7.7. Isituvchi nasos stansiyalarining jihozlari
Isitilgan yuqori qovushqoqli va yuqori
qotuvchan neft va neft
mahsulotlarini haydashda porshenli
va markazdan qochma nasos-
lardan foydalaniladi. Yuqori haroratdagi neft va neft mahsulot-
larining qovushqoqligi kam bo‘lishini
hisobga olib, mahsulotlar-
ni
haydashda, asosan, markazdan qochma nasoslardan foydala-
niladi va ular ketma-ket o‘rnatiladi. Ular bug‘
turbinalari yoki
elektrodvigatellar yordamida harakatga keltiriladi.
Porshenli nasoslarning NÒ-45, P-75 va P-85 markadagilari
ishlatiladi.
Yuqori qovushqoqli va yuqori haroratda qotuvchan neft va neft
mahsulotlarini isitish isituvchi moslamalar bilan jihozlangan
rezervuarlar hamda maxsus issiqlik almashinish
apparatlarida amal-
ga oshiriladi.
Rezervuarlardagi isitish asosan yuqori qovushqoqli mahsulot-
larni nasos orqali so‘rib olish uchun amalga oshiriladi.
Rezervuarlardagi isitish harorati 40–60°C bo‘lib,
ilon izi
ko‘rinishdagi yoki seksiyali bug‘ bilan isituvchi quvur seksiyasi
yordamida amalga oshiriladi.
Keyingi paytlarda mahsulotlarni isitish
uchun olovli isituvchi
apparatlardan ko‘proq foydalanilmoqda. Bu apparatlar iqtisodiy
jihatdan bug‘ bilan isitishga nisbatan samarali hisoblanadi. Lekin
ular olovdan xavfli bo‘lib, foydalanishda
yuqori darajali xizmat-
ni tashkil qilishni talab etadi.