biror kishi kelib qolsa, o ‘ylamaydimi isqirt yashar ekan deb?!”
koyiishlari shundan bo‘lsa kerak. Hatto uyimizda yotgan bemor ham
biroz bo‘lsa-da, kasalini unutib mehmon bilan suhbat quigisi keladi.
Mehmondo ‘stlik qadriyat sifatida.
0 ‘zbek xalqi o ‘zining og‘zaki
ijodi bilan dunyo adabiyotida munosib o ‘ringa ega. “ G o ‘ro ‘g‘li” ,
“Alpomish” , “ Kuntug‘mish” , “ Ravshan” kabi qahram onlikning
gultojisi sanalgan dostonlami yaratib, madaniyat xazinasiga salmoqli
hissa qo‘shgan millatmiz. Xalqimiz og‘zaki
ijodiga mansub, asrlar
davomida yaratilgan m ehm ondo‘stlik va mezbonnavozlik to ‘g‘risi-
dagi hikmatli so‘zlar, iboralar,
maqol-matallar, rivoyatlarda oda-
miylik fazilatlaiga undovchijihatlartalaygina. Jumladan, «Alpomish”
d o stonidan olingan quyidagi m uloqot flk rim izni isbotlaydi:
“Kunlardan bir kun Hakimbek kitob o‘qib o ‘tirib, baxildan, saxiydan
gap chiqib qoldi. Boybo‘ribiy shunda o fig‘li Alpo'mishdan:
- Kishi
nimadan baxil bo‘ladi, nimadan saxiy b o ‘ladi?-deb so‘radi. U nda
o‘g‘li turib aytdi: vaqti-bevaqt birovnikiga m ehm on kelsa,
otini
ushlab, joyi bor bo‘lsa, ko‘nglini xushlab jo ‘natsa, bul ham saxiy;
agar joyi bor turib, joy yo‘q, deb qo‘ndirm ay jo ‘natsa
bul odam
baxil” 1.
Bulardan tashqari, « 0 ‘zi kelgan m ehm on Atoyi Xudo, Chaqirib
kelingan mehmon baloyi Xudo” , Baxil m ezbon m ehm onini o ‘g‘ri
ko‘rar, Berganini minnat qilib yuzga urar” , “ Mehmon kelsa o ‘tqazgil
hordiq olsin, Oti ham arpa-bug‘doy, som onga to ‘ysin” kabi
hikmatlar donishmand xalqimiz ijodiga tegishli.
Do'stlaringiz bilan baham: