X bob: materiallarni kesib ishlanuvchanligi


Moylovchi sovutuvchi texnologik muhitlarni qo’llash


Download 178 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana22.06.2023
Hajmi178 Kb.
#1648541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15-maruza 2

10.3.3. Moylovchi sovutuvchi texnologik muhitlarni qo’llash 
 
Kesish zonasiga beriladigan suyuqlik, gaz oqimi yoki qattiq moylovchi 
ko’rinishidagi texnologik muhitlar kesish zonasidagi haroratni pasaytiradi, kontakt 
yuzalardagi 
ishqalanish 
kuchlarni 
pasaytiradi, 
mikrodarzlarni 
ponalab 
kuchaytiradi, plastik deformatsiya zonasida metalni mo’rtlashtiradi va h.k. 
Texnologik muhitlar tarkibini to’g’ri tanlab, yeyilish jadalligini keskin 
kamaytirishi mumkin va ishlangan yuza sifatini yaxshilash mumkin. MSTM kesish 
jarayoniga ta’sir qilish mexanizmi yuqoridagi 9-bobda to’liq yoritilgan. 
MSTM larda ishlash qatoriga past haroratda (nol gradusdan pastda) suyuq 
yoki gazsimon muhitda kesib ishlashni ham qo’shsa bo’ladi. Bu havo-emulyatsiya 
aralashma (-12
0
C), havo (-10
0
C), suyuq azot (-196

C) bo’lishi mumkin. 
Ishlanishlikning yaxshilanishiga kesish haroratini pasayishi va metalni mexanik 
xossalarini sovuq ta’sirida o’zgarishi (mo’rtlashishini ortishi, plastikligini 
kamayishi) sababchi bo’ladi. Bular kesish haroratini 20-100

C ga pasaytirishga 
olib keladi va kesish asbobi chidamliligini ahamiyatli 2-6 marta ko’tarishga imkon 
beradi. Bu o’rinda ichki sovutish eng samarador bo’ladi. 


238 
10.3.4. Kesish zonasiga qo’shimcha energiya kiritish 
 
10.3.4.1. Ishlanayotgan materialni dastlabki qizdirish bilan kesish 
Qiyin ishlanadigan materiallarni ishlanuvchanligini oshirish usullarini eng 
samaradorligi bu uni dastlabki qizdirish. Qizdirish natijasida ishlanayotgan 
materialning fiziko-mexanikaviy xossalari o’zgaradi, mustahkamlik chegarasi va 
oquvchanlik chegarasi kichiklashadi, zarbiy qovushqligi ko’tariladi va natijada 
kesish kuchi va ishi kamayadi, keskich turg’unligi ortadi. Qizdirish harorati 
darajasiga quyidagi chegaralar mavjud. 
1. Qizdirish harorati natijasida ishlanayotgan materialning mustahkamligini 
kamayish (yumshash) darajasi shu harorat natijasida asbob (keskich) materialini 
kesish jarayonida mustahkamlik (yumshash) darajasidan katta bo’lsa, ijobiy natija 
bo’ladi. 
2. Qizdirish natijasida keskichni diffizion yeyilishi kattalashadi. 
Kesilayotgan qatlamni qizdirib kesish iki xil variantda olib borish mumkin: 
issiqlik va mexanik ta’sir qilib. Birinchi holatda zahatovka dastlab butunlay 
(pechlarda yoki oldingi operatsiya qizdirishidan foydalanib: quyma, prokat, 
shtamplash, yeyilishga chidamli qatlam bilan qoplash) yoki faqat zagatovka qatlam 
yuzasi (yuqori chastotali induksion qizdirish, infraqizil nurlash, elektr yoy 
qizdirish, plazma oqimi ta’siri, lazer nuri). 
Rasm 10.5. Kesish zonasini elektrokontaktli qizdirib ishlash sxemasi. 


239 
Ikkinchi holatda kesish jarayoni bilan parallel kesish zonasidan elektr toki 
o’tkaziladi. Natijada qirindi bilan keskich oldingi yuzasi orasidagi kontakt yuza 
qiziydi (rasm 10.5 a,b) yoki to’g’ridan-to’g’ri keskich oldidagi kesilayotgan 
qatlam qiziydi (rasm 10.5 v). 
Qizdirib 
ishlash 
zanglamaydigan, 
olovbardosh 
po’latlarni, titan 
qotishmalarini, maxsus cho’yanlarni kesib ishlashda ijobiy natija beradi (yuqori 
bo’lmagan kesish tezligida va kesilayotgan qatlam ko’ndalang kesimining 
kattaligida). Qancha kesish tezligi katta bo’lsa, optimal qizdirish harorati shuncha 
past bo’ladi. 1X18H9T po’latini frezalashda 
min
/
375
m


da qizdirish harorati 
C
230
0



min
/
190
m


da 
C.
500
0


Oxirgi yillarda plazma bilan qizdirib kesish keng tarqalgan (rasm 10.6). Bu 
usulni afzalligi plazmatronni 5 plazmasi 4 bilan kesish asbobi 6 ni kesilayotgan 
qatlam zagatovkasiga kelishilgan holda ta’sir qilish imkoniyati borligi. 
Rasm 10.6. Kesilayotgan qatlamni plazmali qizdirib ishlash sxemasi 
Umuman, dastlabki qizdirib ishlash keskich turg’unligini 4-10 marta 
oshirishga va ishlangan yuza sifatini yaxshilashga imkon beradi. 

Download 178 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling