshik bo‘lib, sut yuqoridan pastga qarab, ya’ni, sovitgichning yuzasidan oqadi, pastki tomondagi truba orqali sovuq suv sovitgichga o‘tib turadi. Bularning eng qulayi yassi plastinkali sovitgich hisoblanadi. Bu sovitgich ikki bo‘lim trubalardan iborat. Sut, avvalambor, yuqori bo‘lim trubalarining yuzasida sovutiladi. Trubalarning ichidan, pasdan yuqoriga qarab sovuq suv o‘tib turadi. Keyin esa sut, pastki ikkinchi bo‘lim yuzasida sovutiladi. Pastki bo‘lim trubalarining ichidan sovugan tuz eritmasi o‘tadi. Sutni sovutish va saqlash uchun ketma-ket uzuluksiz sovitgichlar qo‘llaniladi. Sut suzgich orqali qabul qilish bakiga, keyin esa uzluksiz sovitgichga o‘tadi. Sovitgich ikkita qalaylab oqartirilgan bir-biriga kirib turadigan metall silindrdan iborat bo‘lib, ikkala silindrning o‘rtasidagi bo‘shliqda sovuydi. Silindrning o‘rta qismi muz parchalari va suv bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Betonli hovuzlarga mana shu sovitgichlar o‘rnatiladi va hovuzning ichiga sut bidonlari qator qilib joylashtiriladi. Hovuzning ichida suv va muz parchalari bo‘ladi. Sovitgichdagi sut bo‘shliq orqali flyaglarga o‘tadi. Bitta flyaga to‘lgandan keyin kran yopiladi va ikkinchi flyagani to‘ldirish uchun kran ochiladi. Hozirgi vaqtda sutni sovutish uchun kompressor moslamalar ishlatiladi.

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling