Vi-bob: tijorat banklarining likvidlilik risklari va ularni boshqarish
Download 105.12 Kb.
|
6-MAVZU.TIJORAT BANKLARINING LIKVIDLILIK RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISH.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Normativlar Hisoblash tartibi Izoh
- Chegaralangan normativlar
Bundan tashqari, tijorat banklari tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan normativlar ham mavjud. (19-jadvalga qarang) 19-jadval Tijorat banklari tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan normativlar5
Tijorat banklari tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan normativlar uchun ma’lum darajada me’yoriy norma darajalari belgilangan. 20-jadval Chegaralangan normativlar
O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining dastlabki davrlaridan boshlaboq tijorat banklarining kapital bazasini mustahkamlashga katta e’tibor berildi. Banklar faoliyatini muntazam ravishda tartibga solish maqsadida Markaziy bank tijorat banklari likvidlililiga nisbatan bir necha normativlar joriy etgan. Tijorat banklari faoliyatiga nisbatan qo‘llanilayotgan ikkinchi normativ bank kapitalining yetarlilik darajasi hisoblanadi. Ushbu normativ bank jami kapitali summasini bank aktivlarining riskka tortilgan summasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi va uning minimal miqdori 0,10 qilib belgilangan. Respublikamiz tijorat banklariga nisbatan qo‘llanilayotgan iqtisodiy normativ bank asosiy kapitalining, ya’ni birinchi darajali bank kapitalining yetarlilik koeffitsiyenti deb ataladi. Koeffitsiyentning mazmuni shundan iboratki, har bir tijorat bankida asosiy kapitalning jami kapitaldagi ulushi 50 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. Amalga oshirilgan tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, respublikamizning barcha tijorat banklarida ushbu normativga rioya etish bilan bog‘liq muammolar mavjud emas. Buning asosiy sababi shundaki, birinchidan, banklar kapitalining asosiy qismi ustav kapitalidan iborat, ikkinchidan, banklar aktivlarining tarkibida yuqori riskli aktivlarning ulushi rivojlangan xorijiy davlatlar tijorat banklaridagi kabi yuqori emas. Shu sababli, banklar ushbu normativni bajarishda qiyinchiliklar sezishmaydi. Respublikamiz tijorat banklariga nisbatan qo‘llanilayotgan uchinchi iqtisodiy normativ Leveraj koeffitsiyenti hisoblanadi. U Birinchi darajali kapitalni nomoddiy aktivlarni jami aktiv ayirib tashlanganiga bo‘lish orqali topiladi. Respublikamiz tijorat banklarining joriy faoliyatining barqarorligini tavsiflovchi normativ joriy likvidlilik koeffitsiyenti hisoblanadi. Ushbu koeffitsiyentning minimal darajasi 0,30 qilib belgilangan. Joriy likvidlilik koeffitsiyenti (JLK) quyidagi tartibda hisoblanadi: JLKQ = (LAQYAQQ) / (TDQ YATT) Bunda: LA - likvidli aktivlar. YAQQ - yaqin 30 kun ichida qaytariladigan quyilmalar. TD - transaksion depozitlar. YATT - yaqin 30 kun ichida to‘lanadigan to‘lovlar. Joriy likvidlilik koeffitsiyentining darajasiga kuchli va bevosita ta’sir ko‘rsatadigan omil transaksion depozitlar miqdorining o‘zgarishi hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida, xususan, Germaniya, Avstriya, Yaponiya davlatlarining bank amaliyotida joriy likvidlilik koeffitsiyenti qo‘llaniladi. Biroq bu ko‘rsatkich ularning markaziy banklari tomonidan direktiv tarzda joriy qilinmagan, balki har bir tijorat bankining o‘zi mustaqil ravishda belgilaydi. Buning ustiga, rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida pul mablag‘lari ko‘rinishidagi aktivlarning jami aktivlar hajmidagi salmog‘i kichik, transaksion depozitlarning bank depozit bazasidagi salmog‘i 48 - 50 foizni tashkil etadi. Shu sababli, ularda joriy likvidlilik koeffitsiyentining qo‘llanilishi O‘zbekiston tijorat banklaridagi kabi kassali aktivlarni yirik miqdorda to‘planib qolishiga olib kelmaydi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining deyarli barchasi bank likvidligi bo‘yicha Markaziy bank tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarga to‘liq rioya qilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, bank tizimini barqaror tarzdagi faoliyatini ta’minlamoqda. Download 105.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling