Volume-26, Issue-2, January–2023 1


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN


Download 5.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/194
Sana09.11.2023
Hajmi5.34 Mb.
#1760210
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   194
Bog'liq
98-71-PB

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-26, Issue-2, January - 2023
 
114 
marosimdagi ma’ruzasida, “Abdurauf Fitratning: “Xalqning aniq maqsad sari harakat 
qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki 
zaif bo‘lib xorlikkka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga 
tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga 
bog‘liq”, - degan fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-
qizlarimiz amal qilishlarini men juda istar edim”, – degan edi.[1.7]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI 
Tadqiq qilinayotgan masala bo‘yicha jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri 
bo‘lgan Abdurauf Fitrat o‘zining bir qancha chop ettirilgan ishlarida o‘z fikir va 
muloxazalarini bildirgan. Xususan uning Cho‘lpon nomidagi nashriyot matbaa uyi 
tomonidan 2013 yilda nashr etilgan “Oila yoki oila boshqarish tartiblari”[2:5] nomli 
kitobida tarbiya haqidagi qadimiy fanlar asosida uni uch shaklda: badan tarbiya, aqliy 
va axloqiy tarbiya deb anglatgan. Biroq ularni bir-biridan ajratib ham bo‘lmaydi. Ular 
o‘zaro shunday bog‘liqdirki, biriga ziyon yetsa, boshqalarida ham nuqson paydo 
bo‘ladi. Biriga foyda yetsa, boshqalari ham undan bahramand bo‘ladi deb yoritadi.
TAHLIL VA NATIJALAR 
Bu bejiz emas. Chunki, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Abdurauf 
Fitrat o‘zining ma’rifiy qarashlarida Vatan, xalq, millat erkinligi, xalq farovonligi 
to‘g‘risidagi orzularini, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlarini bayon etgan. Manbalarga 
ko‘ra undan 260 bosma taboqdan ziyod ilmiy meros qoldi. Bu asarlar 
adabiyotshunoslik, etika, estetika, musiqa, shaxmat, melioratsiya, geodeziya kabi bilim 
sohalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ular Fitratning qomusiy tafakkur va aql egasi 
bo‘lganligidan darak beradi.[2.428] Aniqrog‘i, uning “Munozara”, “Hind sayyohi 
bayonoti”, “Rahbari najot” kabi asarlari badiiy, diniy, ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy va 
axloqiy ruhdagi asarlar hisoblanadi. Fitrat o‘zbek olimlaridan birinchi bo‘lib, professor 
unvoniga sazovor bo‘lgan. U Britaniya entsiklopediyasida o‘zbek faylasuf olimi 
sifatida qayd etilgan birinchi adibdir.
Fitrat barkamol avlod tarbiyasi, uning aqliy, axloqiy, ma’naviy, jismoniy 
bag‘rikenglikka erishishiga bog‘liqligi borasida qimmatli fikrlarini qoldirgan. 
Abdurauf Fitratning ilmiy merosi adabiyotshunos, tilshunos, tarixchi, faylasuf, 
pedagog olimlar tomonidan muayyan darajada o‘rganilgan. Jumladan, adabiyotshunos 
olim H.Boltaboev ma’rifatparvarning hayoti va ijodi, xorijda o‘rganilganlik holati, 
ma’rifiy g‘oyalarini imkon darajasida o‘rgangan. Jadidchilik harakatini yetarli darajada 
o‘rgangan olimlardan B.Qosimov Fitratning hayoti va ijodini o‘rgangan, ayrim 
asarlarini tahlil qilgan.
Faylasuf olim B.Ergashevning ilmiy-tadqiqot ishlarida Fitratning “Yosh 
buxoroliklar” safidagi faoliyati, uning siyosiy qarashlarini o‘rgangan.
Tadqiqotchi M.Qurbonova tadqiqot ishlarida “Fitratning tilshunoslik merosi”, til 
qoidalari, imlo masalalariga oid muammolarini o‘rgangan. Tadqiqotchi 



Download 5.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling