X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Dala va yem-xashak ekinlarini yetishtirish texnologiyasi
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
1.7. Dala va yem-xashak ekinlarini yetishtirish texnologiyasi
Dala va yem-xashak ekinlarini yetishtirish texnologiyasi - bu yuqori hosil yetishtirishni ta‟minlaydigan, ekinlarning biologik xususiyatiga mos keladigan agrotexnik tadbirlaming majmuasi (yigindisi)dir. Maium sharoitda ekinlarni yetishtirish texnologiyasini yaratish- da ularning biologik xususiyatlariga e‟tibor beriladi. Ayrim texnologik tadbirlarni - asosiy va ekishdan oldin tuproqqa ishlov berish, o„gitlash, urug„ni ekishga tayyorlash, ekish, ekin- lami parvarishlash, hosilni yigish kabi tadbirlar barcha ekinlarda bajariladi. Bir qator agrotexnik tadbirlar faqat ayrim ekinlarni yetishtirish texnologiyasida qoilanadi. Dukkakli ekinlarni urugiga inokulatsiya qilinadi, tolali ekinlarning poyasi suvda ivitiladi. Bu agrotexnik tadbir tegishli ekinlarni yetishtirish xususiyati deb yuritiladi. Ham- ma texnologik tadbirlar ekinlarning yaxshi o„sishi, rivojlanishi ekinlarga eng muqobil sharoit yaratishga qaratilgan. Texnologik tadbirlar oikazilganda bir nechta vazifalar bajariladi: 1. Tuproqqa ishlov berishda ildizi yaxshi rivojlanishi uchun uning suv- havo sistemasi boshqariladi. 2. Organik-ma‟dan o„g„itlar yordamida tuproqning oziqa sistemasi muqobil darajaga keltiriladi, ekinlar yaxshi rivojlanadi. 3. Texnologik tadbirlar bilan (ohaklash, gipslash, sho„r yuvish) tuproqning muhiti o„zgartiriladi. 4. Begona o„tlarga qarshi kurashib ekinlarga muqobil oziqa maydoni yaratiladi. 5. Ekiladigan urug„ sifati Davlat andozalariga javob beradigan darajada olib boriladi (saralanadi, tozalanadi). 6. Urug* bir chuqurlikda va bir xil tizimda ekilishi zarur, shunda har bir tup o„simlik yaxshi rivojlanadi. 7. Ekinlar kasallik va zararkunandalardan saqlanadi. 8. Sug„orish bilan tuproqning sug*orish sistemasini muqobil da- rajaga yetkazib ekinlarni normal o„sishi, rivojlanishi ta‟minlanadi. 9. Hosil qisqa muddatda nes-nobud qilmay yig„ib olinadi, dastlabki ishlov berib saqlanadi. Bu vazifalar har xil texnologik tadbirlar bilan bajariladi. Ma‟lum bir ekin bo„yicha yetishtirish texnologiya rejasini tuzishda har bir tadbiming mohiyatini bilish zarurdir. Quyidagi jadvalda texnologik tadbirlaming vazifalari yoritilgan. Bu tadbirlar o„z vaqtida bajarilsa, yuqori sifatli hosil yetishtirish mumkin, texnologik jarayonda agrotexnik tadbirlaming ayrimlari bajarilmasa, o„simlikka salbiy ta‟sir qiladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling