8-chizma. Banklar likvidliligiga ta’sir etuvchi ichki omillar2
Tashqi omillar:
mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy holat;
pul va qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanganlik darajasi;
banklararo bozorning barqaror va rivojlanganlik darajasi;
Markaziy bankning moliyalashtirish imkoniyati;
Markaziy bankning nazorat funksiyasi va uning samaradorligi.
9-chizma. Banklar likvidliligiga ta’sir etuvchi tashqi omillar3
Bankning mustahkam kapital bazasi, eng avvalo, uning o‘z kapitalining mustahkamligini ta’riflaydi. O‘z kapital qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik bankning likvidligi yuqori bo‘ladi. Chunki aynan mustahkam kapital omonatchilar va depozitorlarning ishonchli himoyachisi bo‘lib-gina qolmay, u moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi kuchli vosita hamdir.
Bank aktivlarining sifati quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
likvidlik;
risklilik;
daromadlilik;
diversifikatsiyalanishi, ya’ni har tomonlama rivojlanish imkoniyati.
Bank aktivlarining yalpi riski qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik bank ko‘p daromadga ega bo‘ladi.
Aktivlarning diversifikatsiyalanishi quyidagi ko‘rsatkichlarda o‘z ifodasini topadi:
resurs quyilmalarining yo‘nalishlari bo‘yicha aktivlar tarkibi;
ob’ektlar va sub’ektlar bo‘yicha kredit quyilmalarining tarkibi;
valyuta operatsiyalarini bajarishda ishlatiladigan valyuta tarkibi;
qimmatli qog‘ozlar portfeli tarkibi va boshqalar.
Aktivlar qancha diversifikatsiyalangan bo‘lsa, bank likvidligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Depozitlarning sifati ularning barqarorligi bilan belgilanadi. Depozitlar qanchalik barqaror bo‘lsa, bank likvidligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Chunki depozitlar, ya’ni jamlangan resurslar bankni tark etmaydi. Depozitlarning barqaror qismining oshib borishi bankning likvid aktivlarga bo‘lgan ehtiyojini pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |