World Bank Document


So‘rovda ishtirok etgan yoshlar va ish beruvchilarning aksariyati davlat bandlik xizmatlari va dasturlari


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana29.03.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1308050
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Executive-Summary

So‘rovda ishtirok etgan yoshlar va ish beruvchilarning aksariyati davlat bandlik xizmatlari va dasturlari 
haqida bilishmas edi. Yoshlarning aytishicha, Bandlikka ko'maklashish markazlari taklif etayotgan ish 
o‘rinlari qoniqarli emas, ular asosan malakasi va maoshi past bo‘lgan ish e’lonlaridan iborat. Bo‘sh ish 
o‘rinlarining kichik qismi o‘rta‐maxsus ma’lumotni talab qiladi va bo‘sh ish o‘rinlarining yetishmasligi 
qishloqlardagi vaziyatni yomonlashtiradi. Ish beruvchilar shartli ravishda ish.mehnat.uz saytida ro‘yxatdan 
o‘tishladi, lekin ular bu platformaga xodim topish kanali sifatida ishonmaydilar. Oxirgi paytlarda hukumat 
homiyligida ishsizlarni o‘qitish va ularning bandligini rag‘batlantirish dasturlari kengayganiga qaramay
yoshlar va ish beruvchilar o‘rtasida xabardorlik past. Firmalarning atigi 16 foizi BKM bilan o‘zaro aloqada 
bo‘lganliklari haqida xabar berishgan va ularning juda kichik qismi (kvotadan yuqori) ish haqi bo‘yicha 
subsidiyalar yoki o‘qitish uchun subsidiyalarni olishga ariza yuborgan. 
Kasbiy litsenziyalash va sertifikatlash talablari korxonalar va sektorlar o‘rtasida ishchi almashinuvini 
cheklamoqda. O‘zbekistonning mehnat bozori hali ham qattiq qoidalarga bo‘ysungan bo‘lib, ro‘yxatga 
olingan mavjud kasblarning 70 foizi uchun oliy ma’lumot va boshqa turdagi litsenziyalar talab qilinadi. 
So‘nggi yillarda ba’zi kasblarni litsenziyalash talablari (masalan, audiovizual vositalar, rieltorlik faoliyati, 
elektron uskunalarni ijaraga berish va boshqalar) soddalashtirildi, ammo qolganlari mehnat bozorining 
samaradorligi yo‘lida katta to‘siq bo'lib qolmoqda. Bundan tashqari, ishchilarning viloyatlararo harakati 
o‘tmishda qattiq “propiska” (yashash joyida ro‘yxatdan o‘tish) tizimi bilan cheklangan. So‘nggi to'rt yil 
ichida “propiska” tizimi ancha soddalashtirilib, odamlarga yashash joyidan boshqa hududda ishlashga 
ruxsat berildi. Biroq, o‘zbekistonliklar uchun ichki ko‘chish huquqi mutlaq ta’minlanmagan, chunki xususiy 
sektordagi ish beruvchi vaqtincha propiska uchun yiliga bir marta “propiska solig'i” yoki davlat boji to‘lashi 
kerak. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling