World Bank Document


Hisobotda keltirilgan tahlil ko‘plab ma’lumot manbalariga asoslangan


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana29.03.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1308050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Executive-Summary

Hisobotda keltirilgan tahlil ko‘plab ma’lumot manbalariga asoslangan. Mehnat bozoridagi tushkunlik va 
migratsiyaning asosiy ko‘rsatkichlari mavjud uy xo‘jaliklari tadqiqoti ma’lumotlari (Davlat statistika 
qo‘mitasi tomonidan 2017‐yilda o‘tkazilgan “Uy xo‘jaliklari byudjeti tadqiqoti” va Jahon banki tomonidan 
amalga oshirilgan “O‘zbekiston fuqarolarini tinglash 2018” loyihasi) asosida baholanadi. Yoshlarning ishga 
joylashishidagi intilishlari va cheklovlar tahlili ushbu hisobot uchun yig‘ilgan yangi ma’lumotlarga 
asoslanadi, shu jumladan: (i) yoshlar (ishsizlar, faol bo'lmagan bitiruvchilar va yosh ishchilar) bilan fokus‐
guruh muhokamalaridan olingan sifatli ma’lumotlar , (ii) Bandlikka ko‘maklashish markazi, Yoshlar ittifoqi, 
Savdo‐sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (BMMV) o‘quv markazlari, o‘rta 
maktablar, mahallalar qo‘mitalari, kollejlardagi kasbga yo‘naltirish bo‘yicha mutaxassislar va Tashqi 
mehnat migratsiyasi agentligining hududiy bo‘linmalari vakillari kabi asosiy ma’lumot beruvchilar bilan 
intervyu (batafsil ma’lumot uchun 1‐ilovaga qarang); va (iii) yoshlarni yollashdagi asosiy qiyinchiliklarni, 
ish beruvchilarning texnik va ijtimoiy‐hissiy ko'nikmalaridagi kamchiliklarni va ularning yosh ishchilari 
haqidagi mulohazalarini baholashga mo'ljallangan rasmiy (asosan xususiy) sektordagi korxonalar bilan 
o‘tkazilgan telefon so'rovnomasining vakillik miqdoriy ma’lumotlari (batafsil ma'lumot uchun 2‐ilovaga 
qarang). 
2
Jahon banki. O'zbekiston mamlakat iqtisodiy memorandumi va tizimli mamlakat diagnostikasi. Endi e’lon qilinadi. 



O‘zbekistonning mehnatga layoqatli aholisi sonining o‘sishi kambag‘allikni qisqartirish va umumiy 
farovonlikni oshirish uchun katta imkoniyatdir. O‘zbekiston Yevropa va Markaziy Osiyo (YeMO) 
mintaqasida mutlaq sonlar kesimida eng katta yoshlar ulushiga ega. Aholining 15 millionini 24 yoshgacha 
bo‘lgan yoshlar (18 millionini 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar)
3
tashkil etadi. Kelgusi o‘n yil ichida mehnatga 
layoqatli aholi soni 12 foizga o‘sishi kutilmoqda va bu YeMOda aholi soni o‘sishi sur’atlari bo‘yicha 
Tojikiston va Qirg‘izistondan keyingi uchinchi o‘rinni
4
tashkil etadi. 2020 yilda
5
qariyb 535 ming yoshlar 
kasb‐hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarini tugatib, birinchi marta bandlik imkoniyatlarini qidirishgan. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling