«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Sigirning oqsil kasalligida olingan sutni sanitariya jihatidan baholash


Download 3.15 Mb.
bet50/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Sigirning oqsil kasalligida olingan sutni sanitariya jihatidan baholash
Oqsil kasalligi bilan qoramol, qo‘y, echki, tuya va bug‘u kasallanib, shu jumladan, odamlar, ko‘pincha yosh bolalar kasallanadi.
Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi filtrlanadigan viruslar bo‘lib, so‘lakda, qonda, o‘tda, tezakda, siydikda va kasal hayvonlarning sutida uchraydi. Harorat 50o gacha qizdirilganda tezda halok bo‘ladi. 60-70o li suyuq muhitlarda viruslar 15 daqiqa ichida halok bo‘ladi. Kislotali muhit viruslarning tarkibini buzadi. Viruslar sutning tarkibida 30-45 kun saqlanadi, sovuqlikda esa konservatsiyalanadi. Odam bu kasallik bilan sutni hamda kasal hayvonlar sutining zardobini iste’mol qilganda kasallanadi. Kasallangan hayvonlarning sut berish qobiliyati pasayadi. Oqsil kasali bilan kasallangan sigirning sutida leykotsitlar yetti barobar, yog‘ 7-8% va eriydigan oqsillardan albumin va globulinning miqdori ortadi. Bundan tashqari, sutning tarkibidagi kalsiy va fosforning oralig‘idagi tenglik o‘zgaradi, ya’ni kalsiyning miqdori 7-23 % ga ortadi va buning oqibatida sut bilan kalsiy ajralib chiqa boshlaydi. Xlor-shakarining soni o‘zgarmaydi, vitamin A va riboflovin kamayadi, vitamin E, C ning miqdori oshadi. Oqsil kasalligi bilan kasallangan sigirlarning sutidan sariyog‘ va tvorog tayyorlanganda mahsulotlarning organoleptik ko‘ratkichlari yaxshi bo‘ladi.
Sutdan yog‘ini ajratib olish uchun, qayta ishlashdan oldin va tvorog tayyorlash uchun ishlatiladigan sutni 85-90o haroratda 30 daqiqa pasterizatsiya qilish kerak. Pishloq tayyorlash uchun bu sut ishlatilmaydi. Oqsil kasalligiga qarshi emlangan sog‘in sigirlar sutining kimyoviy tarkibining qismlari o‘zgarmaydi. Ayrim vaqtlarda oqsil kasalligi bilan kasallangan sigir sutining ta’mi va hidi o‘zgarib shilimshiq konsistensiyaga ega bo‘ladi, bunday sut zararsizlantirilgandan keyin util qilinadi.


Boshqa kasalliklarda sutni sanitariya jihatidan baholash
Rikketsiozlar
Uy hayvonlarida bu kasalliklar kam o‘rganilgan. Bu kasalliklarning ichida eng xavflisi kuistimasi hisoblanib, uning qo‘zg‘atuvchisi Rickeitsia burneti. Bu kasallik bilan sigir, qo‘y, echki, xom sutni iste’mol qilganda odam ham kasallanadi. Ku-isitmasi kasalligida sut bezlari va sutning tarkibi ko‘rinarli darajada o‘zgarmaydi. Lekin hozirgi paytgacha bu kasallikning qo‘zg‘atuvchisini sutga tushish yo‘li aniqlanmagan. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi yuqori haroratga juda chidamli. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi 72o li haroratda o‘zining tirikligini 15 sekund saqlaydi. Oziq-ovqat mahsulotlari minus 20o da ikki yil saqlangandan keyin ham kasallikning qo‘zg‘atuvchisini topish mumkin. Odamlar ko‘pincha xom sutdan tayyorlangan tvorogni iste’mol qilganda kasallanadi. Kasal mollardan olingan sut 3-5 daqiqa qaynatish yo‘li bilan zararsizlantiriladi.



Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling