X- bob. Sanoatpechining
Download 1.76 Mb.
|
10-11-bob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.6. YuH Q ni avtomatlashgirilgan loyihalash tizimi (ALOT) Tayanch iborala r
- AJIOT tashkiliy-texnik sistema
11.4-rasm. YuHQdaharoratnnng vaqtga bog‘liqlik grafigi
Vaqtni tejash uchun о‘zgartirishlar tartibini tajribani rejalashtirish nazariyasi asosida belgilash maqsadga muvofiq bо‘ladi. Optimallash modeli YuHQnnng matematik modeli va optimallash blokidan iborat. Optimallashning kirish parametrlari (unumdorlik, yoqilg‘i, xom ashyo, qizdirish sifati bо‘yicha shartlar, yoqgichlar quvvati va boshqalar) odatda о‘zgartirilmaydi, chunki ular ishlab chiqarish texnologiyasi tomonidan qat’iy belgilangan yoki YuHQ sxemasini optimallash davomida olingan bо‘ladi.Optimallash mezonining ekstremumiga javob beruvchi chiqish parametrlari va shuningdek, yoqilg‘i sarfi V, metallning kuyishi, qizdirishning kesim bо‘yicha notekisligi Tox texnologik kartalarni ishlab chiqish uchun ahamiyatga ega; ulardan YuHQ ishini qо‘l bilan yoki avtomatik boshqarish paytida foydalanish mumkin. 11.6. YuHQni avtomatlashgirilgan loyihalash tizimi (ALOT) Tayanch iboralar:avtomatik loyihalash tizimi - (ALOT), texnik sistema , perfolentalarni tayyorlash, dastgohlar avtomatlashtirilgan , loyihalash muddatini, qiymatini va mehnat sarfini,loyihachining ishchi о‘rni. XX asrning 60 inchi yillarida muhandislik iqtisodiyotida yangi tushuncha ya’ni: - avtomatik loyihalash tizimi - (ALOT) paydo bо‘ldi. Eng avval u radio elektron sanoatida, keyinchalik kompyuter texnikasida, aviatsiyada,qurilish va avtomobilsozlikda qо‘llanila boshlandi. ALOT tushunchasining ma’nosi nima va u zamonaviy ilmiy - texnik inqilobda qanday о‘rin tutadi? Ta’riflanishi bо‘yicha AJIOT tashkiliy-texnik sistema bо‘lib, loyihalashni avtomatlashtirish vositalari majmuidan iborat. ALOT ni yaratishdan maqsad loyihalashtiriladigan obyektlarning sifatini, texnik- iqtisodiy darajasini va mehnat unumdorligini oshirish, loyihalash muddatini, qiymatini va mehnat sarfini kamaytirishdir. ALOT ning asosiy vazifasi obyektni loyihalashning barcha bosqichlarida avtomatik loyihashni bajarishdan iborat. Shuning uchun ALOT an’anaviy loyihalash jarayonini tubdan о‘zgartiradi. Loyihachining ishchi о‘rni sifat jihatdan yuksak darajaga kо‘tariladi . Avtomatlashtirilganishchijoylariularniboshqarishuchunmaxsusbilimvakо‘nik malargaegabо‘lishnitalabqiladi. Bu talablar butun tashkilot kо‘lamida loyihalash texnologiyasini о‘zgartirishni taqozo etadi. Natijada loyihalash mehnatining unumdorligi an’anaviy loyihalash usullariga nnsbatan 2-5 marta ortadi. Demak, murakkab qurilma yoki sistemani 1-3 yil davomida loyihalash о‘rniga uni 0,5-1,0 yilda tugallash mumkin. Bu hol fan va texnikaning jadallik bilan rivojlanayotgan davrida juda muhimdir. Ammo texnik taraqqiyotga ALOT ning ta’siri faqat loyihalash paytidagi mexnat unumdorligini oshirish bilan cheklanib qolmaydi. ALOTning ishlashini ta’minlovchi sistemalar loyihalashtirilayotgan qurilma kesimlari konstruksiyalarining faqat chizmalarini beribgina qolmay, balki raqamli boshqarish dasturiga ega bо‘lgan dastgoh, (stanok) lar uchun perfolentalarni ham tayyorlab beradi. Bu dastgohlar avtomatlashtirilgan ishlab chikarish tizimi (AIT) ning asosini tashkil qiladi. ALOT/AIT ning yagona majmui yaratilganda sanoatning tegishli sohasidagi ishlab chiqarish darajasi yangi, yanada yuqori pogonaga kо‘tariladi. Xozirgi paytda ayrim sohalarda, masalan, radiotexnika va aviatsiyada, qо‘llanilayotgan ALOTlar yirik sistemaning ayrim qismlari darajasida ishlatilmoqda.Energetikada avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi yaratilgandan keyin bu sohada mexnat unumdorligining keskin о‘sishini kuzatish mumkin bо‘ladi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling