Tvorog qadoqlangan va qadoqlanmagan hollarda ishlab chiqariladi. Uni saqlash uchun optimal harorat 0-2 °C hisoblanadi.Tvorogning fizik-kimyoviy ko'rsatkichlarining me’yorlari
|
Yog'li tvorog
|
O'rtacha yog'li tvorog
|
Yog'siz
tvorog
|
Ko‘rsatkichlar nomi
|
Oliy
navli
|
1-navli
|
Oliy
navli
|
1-navli
|
Oliy
navli
|
1-navli
|
Yog'ning miqdori, % dan kam emas
|
18
|
18
|
9
|
9
|
-
|
-
|
Namligi, % dan, ko‘p emas
|
65
|
65
|
73
|
73
|
80
|
80
|
Kislotaliligi, T, ko‘p emas
|
200
|
225
|
210
|
240
|
220
|
270
|
3-§. SARIYOG* TEXNOLOGIYASI
Sariyog*-sigir sutidan olinadigan oziqaviy mahsulotdir. Sariyog1 tarkibiga sutning faqatgina yogi emas, balki sutdagi fosfatidlar, oqsillar, sut qandi, vitaminlar va suvning bir qismi ham o‘tadi.
Sariyog1 nafis ta’m va hidli, sariq yoki oq-sarg‘ishroq rangli, 10- 12 °C haroratda plastik konsistensiyali bo‘lib, 10-25 °C haroratda ham o‘z shaklini saqlaydi. Sariyog‘ning ta’m beruvchi komponentlariga diasetil, uchuvchan yog‘ kislotalari ularning ba’zi bir efirlari, oqsillar, yog‘lar va sut kislotasi kiradi. Bunday moddalar birgalikda sariyog‘ga yoqimli ta’m va hid beradi.
Karotin tabiiy rang beruvchi modda bo‘lib sariyog‘ga sariq rang beradi. Karotin miqdoriga qarab sariyog4 sap-sariq, sarg'ishroq va oq rangda bo‘ladi.
Sariyog‘ning oziqaviylik qiymati uning kimyoviy tarkibi: sut yog‘i, yog‘ kislotalari, fosfolipidlarga bog‘liq bo‘ladi.
Sariyog'ning 20 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, ular bir-biridan kimyoviy tarkibi, ta’mi, hidi, konsistensiyasi bilan farq qiladi.
Sariyog‘ning asosiy turlari. Tuzlanmagan sariyog- pasterizatsiyalangan qaymoqdan tayyorlanadi, uning tarkibida yog‘ 82,5 % dan kam va namlik 16% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Tuzlangan sariyog'-yuqoridagidan tarkibiga 1,5% osh tuzi qo'shil- ganligi bilan farqlanadi. Bundan tashqari uning tarkibida yog‘ 81,5% dan kam va namlik 16 % dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Nordon sariyog'-Ъи yog‘ni tayyorlashda pasterizatsiyalangan qaymoq sut qislotasi bakteriyalari bilan bijg‘itiladi. Bunday ishlov berish natijasida sariyog‘ni saqlash jarayonida chidamliligi oshadi va yog‘ning o‘ziga xos xushta’mligi va xushbo‘yligi ta’minlanadi. Tuzlanmagan va tuzlangan turlari ishlab chiqariladi. Yog‘ va namlikning miqdori yuqoridagilarday.
Do'stlaringiz bilan baham: |