X- bob. Sanoatpechining


Download 1.76 Mb.
bet20/21
Sana30.04.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1411743
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
10-11-bob

1).qurilmareaktorini;
2).materialni kiritish va chiqarish tizimlarini; 3).regenerativ varekuperativ qurilmalarni; 4). gaz yо‘llarini;
5).qurilish konstruksiyalarini; 6).yordamchi jihozlarni;
7).YuHQ ga xizmat qо‘rsatuvchi turli tizimlar (yoqilg‘i,havo, gaz va suv ta’minoti)ni loyihalash qismlari.
Ularning soni YuHQningmurakkabligiga qarab о‘zgarishi mumkin. Odatda YuHQ tо‘laALOTining 10-20% ini hisoblash qismlari tashkil qiladi. Bu qismni bajarish uchun grafik qismdagiga nisbatan kо‘proq mehnat sarflanadi.


11.5-rasm. YuHQ to'la A LOT ining yiriklashtirilgan tuzilish sxemasi.



2.6-rasm. YuHQALOT ining tarkibi

11.8.ALOT ishlashini ta’minlovchi tizimlar

Tayanch iboralar:ALOT ishlashini ta’minlovchi tizimlar,sistemali dasturlash, muammoli dasturlash, xizmat kо‘rsatishni ta’minlash, dasturlash.
YuHQning ALOTi muvaffaqiyatli ishlashi uchun ta’minlash tizimlarining yagona majmuini yaratish lozim.U yuqori haroratli qurilmalarni loyihalash amaliyotiga ALOTini qо‘llashni osonlashtiradi. Ular ichidagi dasturiy va matematik ta’minlash tizimlari asosiylar qatoriga kiradi.
Dasturiy ta’minlash odatda uch turga bо‘linadi: 1).sistemali dasturlash;
2).muammoli dasturlash;
3).xizmat kо‘rsatishni ta’minlash dasturlash.

Sistemali dasturlash ALOT vositalari majmuining ishlashini tashkil qilish uchun mо‘ljallangan. U loyihalovchini maxsus maqsadli soha dasturlari bilan ta’minlaydi. Ular amaliy dasturlar tо‘plami (ADT) kо‘rinishida yaratilgan bо‘lishi va muayyan masalalarni hal qilishi, masalan, regenerativ havo qizdirgichning qismlari chizmasini chizib berishi yoki metall buyumlar qizitilgan paytdagi issiqlik hisobini bajarib berishi kerak. Xizmat kо‘rsatish dasturi sistemali va muammoli dasturlashga xizmat kо‘rsatish uchun mо‘ljallangan. U sistemaga xizmat kо‘rsatishni qulaylashtiradi va osonlashtiradi. Uning yordamida, masalan, boshqa turdagi EHM da ishlash uchun foydalaniladigan tegishli axborotni tayyorlash mumkin (perfo- va magnit tasmalarini qayta yozish, qayta kodlash va hokazo).


Matematik ta’minlash texnologik qurilmalarning maxsus matematik modellariga va shuningdek, texnologik jarayonlarni boshqarish uchun mо‘ljallangan funksional modellarga tayanadi. Loyihalashtirilayotgan qurilmalarni sistemali tahlil qilish uchun va tegishli dastur algoritmlarini ishlab chiqish uchun zarur bо‘lgan barcha matematik usullar shular jumlasiga kiradi.
Ahamiyati bо‘yicha keyingi о‘rinda ta’minlashning texnik vositalari turadi. Ularga EHMlar, termik moslamalar, aloqa asboblari, axborotni aks ettiruvchi va xujjatlashtiruvchi vositalar kiradi. Texnik vositalarning rо‘yxati doimo kengayib, о‘zgarib turadi. Sistemani tashkiliy va uslubiy jihatdan ta’minlash tegishli xujjatlar bilan belgilanadi; ularda ALOT vositalarining tarkibi, tanlanish tartibi va
ishlatilishi aks ettiriladi. Ta’minlash vositalari ALOT dan foydalanuvchilarni о‘kuv va uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlaydi, loyihachilarning texnik malakasini oshirish bо‘yicha tegishli chora- tadbirlarni amalga oshiradi.
YuHQALOT ini axborot bilan ta’minlashni tashkil qilishga alohida talablar qо‘yiladi. YuHQ ni loyihalash uchun quyidagi ma’lumotlar zarur: meyoriy va texnologik axborot, topshiriqlarni ifodalash va sistemani boshqarish tillarining lug‘ati, loyihalash obyekti haqidagi axborotlar tо‘plami, mamlakatimizda va horijda ishlatilayotgan jihozlarning texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlar.
Lingvistik ta’minlash loyihalash tillarining majmuidan iborat, ularga maxsus atama va ta’riflar ham kiradi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling