X bob: materiallarni kesib ishlanuvchanligi
Materiallarni kesib ishlanuvchanligiga ta’sir qiluvchi asosiy faktorlar va
Download 178 Kb. Pdf ko'rish
|
15-maruza 2
10.3. Materiallarni kesib ishlanuvchanligiga ta’sir qiluvchi asosiy faktorlar va
ularni yaxshilash usullari 10.3.1. Metallurgik ishlab chiqarish stadiasida maxsus qo’shimchalarni kiritish Kesib ishlanuvchanlikni yaxshilash usullarini birinchisi – metallurgik usul; ya’ni metallarni eritib olish jarayonida unga maxsus xossalar berish, buning uchun uning tarkibiga har xil kimyoviy elementlar qo’shiladi. Konstruksion materiallar tarkibiga qo’shiladigan kimyoviy elementlarni ta’sir darajasiga qarab shartli ravishda uch guruhga bo’lish mumkin. Ferrit asosidagi po’latlar uchun eng kuchli ta’sir qiluvchi birinchi guruhga uglerod va kremniy kiradi. Hammaga nisbatan ishlanuvchanlikni yomonlashtiradigan uglerod hisoblanadi: uni miqdori 0,5% gacha bo’lganda ishlanuvchanlik ahamiyatli pasayadi; 0,5% dan ko’paygandan boshlab u ishlanuvchanlikka ta’sir qilmaydi. Ishlanuvchanlikni yomonlashtiruvchi ikkinchi guruhga quyidagi kimyoviy elementlar kiradi: xrom, volfram, vanadiy va molibden. Uchinchi guruhga ishlanuvchanlikka amalda ta’sir qilmaydigan elementlar kiradi: marganes va nikel. Austenitli va xromnikelli asosidagi po’lat va qotishmalar uchun birinchi guruh elementlariga ishlanuvchanlikni to’xtovsiz yomonlovchi alyuminiy, titan va kremniy kiradi. Ikkinchi guruhga molibden, kobalt, marganes, xrom va molibden kiradi. Uchinchi guruhga nikel, niobiy va vanadiy kiradi. 234 Po’latlarni ishlanuvchanligini ularni eritish va quyish davrida ularga har xil qo’shimcha kimyoviy elementlar yoki kimyoviy birikmalar qo’shiladi. Ishlanuvchanlikni yaxshilovchi qo’shimchalarni ta’sir qilishini ikkita mexanizmi ma’lum. Birinchisida kontakt yuzalardagi ishqalanish koeffitsiyentini pasayishi; chunki qo’shimchalar metalda qattiq moylovchi moddalar hosil qiladilar (sulfidlar, selenidlar, sulfoselenidlar). Ikkinchi mexanizmi bo’yicha qo’shimchalar kuchlanishlarni yig’indisi – “konsentrati” bo’lib ishlanayotgan materialni mo’rtlashtirib, kesish kuchini pasaytiradilar va kesish haroratini pasaytiradilar. Eng xarakterli qo’shimchalar D.I.Mendeleyev jadvalidagi VI guruh elementlari – oltingugurt, selen, tellur, qaysilarki, po’latda metall emas qo’shimchalar hosil qiladilar; bular ichiga qo’rg’oshin ham kiradi. Bu qo’shimchalarning qo’shilishi katta bir butun avtomat yoki oson ishlanadigan po’latlar sinfini paydo bo’lishiga olib keldi. Masalan, tarkibida oltingugurt ko’p bo’lgan avtomat po’latlar (A10÷A35), oltingugurt va fosfori ko’p bo’lgan po’latlar (A12), oltingugurt va qo’rg’oshini ko’p bo’lgan (AC14) po’atlar. Qo’rg’oshin po’latda ikki xil modifikatsiyada bo’ladi: mayda alohida moslashgan zarralar ko’rinishida, metall matritsasida o’zicha joylashgan holda va kompleka birikma MnS-Pb ko’rinishida. Qo’rg’oshinni erish harorati past, shuning uchun mo’rtlashtirishdan tashqari kontakt yuzalarda suyuq plyonka hosil qilishi mumkin. Ma’lumki, ishqalanuvchi yuzalarni bir-biriga yopishib qolishlikka moyilligini keskin kamaytirishi uchun plyonkaning 2mkm qalinligi yetarli. Avtomat po’latlarni kesishda qattiq qotishmalarni turg’unligi 5 martagacha ortishi mumkin, yana qirindi sinishi yaxshilanadi. Lekin, ma’lumki, oltingugurtni miqdori 0,04 %dan oshgandan so’ng po’latning fiziko-mexanikaviy xossalari ancha pasayadi: sovuq sinishlik ko’payadi; charchash mustahkamligi anizotropiyasi keskin namoyon bo’ladi; zarbiy qovushoqlik pasayadi; plastiklik pasayadi va h.k. shuning uchun avtomat po’lstlari kam mas’uliyatli detallar yasashda ishlatiladi. Oxirgi yillarda o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, po’lat tarkibiga selen, tellur, vismut va qo’rg’oshinni ozgina qo’shilishi uni ishlanuvchanligini keskin 235 yaxshilaydi; ikkinchi tomondan uni fiziko-mexanikaviy xossalariga amalda ta’sir qilmaydi hisob. Bu texnologiyani mikrolegirlash deb ataladi. Harorat ta’sirida keskich oldingi yuzasida oson eriydigan qo’shimchalarni “terlashi” paydo bo’ladi, moylovchi hosil bo’ladi, kontakt yuzalardagi ishqalanish koeffitsiyenti pasayadi va yeyilish jadalligi pasayadi (rasm 10.4). Rasm 10.4. Po’lat 1X18H9T ni yo’nishda qattiq qotishma T5K10 ni yeyilishiga ishlanayotgan materialni mikrolegirlash ta’siri Qo’shimchalarning ta’sir samaradorligi ishlanayotgan va keskich materiali turi va fiziko-mexanika xossalariga bog’liq. Eng katta samaradorlik yuqori plastik materiallarni, adgeziyaga moyil materiallarni mikrolegirlashda bo’ladi. Masalan, uyushoq va plastik po’lat 1X18H10T (nisbiy uzayishi – δ=50%) ga 0,2% selen qo’shilsa, kesish tezligi 3,9 marta oshadi, po’lat У10A (δ=50%) uchun faqat 1,4 236 marta. Tezkesar po’lati bilan yo’nilganda qo’rg’oshin bilan legirlangan po’latlarni kesishda eng yaxshi natija olinadi. Mikrolegirlashda legirlovchi elementlarning miqdori chegarasi 0,1÷0,15 bo’lganda u optimal hisoblanadi. Bundan ko’payishi kesish tezligini ahamiyatli ko’tarilmaydi. Lekin, plastiklik va uyushqoqlik xossalarini anizotropligi keskin ko’payadi, bu po’latlarni tannarxi ham qimmatlashadi. Yuqoridagi qo’shimchalarni ishlanayotgan materilga emas, asbobsozlik materialiga qo’shilsa (P18-0,12%Se) asbob turg’unligi 1,5÷1,6 marta ko’payadi va jilvirlanishligi keskin yaxshilanadi. Ishlanuvchanlikni oshirishni oksidlab va boshqa usullari ham bor. Download 178 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling