World Bank Document


O‘zbekistondagi ishchi kuchining mehnat bozorida ishtirok etish darajasi boshqa mamlakatlar bilan


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana29.03.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1308050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Executive-Summary

O‘zbekistondagi ishchi kuchining mehnat bozorida ishtirok etish darajasi boshqa mamlakatlar bilan 
solishtirganda yaxshi ko‘rsatkichlarga ega; ammo gender tafovuti ko‘rsatkichlari, ayniqsa yoshlar 
o‘rtasida, daromadi o‘rtadan yuqori bo‘lgan boshqa mamlakatlarga solishtirganda ijobiy emas. 2017‐
yilgi UXBT ma’lumotlariga ko‘ra, 16 va undan katta yoshdagi odamlarning 61 foizi mehnatga layoqatli 
bo‘lib, ularning 56 foizdan ortig‘i ish bilan band bo‘lgan. 16 yosh va undan katta ayollarning yarmidan 
kamrog‘i (47 foiz), bundan farqli o‘laroq erkaklarning to‘rtdan uch qismi (75 foiz) mehnat bozorida faol 
ishtirok etmoqda. Ayollarning mehnat bozorida kam ishtirok etishi ko‘pincha gender stereotiplari va 
jamiyatdagi normalar bilan bog‘liq. 
Yoshlar orasida harakatsizlik va ruhiy tushkunlik yuqoriligi asosan (erishilmagan intilishlarga 
qo‘shimcha ravishda) ijtimoiy me’yorlar, kam ish haqi va “rasmiy” ish imkoniyatlarining 
cheklanganligiga bog‘liq. Qoidaga ko‘ra, yoshlarning ishsizlik darajasi katta yoshdagi ishchilarnikidan 
ancha yuqori. Yoshlarning ishsizligi va ruhiy tushkunlik kayfiyati tajriba va malakaning yetishmasligiga 
bog‘liq. Ish, o‘qish yoki kasbiy ta’lim bilan band bo‘lmagan yoshlar (odatda "IO‘KBB" deb qisqartiriladi) 16‐
24 yoshdagilar guruhining 24 foizini va 16‐29 yoshdagilar guruhining 26,4 foizini tashkil qiladi
6

“Tushkunlikka tushgan”
7
yoshlarning ulushi 15‐24 yoshdagilar guruhining 5 foizini tashkil etadi, aksariyat 
qo'shni YeMO mamlakatlarida ushbu ko‘rsatkich 2,5 foizdan kam; ko‘rsatkich 25‐29 yoshdagilar guruhiga 
kelganda 4 foizga kamayadi. Ish o‘rinlarini rasmiylashtirishning past darajasi va ish haqi bilan band bo‘lish 
imkoniyatlarining kamligi yoshlarni ish bilan ta’minlashdagi eng yirik to‘siqlardan biridir. Fokus‐guruh 
muhokamalarida qatnashgan yoshlarning ko’pchiligi, ishga joylashayotganida ularning rasmiy ro'yxatga 
olinmaganligi va "mehnat daftarchasi" ochilmaganligini ma’lum qilishdi. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling