World Bank Document


Yoshlar ‐ iqtisodiy rivojlanish uchun ham imkoniyat, ham sinovdir


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana29.03.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1308050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Executive-Summary

Yoshlar ‐ iqtisodiy rivojlanish uchun ham imkoniyat, ham sinovdir. Yoshlarni
1
ish bilan ta'minlashga 
alohida e'tibor berishning bir qancha jiddiy sabablari bor. Qisman, bu raqamlar o'yini. Yaqin 15‐20 yil ichida 
aholi o‘rtasida yoshlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga ko'tarilishi kutilmoqda, bu esa yoshlarning samarali 
tarzda ish bilan ta'minlanishida ko'maklashish masalasini ayniqsa dolzarb muammoga aylantiradi. Ammo 
yoshlarni ish bilan ta’minlash muhim siyosiy masala ekanligining boshqa sabablari mavjud bo‘lib, 
yoshlarning ishga joylashish uchun yaxshi imkoniyatlar bilan ta’minlanishi iqtisodiy va ijtimoiy yutuqlarga, 
va, aksincha, bu sharoitlarning yaratilmagani juda qimmat iqtisodiy va ijtimoiy yo‘qotishlarga olib 
kelishining ko‘plab yaxshi dalillari bor. Bundan tashqari, yoshlar uchun birinchi ish imkoniyati muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, bu ularning butun umri davomida kasbiy rivojlanish va daromad olish 
imkoniyatlariga ta'sir qiladi (Falco va boshq. 2014). 
Yoshlar uchun ish o'rinlari va yoshlar tadbirkorligi O'zbekiston taraqqiyotining kun tartibida birinchi 
o'rinda turadi. Mamlakatda 2021‐yil “Yoshlarni qo'llab‐quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash 
yili” deb e'lon qilindi, bu yoshlarga ko'rsatilayotgan e’tiborning yaqqol namunasidir. Hukumatning yoshlar 
siyosati ikkita asosiy yo'nalishga ega: zamonaviy ta'lim berish va yoshlarni ish bilan ta'minlash. Oxirgi besh 
yil ichida oliy o‘quv yurtlari soni ko‘paydi va oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotasi ikki barobardan ham 
ko‘proq miqdorga oshdi. Mehnat bozorining amaldagi faol dasturlariga qo‘shimcha ravishda, o‘tgan yil 
mobaynida yoshlarni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi choralar ko‘rildi, 
jumladan, yoshlarga ish haqlari bo‘yicha subsidiyalar ajratish, kasb‐hunar kollejlari talabalari uchun 
firmalarda amaliyot o‘tashi uchun subsidiyalar taqdim etish, tadbirkorlik loyihalari uchun imtiyozli 
kreditlar ajratish va yoshlar texnoparklariga sarmoyalar kiritish. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling