World Bank Document


Ta’lim dargohlarida kasbiy yo‘naltirish deyarli mavjud emas


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana29.03.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1308050
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Executive-Summary

Ta’lim dargohlarida kasbiy yo‘naltirish deyarli mavjud emas. Yoshlar va ta’lim dargohlari vakillari bilan 
o‘tkazilgan suhbatlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar o‘qishdan ishga o‘tish uchun tayyorgarlik 
ko‘rmaydilar. Ta’lim dargohlari ham, ota‐onalar ham ularga qaror qabul qilishda kerak bo‘ladigan mehnat 
bozori to‘g‘risidagi ma’lumotni bermaydilar. Ular mintaqaviy mehnat bozori, sanoat tendentsiyalari yoki 


10 
tashkilotlarning ma’lum ko‘nikma yoki mutaxassisliklarga bo‘lgan talablari to‘g'risida yangilangan 
ma’lumotlarga ega emaslar. O‘zbek bitiruvchilari ta’lim va kasb tanlashni qiziqishlar, afzalliklar va 
intilishlari asosida amalga oshiradilar. Yoshlar hozirda qaysi kasblarga talab kattaligini yoki yaxshiroq 
maosh to‘lanishini va ma’lum kasbni egallash uchun qanday ta’limga ega bo‘lish kerakligini bilmasligini 
aytishdi. Natijada, axborot bo‘shliqlari maqbul qarorlar qabul qilinishi va investitsiyalarga to‘siqlik qiladi. 
Yoshlar ko‘pchilik hollarda amalda oshmaydigan ish haqi va kasbiy intilishlari borasidagi juda katta umidlar 
bilan mehnat bozoriga kirishadi. Yoshlar ta’limdan ishga o‘tishga harakat qilganda, intilishlar pasayadi va 
bu, natijada, tushkunlikka olib kelishi mumkin. Kasb borasidagi afzalliklar ishsiz yoshlar va ishchilarga 
qaraganda bitiruvchilar orasida ancha kuchli rol o‘ynaydi. Shaxsiy oilaviy netvorking ish topishda katta rol 
o‘ynaydi va bu kam ta’minlanganlar uchun tengsizlikni kuchaytiradi. 
Ijtimoiy stereotiplar va madaniy me’yorlar yosh ayollarning iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishiga, yaxshi 
ishga joylashish imkoniyatlariga va maosh to‘lashdagi gender tengsizligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Urf‐
odatlarning erta oila qurishga undashi va uy ishlarini asosan qizlarga yuklashi qizlarni ishga joylashish 
imkoniyatidan mahrum qiladi. Ayollarning ba’zi sohalarda faoliyat yuritishi cheklangan (garchi qayta ko‘rib 
chiqilayotgan Mehnat kodeksi barcha kasblardagi gender kamsitilishini olib tashlasa‐da, 7‐qutiga qarang). 
Fokus‐guruh muhokamalarining deyarli barcha yosh ishtirokchilari, erkaklar ham, ayollar ham, bir xil 
ish/kasb uchun ayolning maoshi erkaknikidan ancha past bo‘lishi mumkin deb hisoblaydilar. Ishtirokchilar, 
shuningdek, ish beruvchilar yosh ayollarga erkaklarniki bilan bir xil bo‘lgan ish uchun past maosh taklif 
qilishlarini aytishdi, chunki ayollar odatda mehnat bozorini erta tark etishadi va ular jismoniy og‘ir 
mehnatni bajara olmaydilar. Tadbirkorlikka bir xil darajada qiziqish bildirsa‐da, yosh yigitlarga qaraganda 
yosh ayollarning tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishining ehtimolligi kam. Ayollar ishchi kuchining 
atigi 40 foizini tashkil qiladi va rahbar lavozimlari kabi yuqori malakali kasblarda bu ko‘rsatkich yanada 
pastroq.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling