Vi-bob: tijorat banklarining likvidlilik risklari va ularni boshqarish


Download 105.12 Kb.
bet2/10
Sana04.11.2023
Hajmi105.12 Kb.
#1747370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-MAVZU.TIJORAT BANKLARINING LIKVIDLILIK RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISH.

«To‘lovga layoqatlilik» likvidlik tushunchasiga nisbatan kengroq bo‘lib, bank zarur muddatlarda omonatchilari, kreditorlari va davlat oldidagi majburiyatlarini to‘la summada bajara olish layoqatini bildiradi.
To‘lov qobiliyati bankning qisqa muddat ichida o‘z majburiyatlaridan qutilish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
Bank likvidligi – o‘z aktivlarini naqd pul sifatida ishlatish yoki ularning nominal qiymatini saqlab qolgan holda pul mablag‘lariga tezda aylantirish yo‘li bilan mavjud moliyaviy majburiyatlarni qoplay olish qobiliyatidir
Shularni hisobga olgan holda jahon banki nazariyasi va amaliyotida likvidlik “zahira” yoki «oqim» deb tushiniladi. Likvidlik zahira shaklida tijorat bankining mijozlari oldidagi o‘z majburiyatlarini belgilangan vaqt mobaynida aktivlar tarkibini ularning hali ishlatilmagan rezervlariga aylantirish yo‘li bilan qoplashni ko‘zda tutadi.
Tijorat bankining likvidligi uning faoliyati asosini tashkil qiluvchi uch asosiy qism o‘rtasidagi doimiy sub’ektiv mutanosiblikni saqlashdan iboratdir. Bular bankning xususiy kapitali, jalb qilingan mablag‘lar va joylashtirilgan mablag‘lardir. Bu mutanosiblik esa, yuqoridagilarning tarkibiy elementlarini operativ boshqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bank likvidligi uning omonatchilar va kreditorlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘la-to‘kis bajara olish qobiliyatidir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 2 noyabrdagi 421-sonli “Tijorat banklari likvidligini boshqarishga bo‘lgan talablar to‘g‘risida”gi nizomida likvidlikka bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o‘sishini moliyalash bilan birgalikda depozitlar va qarz mablag‘lari darajasining pasayishini samarali boshqarish deb ta’rif berilgan.
Iqtisodiy adabiyotlarda to‘lovga qobiliyatlilik likvidlikka nisbatan ham keng, ham tor kategoriya sifatida ko‘riladi. Keng kategoriya sifatida o‘rganilganda to‘lovga qobiliyatlilik ichki va tashqi omillar doirasida ko‘rib chiqiladi, likvidlik esa, faqat ichki omillar doirasida qaraladi. Ba’zi qarashlarga ko‘ra, likvidlik bankning dinamik holatini belgilaydi, to‘lovga qobiliyatlilik esa, ma’lum bir sanaga belgilangan to‘g‘ri keluvchi holatni, ya’ni majburiyatlarini qoplay va to‘lay olish qobiliyatini bildiradi.

Download 105.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling