Vii bob. Yuqori qovushqoqli va yuqori qoòuvchan nefò va nefò mahsuloòlarini quvurlar orqali haydash


Yuqori qovushqoqli neft va neft mahsulotlarini


Download 114.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana15.06.2023
Hajmi114.14 Kb.
#1484607
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9mavzu tasis(1)

7.5. Yuqori qovushqoqli neft va neft mahsulotlarini
prisadkalar qo‘shib haydash
Keyingi paytlarda yuqori parafinli neftlarning reologik xossala-
rini yaxshilash ular tarkibiga neftda eruvchan maxsus prisatkalarni
qo‘shish orqali amalga oshirilmoqda. Bu ishlar neftlarni quvurga
haydashdan oldin bajariladi. Agar tarkibiga massa og‘irligida 0,02¼0,2
foiz atrofida prisadka qo‘shilsa, yuqori haroratda qotuvchan parafinli
neftlarning oqish tezligi Nyuton suyuqligiga o‘xshab qoladi.
Sanoat miqyosida prisadkalar sifatida kukunsiz (áåççîëíûé)
etilen sopolimenlari va metakril kislotasining murakkab efirlari
asosidagi birlashmalari ishlatiladi.
Qo‘shilgan prisadkalarning depressorlik ta’sir mexanizmi
taxminlarga ko‘ra, sovishda hosil bo‘layotgan mayda parafin kristal-
larining yuzasiga prisadka molekulalari adsorbsiyalanib, ularning
o‘sishiga xalaqit beradi. Natijada ko‘p sonli mayda kristalli parafin
suspenziyasi hosil bo‘ladi. Bulardan tashqari qo‘shilgan prisadka
molekulalari hajmining kattaligi hamda tarmoqli tuzilishga ega
bo‘lishi parafin kristallarining mustahkam panjara hosil qilishiga
imkon bermaydi.
Prisadkani qo‘shishdan oldin neft tarkibidagi parafin to‘la erib,
bir jinsli eritma hosil bo‘lguniga qadar qizdiriladi. Prisadka
qo‘shilgan neft oqimi oraliq nasos stansiyalarida isitilmaydi.
7.6. Òaxminan isitilgan yuqori qovushqoqli neft va
neft mahsulotlarini issiq haydash (issiq quvur)
Qovushqoqligi yuqori va yuqori haroratda qotuvchi neft va neft
mahsulotlarini taxminan isitib, keyin quvurlar orqali haydash
keng tarqalgan usullardan hisoblanadi. Bu usul issiq haydash


61
deyiladi. Issiq haydashda neft yoki uning mahsulotlari quvurning
bosh punktida isitiladi va nasos yordamida magistral quvurga hay-
daladi. Magistral quvur trassasi uzunligining har 25–100 km ida
sovigan neft oqimini isitish uchun oraliq issiqlik stansiyalari quri-
ladi. Quyida issiq haydash (issiq quvur)ning texnologik chizmasi
keltirilgan.
22- rasm. Issiq magistral quvurning texnologik chizmasi:
1– kon havza quvuri; 2– rezervuarlar saroyi; 3– nasos; 4– qo‘shimcha
isituvchi jihoz; 5– asosiy nasos; 6,7oraliq issiqlik stansiyalari8– oraliq
nasos stansiyasi; 9– nasosi bo‘lgan issiqlik stansiyasi; 10,11– oraliq issiqlik
stansiyalari; 12– neftni qayta ishlash zavodining xomashyo saroyi.
Kon havzasida tayyorlangan issiq holda haydashning texnologik
jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:
Kon havzasida tayyorlangan neft quvur (1) orqali bosh hay-
dovchi stansiyaning rezervuarlar saroyi (2) ga beriladi. Rezer-
vuarlarda isitilib, qo‘shimcha isituvchi jihoz (4) ga uzatiladi. Un-
dan neft oqimi asosiy nasos stansiyasi (5) ga keladi va stansiya
yordamida issiq neft oqimi magistral quvurga haydaladi. Quvur
bo‘yicha harakati davomida neft oqimining harorati kamayib bo-
radi, uni qayta isitish yoki haroratini bir me’yorda ushlash quvur
uzunligi bo‘yicha joylashtirilgan oraliq issiqlik stansiyalari
(6,7,10,11) da amalga oshiriladi. Agar neft uzoq masofaga hay-
daladigan bo‘lsa, quvur uzunligi bo‘yicha joylashtirilgan oraliq
nasos stansiyalari (8) ham quriladi. Ular orqali neft oqimining
bosimi ko‘tarib turiladi. Oraliq nasos stansiyasi issiqlik stansiyasi
tarkibida bo‘ladi (8,9). Shunday qilib, neft oqimi belgilangan
harorat va bosim ostida neftni quvur orqali qayta ishlash zavodi-
ning xomashyo rezervuar saroyi (12) ga oqib keladi.
Hozirgi paytda dunyo bo‘yicha 50 ga yaqin issiq magistral quvur-
lar mavjud bo‘lib, ular orqali yuqori qovushqoqli neftlar isitilib
haydaladi. Shulardan biri eng katta (uzunligi va diametri bo‘yicha)
issiq quvur Uzen-Samara magistral neft quvuridir.


62
Quvur uzunligi bo‘yicha haroratning kamayishi. Isitilgan neft
va uning mahsulotlari haroratining quvur uzunligi bo‘yicha
kamayishi quyidagi chizma (grafik)da keltirilgan:
Keltirilgan grafikdan ko‘rinib turibdiki, mahsulot harorati
quvurning boshlang‘ich qismida uning oxirgi qismiga qaraganda
tezroq pasayadi. Buning asosiy sababi boshlang‘ich qismda (ha-
rorat yuqori bo‘lganda) neft tarkibidagi parafinlarning kristal-
lanishi sodir bo‘lmaydi va yashirin issiqlik ajralib chiqmaydi.
Suyuqlik issiqligining atrofga sarf bo‘layotgan miqdori faqat mah-
sulot harorati hisobiga bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, mahsulot ha-
roratining tez pasayishiga olib keladi. Mahsulot harorati tarkibi-
dagi parafinning kristallanish haroratiga tenglashganda parafin
kristallanadi va yashirin issiqlik hosil bo‘ladi. Kristallanish jara-
yonida ajralib chiqayotgan yashirin issiqlikning ma’lum bir miq-
dori mahsulotdan tashqi muhitga sarf bo‘layotgan issiqlik o‘rnini
qoplaydi. Natijada mahsulot haroratining pasayish tezligi sekin-
lashadi. Bu isitilgan neft yoki neft mahsulotlarini uzoq masofaga
haydash imkoniyatini yaratadi.
Issiq quvurlarni ishonchli ishlatishni hisobga olib, isitiladi-
gan neft yoki neft mahsulotlarining boshlang‘ich harorati (t
b
)
80–90 °C dan oshirilmasligi kerak. Bunday haroratda quvurning
mahkamligi ta’minlanadi, neft va neft mahsulotlarining fraksiya-
larga ajralish jarayonining oldi olinadi.
23- rasmIssiq neft mahsuloti haroratining quvur uzunligi

Download 114.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling