Vi-bob: tijorat banklarining likvidlilik risklari va ularni boshqarish
Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti
Download 105.12 Kb.
|
6-MAVZU.TIJORAT BANKLARINING LIKVIDLILIK RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISH.
Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyent bankning yuqori likvid mablag‘larining (bular bankning g‘aznasidagi naqd pul mablag‘lari va vakillik hisobvaraqasidagi mablag‘lar) joriy majburiyatlarga nisbati sifatida aniqlanadi va u bankning joriy to‘lovlarni tezkorlik bilan amalga oshira olish qobiliyatini ko‘rsatadi. Bankning joriy majburiyatlariga talab qilib olingunga qadar bo‘lgan depozitlar bo‘yicha majburiyatlar, yaqin orada to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa banklardan olingan kreditlar bo‘yicha majburiyatlar va boshqalar kiradi. Shunday qilib,
Mz=LA/JM
Bu yerda:
M5= A/D+K, Bunda: A- to‘lash muddati 30 kundan 1 yilgacha bo‘lgan bank aktivlari; D- muddati 30 kundan 1 yilgacha bo‘lgan jalb qilingan depozitlar va jalb qilingan resurslar; K- bank kapitali. Bu ko‘rsatkichning hajmi 1 ga teng bo‘lishi zarur. Undan tashqari, tijorat banklari likvidliligini aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlar tahlil qilinishi mumkin. Likvid aktivlar (zahiraning ortiqcha qismi, erkin ayirboshlanadigan valyuta, boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari) /Jami aktivlar. Doimiy bo‘lmagan majburiyatlar (yirik depozitlar/ ma’lum manbalardan olingan qarzlar) /Jami aktivlar. Yuqorida keltirilgan barcha ko‘rsatkichlar quyidagi ma’lumotni aks ettiradi — ushbu ko‘rsatkichlarning pasayishi bankning resurslari barqaror bo‘lmagan manbalarga tayanganligi yoki bank portfelidagi yuqori likvidli aktivlar ulushining kamayganligini anglatadi. Kreditlar/Depozitlar — depozitlarning, ayniqsa, mayda omonatchilarga tegishli qismi odatda resurslarning barqaror manbaidir. Ko‘rsatkichning juda yuqori qiymati (80 foizdan ortiq) va/yoki o‘sishi dastlabki muammolar bankdan chiqib ketadigan resurslar (banklararo bozorlardan olingan qisqa muddatli qarzlar) manbalariga bo‘lgan talabning pastligini bildiradi. Garovga quyilgan qimmatli qog‘ozlar /Jami qimmatli qog‘ozlar — garovga quyilgan qimmatli qog‘ozlar umumiy ko‘rsatkichi bo‘lib, u likvidlilikka tezkor talablarni qoplash uchun qo‘llanilmaydi. 17-jadval.Bankning likvidlik koeffitsiyentlari4
Download 105.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling