Vii bob. Yuqori qovushqoqli va yuqori qoòuvchan nefò va nefò mahsuloòlarini quvurlar orqali haydash


Yuqori qovushqoqli neft va neft mahsulotlarini issiqlik


Download 114.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana15.06.2023
Hajmi114.14 Kb.
#1484607
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9mavzu tasis(1)

7.4. Yuqori qovushqoqli neft va neft mahsulotlarini issiqlik
bilan ishlab, keyin haydash
Issiqlik bilan ishlash yuqori qovushqoqli neft va uning mah-
sulotlarini quvurlar orqali tashishdagi asosiy usullardan biri
hisoblanadi. Issiqlik bilan ishlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Yuqori qovushqoqli va yuqori parafinli neft yoki uning mah-
suloti (1) toki bir jinsli eritma hosil bo‘lgunga qadar isitiladi,
ya’ni tarkibidagi parafin batamom erib bo‘lguniga qadar (2). Keyin
neft eritmasi qabul qilingan rejim bo‘yicha sovitiladi. Natijada mayda
kristall tuzilishiga ega bo‘lgan qovushqoqligi past va oquvchanligi
yuqori bo‘lgan neft suyuqligi hosil bo‘ladi (3). Oddiy sharoitda
(B) sovitilganda yana birlamchi neft tuzilishiga ega bo‘lgan ara-
lashma hosil bo‘ladi. Maxsus rejimda (A) hosil bo‘layotgan mayda
parafin kristallarini neft tarkibidagi asfalt-smola moddalari o‘rab,
ularning kattalashishiga imkon bermaydi, natijada mayda kristall
tuzilishiga ega bo‘lgan neft suyuqligi hosil bo‘ladi. Neft tarkibida
asfalt-smola moddalari qancha ko‘p bo‘lsa, issiqlik bilan ishlash
samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi (21- rasm).
21- rasm. Yuqori qovushqoqli neftni issiqlik bilan ishlash
rejimining prinsipial chizmasi:
1– yuqori qovushqoqli birlamchi neft tuzilishi; 2qizdirishdan keyingi
neft (bir jinsli eritma); 3– maxsus rejimda sovitilgan keyingi neft tuzilishi.


60
Bunday tuzilishga ega bo‘lgan neft suyuqligi birlamchi holatga,
ya’ni issiqlik bilan ishlashgacha bo‘lgan tuzilishga qaytishi uchun
o‘rtacha 3–4 sutka, ayrim neftlar uchun esa 20 sutkagacha vaqt
kerak bo‘ladi. Bu vaqt ichida maxsus issiqlik bilan ishlangan neft
suyuqligini quvur orqali kerakli manzillarga tashish imkoniyati
yuzaga keladi. Issiqlik bilan ishlash rejimi, har bir turdagi yuqori
qovushqoqli neft uchun laboratoriya sharoitida aniqlanadi.

Download 114.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling