3-kazus.
Судланувчи Маллаев 2017 йил 03 сентябрь куни тахминан соат 18-30ларда Бектемир тумани, Махтумқули 2-тор кўчаси 43-уй олдида спиртли ичимлик ичгани холда ўзининг қўшниси Миркамилов билан ўзаро жанжаллашиб, қўлида бўлган ўткир кесувчи-санчувчи жисм (пичоқ) билан унинг қорин қисмига бир маротаба уриб, тан жароҳати етказган.
Миркамилов Суд тиббий экспертизасининг 2017 йил 17 сентябрдаги 5555-сонли хулосасига кўра “қорин олдинги деворини қорин бўшлиғига тешиб кирган, жигарни жароҳатланган, гемоперитонеум (қорин бўшлиғига қон қуйилиши) ва 2-даражали постгеморрагик шок билан асоратланган санчилган кесилган жарохати” бўлиб, бу жароҳатлар ҳаёт учун хавфли бўлиб, оғирлик даражаси бўйича «Оғир» тан жароҳати етказилганини аниқланган.
2017 йилда жиноят ишлари бўйича Бектемир туман суди томонидан судланувчи вояга етган Маллаевнинг қасддан содир этган жиноят иши кўриб чиқилиб, унга нисбатан озодликдан маҳрум қилиш жазосини тайинлаган. Суд Маллаевнинг ўта тарбиясизлигини инобатга олиб, қайта тарбиялаш мақсадида кучайтирилган тартибдаги тарбия колонияларида жазони ўташини белгилаб ҳукм чиқарган.
Озодликдан маҳрум қилиш жазосини ижро этиш тартибини муҳокама этинг.
Суднинг ҳаракатлари қонунийлигига баҳо беринг.
Ушбу ҳолат юзасидан мустақил фикрингизни билдиринг.
JINOYAT KODEKSINING 15-MODDASI 4-QISMIGA KO’RA Og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
45-modda. Jazoni ijro etish muassasalarining turlari
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini jazoni ijro etish muassasalari amalga oshiradi.
Jazoni ijro etish muassasalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqi asosidagi koloniyalar;
tarbiya koloniyalari;
turmalar;
mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar.
Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasalari vazifasini bajaradi.
Jazoni ijro etish koloniyalari manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarga bo‘linadi hamda voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan.
Sudning harakatlari bu yerda noto’g’ri tarbiya kaloniyalariga voyaga yetmagan mahkumlar yuboriladi asos JIKning 50-modda. Tarbiya koloniyalari
Tarbiya koloniyalari voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan mahkumlarni saqlashga mo‘ljallangan.
Mallayevning qasddan sodir etgan jinoyati darajasi og’ir Jkning 104-moddasi 2-qism I bandiga ko’ra 5yildan 8 yilgacha berilgan. Shu sababli sudya Mallayevni umumiy tartibli koloniyaga yuborishi kerak asos JIKning 47-modda. Umumiy tartibli koloniyalar
Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi:
og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, ushbu Kodeksning 48-moddasida ko‘rsatilgan ayollar bundan mustasno.
Umumiy tartibli koloniyani jik va nizomdan foydalanib yanada kengroq yoritib berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |