Vii bob. Yuqori qovushqoqli va yuqori qoòuvchan nefò va nefò mahsuloòlarini quvurlar orqali haydash
Download 114.14 Kb. Pdf ko'rish
|
9mavzu tasis(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiq quvurni yo‘ldosh quvur orqali isitish chizmasi
bo‘yicha o‘zgarish grafigi:
t b – mahsulotning boshlang‘ich harorati; t o – mahsulotning oxirgi harorati; t a – atrof-muhit harorati. 63 Issiq quvurning o‘ziga xos xususiyati (kamchiligi) shundan iboratki, haydash to‘xtaganda quvur ichidagi neft yoki neft mah- sulotlarining sovishi va qotishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak bo‘ladi. Agar qotadigan bo‘lsa, uni qaytadan ishga tushirish (haydash) uchun katta mehnat talab etiladi. Masalan, sovib qotib qolgan quvurni 3–4 sutka davomida to‘xtovsiz yuvish uchun kam qovushqoqli neft mahsuloti zaxi- rasini hosil qilish, uni isitib quvur ichiga haydash, quvur atrofidagi tog‘ jinslarini isitish va boshqa qo‘shimcha mehnat sarflash kerak bo‘ladi. Hosil qilinadigan kam qovushqoqli neftning zaxira hajmini quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlash mumkin: V = Q · t. Bunda: Q–isitish (yuvish) uchun sarflanadigan kam qovush- qoqli mahsulotning hajmi (ming tonna); t – quvurni isitish uchun ketadigan vaqt (soat). Ma’lumotlarga qaraganda, kam qovushqoqli isitilgan neft maksimal bosimda haydab turilganda, quvur o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oldingi holatiga keltirish uchun 4–6 sutka vaqt kerak bo‘ladi. Issiq haydash to‘xtaganda quvur ichidagi mahsulot qotishi- ning oldini olish maqsadida isituvchi yo‘ldosh quvurlardan ham foydalaniladi. Bu usul ko‘proq diametri katta bo‘lgan quvurlar uchun ishlatiladi. Yo‘ldosh quvur asosiy quvurga parallel qilib joylashtiriladi va ular umumiy issiqlik izolatsiya materiallari bilan o‘raladi (24- rasm). Yo‘ldosh quvur orqali issiq suv (bug‘) hay- dalib, asosiy quvur ichidagi mahsulot qotishining oldi olinadi. 24- rasm. Issiq quvurni yo‘ldosh quvur orqali isitish chizmasi: 1– asosiy quvur; 2– yo‘ldosh-isituvchi quvur; 3– umumiy issiqlik izolatsiyasi. 64 Issiq quvurni ishlatishda, iqtisodiy tejamkorlikni oshirishda (ayrim hollarda) uning yuzasini issiqlik izolatsiya materiallari bilan o‘rash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Izolatsiya qavati mahsulot haroratini tashqariga sarf bo‘lishini kamaytiradi. Bu, o‘z navba- tida, quvur uzunligi bo‘yicha quriladigan issiqlik stansiyalari soni- ning kamayishiga olib keladi. Download 114.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling