World Bank Document


ishdan qoniqishga bo‘lgan ta’sirini tasdiqlaydilar


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana29.03.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1308050
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Executive-Summary

ishdan qoniqishga bo‘lgan ta’sirini tasdiqlaydilar. Bizning yoshlar bilan o‘tkazilgan so‘rov va fokus‐guruh 
muhokamalari ko‘nikmalarning yetishmasligi haqida dalillar keltirdi. Umumiy ta'lim tizimi orqali ham
texnik va kasb‐hunar ta’limi orqali ham ta’minlanadigan texnik ko‘nikmalar sifatining pastligi ham yoshlar, 
ham ish beruvchilar tomonidan qayd etildi. Ish beruvchilar va ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarining 
talabga javob beradigan darajada bo‘lishini va mehnat bozoriga tegishli ko‘nikmalarni o‘z ichiga olishini 
ta’minlash uchun yetarli darajada o‘zaro bog‘lanmagan. Natijada, ish beruvchilar faqatgina ish tajribasini 
qadrlaydi, chunki o‘rta ta’limdan keyingi professional diplomlar tegishli texnik ko‘nikmalardan dalolat 
bermaydi, bu esa yoshlarning jazolanishini davom ettiradi. Ko‘nikmalardagi bo‘shliqlar, ayniqsa, o‘rta 
maxsus diplomiga ega bo'lgan yoshlar uchun sezilarli, ushbu diplomlar eskirgan va zarur texnik 
ko‘nikmalarni ta’minlamaydigan deb qabul qilinadi. Natijada, ish beruvchilar hatto maxsus kasbiy 
tayyorgarlik orqali olinadigan texnik ko‘nikmalarni talab qiladigan ishlar uchun ham oliy ma’lumotli 
ishchilarni qidiradi. Boshqa tomondan, yoshlar, universitetlarning cheklangan soni va yuqori o‘qish 
xarajatlarini hisobga olgan holda, oliy o‘quv yurtlariga kirishda jiddiy to‘siqlar borligini ma’lum qilishdi 
(masalan, qishloq yoshlari yashash narxi ancha yuqori bo‘lgan shaharlarga ko‘chib o‘tishlari kerak). Kam 



sonli tashkilotlar ko‘nikmalar yetishmasligini qoplash uchun o‘quv dasturlari o‘tkazadilar, rasmiy ravishda 
treninglar o‘kazadigan tashkilotlarning soni bundan ham kam ‐ bu ishchi kuchi mahsuldorligining 
cheklanishiga olib keladi.
Yoshlar kichik biznesni ochishga katta qiziqish bildiradi, lekin malakaning yetishmasligi va boshlang‘ich 
kapital topishning qiyinligi yoshlarning o‘z‐o‘zinining bandligini ta‘minlashiga to‘sqinlik qilmoqda. 
Intervyu qilingan yoshlar va Savdo‐sanoat palatasi, Bandlikka ko‘maklashish markazlari va yoshlar 
guruhlari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, tadbirkorlikni boshlashning asosiy muammolari quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: ko‘nikmalar va ta’lim imkoniyatining yetishmasligi biznes‐rejalarning zaifligiga olib keladi; 
imtiyozli kreditlar olish imkoniyatining cheklanganligi va kapitalga ega bo‘lishning boshqa yo‘llarining 
yo‘qligi; faoliyat yuritayotgan tashkilotlar bilan raqobatning yuqoriligi; qishloq joylardagi mahalliy iste‘mol 
bozorlarining cheklanganligi. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling