World Bank Document


Yoshlarni ish bilan ta’minlash dasturlari va xizmatlarining iqtisodiy samaradorligi haqidagi ma’lumotlar


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana29.03.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1308050
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Executive-Summary

Yoshlarni ish bilan ta’minlash dasturlari va xizmatlarining iqtisodiy samaradorligi haqidagi ma’lumotlar 
tarqoq va tugallanmagan. Ko‘pchilik dasturlar uchun arizalar soni, arizalarning qabul qilinishi yoki rad 
etilishining sababi, sarf‐xarajatlarning asl qiymati kabi dastur monitoringining asosiy ko‘rsatkichlari tayyor 
holda mavjud emas. Bizning ma’lumotimizga ko‘ra, bandlikni ta’minlash dasturlari natijadagi bandlik holati 
(6, 12, 24 oy), ishning sifati va xususiyatlari hamda ish haqi darajasi kabi natijalarni baholamaydi. 
Dasturning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida aniq va shaffof ma’lumotlar yo‘q bo‘lgan holda, dasturlar qay 
darajada ehtiyojmand yoshlar guruhlariga moslashtirilganligini baholash, muvaffaqiyat qozongan 
dasturlarni takomillashtirish va samarasiz dasturlarni to‘xtatish usullarini bilish qiyin. 
Hisobotda yoshlarning bandligidagi cheklovlar yaxlit baholangan bo‘lsa‐da, tavsiyalarda mehnat 
bozorining yoshlarga tegishli bo‘lgan institutlari, qoidalari va taklifni kuchaytirishga e’tibor qaratilgan.
Yoshlarning ishga joylashishi, aynan yoshlar duch keladigan cheklovlar va O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan 
mehnat bozori siyosati tahlili yoshlar uchun mehnat bozoridagi natijalarni yaxshilash bo‘yicha siyosiy 
choralarning umumiy va aniq yo‘nalishlarini ko'rsatadi. Mavjud siyosat va dasturlarning muammolari va 
kamchiliklarini bartaraf etish uchun yoshlarni ish bilan ta’minlash siyosatining qisqa va uzoq muddatli 
istiqbollari bo‘yicha yo‘l xaritasi taklif etiladi. Maqsad ‐ keng ko‘lamli va ko‘p tarmoqli ish o'rinlarini ishlab 
chiqish emas, balki yoshlarning maktabdan mehnat bozoriga o‘tishiga yordam beradigan siyosatning 
o‘ziga xos jihatlariga e‘tibor qaratish. 
Qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda (i) (mavjud iqtisodiy samaradorlik asosida) ish haqini subsidiyalash va 
shogirdlik kabi mavjud FMBDni baholash, isloh qilish va kengaytirish zarurati mavjud; (ii) yoshlar 
ehtiyojlari va xalqaro tajribaga asoslangan holda yoshlarni tadbirkorlik ko‘nikmalari bilan ta’minlash va 
boshlang‘ich kapitalni kengaytirish orqali yoshlar tadbirkorligini qo‘llab‐quvvatlash; (iii) raqamli 


12 
ko‘nikmalarni maktab va KHT markazlarida joriy etish orqali ularning rivojlanishini qo‘llab ‐quvvatlash; (iv) 
talab yuqori bo‘lgan ko‘nikma va kasblarning yaxshiroq diagnostikasini ta’minlash, hamda talabalar va ish 
izlayotgan yoshlarga ta’lim va mehnat bozori haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish; (v) yoshga mos kasbga 
yo‘naltirish mexanizmlarini institutlashtirish; (vi) yosh ayollarning ishga joylashishida va o‘z‐o‘zini band 
qilishda faol ishtirokini rag‘batlantirish uchun axborot kampaniyalari va rol modellarini ishlab chiqish
bolalarni parvarish qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni kuchaytirish va mehnat sharoitlarini yanada 
moslashuvchan tartibga solish; (vii) tarmoqlar va mintaqalar bo‘yicha kasbiy va mehnat almashinuvi 
to‘siqlarini olib tashlash uchun normativ islohotlarni ilgari surish; (viii) uyushgan (xavfsiz va samarali) 
mehnat migratsiyasini yengillashtirish; va (ix) aholi bandligiga ko‘maklashish xizmatlari va dasturlari 
to‘g‘risida xabardorlikni oshirish. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling