X- bob. Sanoatpechining
Download 1.76 Mb.
|
10-11-bob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.3-rasm. Qizdirish YuH Q larining odatdagi ish holatlari.
11.5. YuHQning ish holatini EHM da optimallash
Tayanch iboralar:YuHQ ning ish holatini EHM da optimallash, kamerali statsionar,kamerali ikki pog‘onali, kamerali ikki pog‘onali va sovitishli. Optimallash deganda shunday jarayon yoki amallar ketma-ketligi tushuniladiki,ular yordamida ma’lum optimallik me’zonining optimumini (maksimum yoki minimumini) olish mumkin bо‘ladi.Metallni qizdirishga mо‘ljallangan YuHQ uchun optimallik mezoni sifatida yoqilg‘ining solishtirma sarfi, metallning kо‘yishi, qizdirish jarayonining davomiyligi, qizdirishning keltirilgan xarajatlari (iqtisodiy kо‘rsatgichlar) va boshqalarni qabul qiliish mumkin. Metallni qizdirish holati deganda metallning qizdirilgan yuzasi haroratining boshlang‘ich qiymati T0 dan to berilgan oxirgi qiymati Tox gacha ma’lum vaqt davomida ( ) о‘zgarishi tushuniladi. Amaliyotda turli holatlar ( ) kuzatiladi. Metallni qizdirish paytidagi YuHQning ba’zi holatlari 11.3- rasmda kо‘rsatilgan. 11.3-rasm. Qizdirish YuHQlarining odatdagi ish holatlari. a - kamerali statsionar; b- kamerali ikki pog‘onali; v- kamerali ikki pog‘onali va sovitishli; g- metodik (qat’iy rejali) tо‘rt zonali. Keltirilgan 11.3-rasm, “a” da statsionar ishlaydigan kamerali YuHQ lar uchun xarakterli bо‘lgan birinchi sinf ish holatlari kо‘rsatilgan. ( ) chiziqlarining kо‘rinishi jismning issiqdik sig‘diruvchanligiga, konvektiv va nurlanish yо‘li bilan issiqlik berish jadalligiga, haroratga qarab jismning issiqlik-fizik xossalarining о‘zgarishiga va boshqa omillarga bog‘lik bо‘ladi. Ammo barcha ( ) egri chiziqlari uchun umumiy bо‘lgan jihat shundan iboratki, ning ortishi bilan jismning harorati gaz jismining harorati Tg ga asimptotik ravishda yaqinlashib boradi. Bundan tashqari = 0 bо‘lgan paytda jism harorati о‘sishining tezligi juda yuqori bо‘ladn. Amalda Tg qiymatini kо‘tarish va pasaytirish yо‘li bilan qizdirish vaqtini yoki qizdirish sifatini о‘zgartirish mumkin. Qizdirish sifati reaktordan chiqayotgan tayyor mahsulot kesimidagi haroratlar farqining maksimal qiymati T0X bilan belgnlanadi. Ammo T0X va ox mustaqil о‘zgaruvchilar kо‘rinishida emas, balki Tox( ox) bog‘liqlik kо‘rinishida beriladi. Ish holatlarining ikkinchi sinfi vaqt davomida harorati о‘zgaradigan Tg( ) kamerali YuHQlar uchun xosdir.Ularda, odatda ikki pog‘onali ish holatlari (11.3-rasm, b) amalga oshiriladi. Birinchi pog‘ona (bosqich)da reaktor yokgichlari tо‘la quvvatda ishlaydi va qizdiriladigan jism yuzasining harorati Tox ga yetganda -ikkinchi pog‘ona (bosqich) boshlanadi, unda yuza harorati Toxо‘zgarmas holda saqlab turiladi. Saqlab turish bosqichining davomiyligi berilgan sifat parametri T0X bilan belgilanadi. Bu ikki pog‘onali ish holatida ox = + stva Tox parametrlari mustaqil о‘zgaruvchilar sifatida berilishi mumkin, ammo bu paytda ox> st shart bajarilishi lozim. Agar texnologiya bо‘yicha quyumning yuzasi vaqtinchalik Toxqiymatga о‘ta qizitiladigan bо‘lsa (11.3 -rasm, v),u holda birinchi bosqichni quyum yuzasining harorati Tox + T0X ga yetishi ta’minlanadigan b vaqt bilan cheklab quyilishi maqsadga muvofiq bо‘ladi. Ikkinchi bosqich davomida esa, yoqgichlar quvvatini rostlash yо‘li bilan Tox + T0X qiymatni о‘zgarmas holda saqlash va quyumni YuHQ dan bir oz vaqt stо‘txazib chikarish mumkin bо‘ladi. Quyum tashqariga chiqarilgandan keyin unnng yuzasi talab qilingan harorat Tox gacha tez ( ovaqtda) soviydi va bu paytga kelib quyum kesimidagi haroratning og‘ishi Tox qiymatdan ortmaydi, shuning uchun qizdirishning talab qilingan sifati ta’minlanadi. Bu holatdagi yig‘indi vaqt ox + st+ o oddiy ish holatidagi b+ st yig‘indidan kichik bо‘ladi va shunga kо‘ra sovitishli ikki pog‘onali ish holati afzalroq bо‘lishi mumkin. Bunda o ning qiymatn Tox bilan belgilanadn. Ish holatini optimallash paytida bu parametrni ish holatining о‘gartiriladigan parametri deb qaralishi lozim. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling