Viii bo‘lim. Ko‘chmas mulkni baholash (8-son mbs) 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Qo‘llanilgan baholash yondashuvlari natijalarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash


Download 28.19 Kb.
bet7/7
Sana29.09.2023
Hajmi28.19 Kb.
#1689889
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8 MBS

4-bob. Qo‘llanilgan baholash yondashuvlari natijalarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash
284. Baholashning turli usullari va yondashuvlaridan foydalanib olingan baholash obyektini baholash natijalarini muvofiqlashtirish, uning natijalarini baholash haqidagi hisobotda aks ettirish 6-son MBS talablariga asosan amalga oshiriladi.
285. Muvofiqlashtirish, qoida tariqasida, turli baholash yondashuvlari bilan olingan baholash natijalari uchun taqqoslama o‘lchovlarni aniqlash orqali amalga oshiriladi, bunda baholovchi:
baholash maqsadini va baholash natijalaridan foydalanish mo‘ljalini;
baholash obyektining xususiyatini;
qiymat turini;
baholash yondashuvlarini qo‘llashda foydalanilgan axborot hajmi va sifatini hisobga olishi lozim.
286. Muvofiqlashtirish usuli va taqqoslama o‘lchovlarning tanlanishi hamda bunda, baholovchining barcha mulohazalari va farazlari baholash to‘g‘risidagi hisobotda asoslanishi lozim.
5-bob. Ayrim turdagi ko‘chmas mulklarni baholashning o‘ziga xos xususiyatlari
287. Ko‘chmas mulk qiymatini baholash natijalari baholash obyekti balansida turgan shaxslar tomonidan, buxgalteriya hisobi va hisobotiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda aktivlarni dastlabki qiymati asosida baholashning umumiy qoidalaridan chekinish nazarda tutilgan hollarda buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarini tuzatish maqsadida qo‘llanilishi mumkin.
288. Tijorat salohiyatiga muvofiq baholanadigan ko‘chmas mulk uchun baholash bazasi mavjud foydalanishdagi bozor qiymatidir. Mazkur toifadagi ko‘chmas mulkka mehmonxonalar, restoranlar, barlar, tijorat tibbiy-sog‘lomlashtirish muassasalari, sport, dam olish, ko‘ngilochar obyektlari va boshqa shunga o‘xshash obyektlar kiradi.
Tijorat salohiyatiga muvofiq baholanadigan ko‘chmas mulk obyektlari olinishi mumkin bo‘lgan daromaddan kelib chiqib (foizlar, soliqlar hamda moddiy va nomoddiy aktivlar eskirishi chegirib tashlangunga qadar) POD usuli yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri kapitallashtirish usuli bilan baholanadi.
Tijorat salohiyatiga muvofiq baholanayotgan ko‘chmas mulk bahosiga yer uchastkasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar va yaxshilashlardan tashqari ko‘chmas mulk bilan biriktirilgan asbob-uskunalar va jihozlar hamda beriladigan gudvill (tovar-moddiy zaxiralardan tashqari) kiritiladi.
Beriladigan gudvill nomoddiy aktiv bo‘lib, u o‘ziga xos nom, biznes obro‘si, mijozlarning afzalliklari, joylashgan er, servis mahsuloti va iqtisodiy samara keltiradigan boshqa shunga o‘xshash omillar tufayli vujudga keladi.
289. Qurilishi tugallanmagan obyektning qiymati xarajat yondashuvi bilan quyidagi usullardan biri yordamida hisoblanadi:
qurilishi tugallanmagan obyektning tiklash qiymati yoki o‘rniga belgilash qiymati yig‘ilgan eskirish chegirib tashlangan holda hisoblanadi;
qurilish tugallangan ko‘chmas mulk obyektining qiymati qurilishni tugallash xarajatlari chegirib tashlangan holda hisoblanadi.
Hisoblangan qiymatga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning bozor qiymati qo‘shiladi.
Qurilishi tugallanmagan obyektning qiymati daromad yondashuvi bilan POD usuli yordamida, baholash obyektini tugallash yoki rekonstruksiya qilish (qayta ixtisoslashtirish)ga investitsiyalarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Qurilishi tugallanmagan obyektning qiymatini baholashga qiyosiy yondashuv analoglarning sotilishi haqida zarur bozor ma’lumotlari mavjud bo‘lgan holda qo‘llaniladi.
290. Tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega bo‘lgan omillar ta’siri tufayli shikastlangan ko‘chmas mulk qiymati mazkur ko‘chmas mulkning tiklash qiymatiga yoki tiklash xarajatlari chegirib tashlangan o‘rniga belgilash qiymatiga muvofiqdir. Tiklashdan voz kechilgan taqdirda, ko‘chmas mulk qiymati bo‘sh turgan deb qaraladigan yer uchastkasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar qiymati bilan uni shikastlangan mulkdan tozalash xarajatlari o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
291. Binoning ichki qismida qurilgan binoning bir qismi hisoblanadigan xonalar qiymatini aniqlashda yer uchastkasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar qiymati hisobga olinmaydi.
Download 28.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling