«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”
Download 3.15 Mb.
|
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua
Sut sanoati — sutdan turli sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan oziqovqat sanoati tarmogʻi. Sut sanoati tarkibiga sariyogʻ, sut, qatiq, qaymoq, smetana, quruq sut, sut konservalari, pishloq (sir), tvorog , brinza, muzqaymoq, kazein va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. Oʻzbekistonda 20-asrning 20y.lari oxirlariga qadar sutdan xonaki usullarda qaymoq, qatiq, ayron, suzma, qagʻanoq, pishloq, qurt kabi mahsulotlar, qatiqni kuvda pishib sariyogʻ tayyorlangan.
Oʻzbekistonda birinchi sut zavodi 1928 yilda Toshkent shahrida ishga tushirilgan. 1940y.ga kelib respublikaning yirik shaharlarida qurilgan 13 ta sut zavodi ishladi (ularda 30,4 ming t sut qayta ishlangan va asosan yogi olinmagan sutqatiq mahsulotlari, sariyogʻ ishlab chiqarilgan). 50y.lar oxiriga kelib sut zavodlari soni 25 taga yetdi (293 ta sut qabul kilish punktlari tashkil etildi), ularning 21 tasida bugʻxonalar kurildi. 1960—70 yillarda Termiz (1961), Andijon (1962), Urganch (1964), Navoiy (1965), Gʻazalkent (1966), Namangan (1966), Xoʻjayli (1968), Jizzax (1969) sh.larida zamonaviy sut zavodlari ishga tushirildi. 1974 yilda Toshkentda bir smenada 150 t sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan sut k-ti foydalanishga topshirildi. 1975—85 yillarda bir kechakunduzda 50—30 t sutni kayta ishlaydigan Fargʻona, Qoʻqon, Angren, Olmaliq, Guliston, Jizzah Kattaqoʻrgʻon, Chirchiq sh.larida sut ktlari ishga tushirildi. Sut zavodlari smetana, qaymoq, pishloq kdsoklash va sutni butilkalarga quyish avtomat liniyalari bilan jihozlandi, 156 separator boʻlimlari qurildi. Sut sanoati korxonalarida kichik yoshdagi bolalar uchun sut mahsulotlari, buzoklarni boqish uchun sunʼiy sut ishlab chiqarish. yoʻlga qoʻyildi. 1990 yilga kelib Oʻzbekiston Seda 684,1 ming t yogʻi olinmagan sut va sut mahsulotlari, 15,9 ming t sariyogʻ, 2,1 ming t qattiq va yumshoq pishloq, 20,7 ming t yogeiz sut mahsulotlari, 8,2 ming t muzqaymoq ishlab chiqariddi. 90y.lardan boshlab Sut sanoati korxonalarini texnik jihatdan qayta qurollantirish, xorijiy texnologiyalar,1 qadoqlash avtomatlari bilan jixrzlash amatga oshirildi, chet el firmalari bilan hamkorlikda kaymoq, kazein, yogurt kabi mahsulotlar ishlab chiqaradigan, quvvati 10 tGʻsutka boʻlgan 15 mini zavodlar barpo etildi, qoʻshma korxonalar kurildi. "Buxorosut", "Fargʻonasut" aksiyadorlik jamiyatlari Oʻzbekiston—Britaniya qoʻshma korxonasi, "Bravosut" (Samarqand sh.), Oʻzbekiston — "Nestle" (Namangan sh.), Toshkent shahrida "Vimm Bill Dann — Markaziy Osiyo" (Rossiya — Oʻzbekiston) qoʻshma korxonalari shular jumlasidandir. 1993 yilda Respublika goʻsht va sut sanoati vazirligi, qoramollarni boʻrdoqiga boqish birlashmalari negizida "Oʻzgoʻshtsutsanoat" birlashmasi tashkil etildi. Respublikadagi barcha toifadagi xoʻjaliklarda 4,03 mln. t sut ishlab chikarildi (uning 96% dehqon xoʻjaliklarida yetishtirildi), 790 t sariyogʻ, 6,3 ming t sut va sut mahsulotlari, 2715 t muzkaymoq tayyorlandi (2003). 2003 y. dek.dan toʻliq xususiylashtirilgan Sut sanoati korxonalarini birlashtiradigan "Oʻzgoʻshtsutsanoat" uyushmasi tarkibida 40 dan ortiq sutni qayta ishlash korxonalari ishlaydi. Ularning ishlab chiqarish. kuvvatlari bir smenada 1067,7 t sutni kayta ishlash, 25 t sariyogʻ, 11,8 t sir, 20,8 t muzqaymoq, 15 t yogʻi olingan quruq sut va boshqalarni tashkil etadi (2004). Sut sanoati korxonalari zamonaviy pasterlash, sterilizatsiyalash, sovutish, bugʻlash, mahsulotni qadoqlash uskunalari bilan jihozlangan, avtorefrijiratorlar, sut va boshqa mahsulotlarni tashiydigan avtomobillarga ega. Download 3.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling