Viii bo‘lim. Ko‘chmas mulkni baholash (8-son mbs) 1-bob. Umumiy qoidalar


-§. Axborotni to‘plash va tahlil qilish


Download 28.19 Kb.
bet2/7
Sana29.09.2023
Hajmi28.19 Kb.
#1689889
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8 MBS

2-§. Axborotni to‘plash va tahlil qilish
249. Boshlang‘ich axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u bilan tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani;
yer uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatni;
yer uchastkasini berish (ajratish) to‘g‘risidagi hujjatni;
binolar va inshootlarga doir kadastr hujjatlarini;
baholash obyektiga boshqa shaxslarning huquqlari (baholash obyektiga bo‘lgan huquqlarga nisbatan cheklashlar) mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlarni;
baholanayotgan yaxshilashlarning hajmiy-rejalashtirish va konstruktiv tavsiflariga doir axborotni o‘z ichiga olgan hujjatlarni;
baholash obyektidan mavjud foydalanishga doir axborotni;
ko‘chmas mulk obyektining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi haqidagi ma’lumotlarni;
baholash obyekti va uning qismlarining rivojlanish rejalari (yangi qurilish, rekonstruksiya, ta’mirlash) haqidagi ma’lumotlarni;
yuridik shaxslarga qarashli bo‘lgan obyektlarga nisbatan baholash obyektining so‘nggi hisobot sanasidagi balans (qoldiq va boshlang‘ich) qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotnomani;
retrospektiv va prognoz moliyaviy axboroti, shu jumladan, obyektdan tijorat maqsadida foydalanishning asosiy ko‘rsatkichlarini (xarajatlar moddalari bo‘yicha yillik foydalanish xarajatlari, daromadlar manbalari bo‘yicha obyektdan foydalanishdan olingan daromadlar);
ko‘chmas mulk tarkibida baxolanadigan qo‘shimcha mulklar (o‘rnatilgan uskunalar, ko‘p yillik daraxtlar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari) ro‘yxati va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Taqdim etilayotgan boshlang‘ich axborot baholash obyekti mulkdorining imzosi bilan tasdiqlangan holdagina haqiqiy hisoblanadi.
Baholash maqsadiga va baholash obyektining xususiyatlariga qarab, baholovchi boshlang‘ich axborot ro‘yxatini kengaytirishi yoki baholashni amalga oshirish jarayonida kerakli axborotni talab qilib olishi mumkin.
250. Ko‘chmas mulk qiymatini aniqlash uchun baholovchi bozorni baholanayotgan obyektdan haqiqiy foydalanish yoki uning qiymatini aniqlash uchun baholovchi ko‘chmas mulk qiymatini boshqacha foydalanish mumkin bo‘lgan segmentlarda o‘rganadi.
251. Ko‘chmas mulk bozorini tahlil qilish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
baholash obyekti joylashgan mamlakat va mintaqadagi umumiy siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning baholanayotgan obyekt bozoriga ta’sirini, shuningdek baholash davridan oldingi davrda kuzatilgan tendensiyalarni tahlil qilish;
baholanayotgan obyekt mansub bozor bo‘g‘inini aniqlash. Agar ko‘chmas mulk bozori rivojlanmagan bo‘lib, ko‘chmas mulk obyektlari bilan taqqoslanuvchi bitimlar va/yoki takliflar narxlari haqida tasavvurlar hosil qilish imkonini beradigan ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa, baholanayotgan obyekt joylashgan joyga iqtisodiy tavsiflariga ko‘ra o‘xshash hududlar hisobiga tadqiqotlar hududini kengaytirishga yo‘l qo‘yiladi;
taqqoslanuvchi ko‘chmas mulk obyektlariga talab, taklif va ularning narxiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar, masalan, daromadlilik stavkasi, ko‘chmas mulk bozorida investitsiyalarning qoplanuvchanligi davrlarini ushbu omillar qiymatlari intervallarini keltirgan holda tahlil qilish;
ko‘chmas mulk bozorining obyektni baholash uchun zarur bo‘g‘inlariga nisbatan asosiy xulosalar, masalan bozor dinamikasi, talab, taklif, sotuvlar hajmi, bozor sig‘imi, xaridorlar va sotuvchilar motivatsiyasi, likvidlilik, baholanayotgan obyekt bozoridagi narxlar o‘zgarishlari va boshqalar haqidagi xulosalar.
Tahlillar hajmi baholovchi tomonidan baholash obyektining xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Download 28.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling