X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


„simliklar biologiyasining shakllanish sharoiti


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

1.2. 0„simliklar biologiyasining shakllanish sharoiti 
Hozirgi vaqtda yer yuzida juda ko„p o„simliklar ekilmoqda. Madaniy 
o„simliklarning soni 1500 taga yetdi, ammo eng kerakli xo„jalik ahamiyatiga 
ega boigan turlarining soni 250 ta. Ishlab chiqarishda ekilayotgan 
o„simliklarning turlari har doim ortib boradi, yovvoyi turlari 
madaniylashtiriladi. 
1
Г.С.Посйпанов «Растениеводство».М.Колос. 1997. 



Jahon bo„yicha ekiladigan ekinlaming asosiy qismini (70%) don ekinlari 
tashkil qiladi (bug„doy, sholi, makkajo'xori, arpa, suli, javdar, tritikale, 
jo„xori, tariq). Texnik ekinlardan g„o„za, soya, kartoshka ko„p ekiladi. Yer 
yuzida ekin maydonlar quyidagicha taqsimlangan: Osiyoda-37%, Yevropada-
26%, Amerikada-26%.
2
0„simlik turi va uning navi (nav sifati) ma‟lum bir tashqi muhit sharoitida 
shakllanadi hamda shu sharoitda biologik xususiyati vujudga keladi. Demak, 
o„simlikning tashqi muhitga boigan talabini qondirish uchun uning qaysi 
sharoitda shakllanganini bilish zarur. 
Tropik va subtropik mintaqada o„sgan o„simlik turlari shu mintaqa 
sharoitiga talabchan boiadi. Bu mintaqada foydali harorat yigindisi yuqori 
boiadi, kun va kecha deyarli bir xil boiganligi uchun o„simliklar qisqa kunli 
boiadi. Qisqa kun o„simliklar sovuqqa chidamsiz, suvsizlikka chidamli, 
nordonli tuproqlarga chidamsiz, chunki, bu mintaqaning tuprogi neytral yoki 
ishqoriy boiadi. 0„suv davrining boshlanishida sekin o„sadi, ildizi esa tez avj 
olib rivojlanadi, shimoliy mintaqada ekilsa o„suv davri uzayadi. 
Shimoliy mintaqalarda uzun kunli turlar shakllangan, talab qilinadigan 
foydali harorat yigindisi kamroq, sovuqqa chidamli, suvsizlikka chidamsiz, 
o„suv davrining boshlanishida tez o„sadi, shimoliy mintaqada o„suv davri 
qisqaradi. 
Qisqa kun o^simliklar shimoliy mintaqaga ko„chirilsa o„suv davri 
uzayadi, chunki, ontogenez davrida har bir davmi o„tishiga ma‟lum foydali 
harorat yigindisi talab qilinadi. Har bir ekin turiga va naviga faqat o„zining 
genotipiga mos foydali harorat yigindisi talab qilinadi. Foydali yoki faol 
harorat 10 °C dan yuqorisi hisobla- nadi, chunki bu haroratda fiziologik 
jarayon o„simlikda normal o„ta- di. Ekinlarga talab qilinadigan foydali harorat 
to„planishi aniqiarisa, rivojlanish davrlarini boshlanishini aniq beigilab berish 
mumkin. 
Misol uchun, soya o„simligi maysalanish davridan shonalash davrigacha 
1500 °C faol harorat talab qiladi. Shu haroratga ega boimaguncha o„simlik 
boshqa davrga o„tmaydi, faqat o„sadi va vegetativ massa ko„payadi. 
Shonalash davridan dukkak shaklla- nishgacha 400 °C foydali harorat talab 
qilinadi. Ontogenez davrini 
2
 
www.FAO.stat.fao.org-2017
 year. 
10 


o„tish uchun soyaning kechpishar navlariga 3500 °C talab qilinadi. Demak, 
har bir genotip o„zi shakllangan mintaqaning, ekologik sharoitining ko„zgusi 
boiadi. Murakkab sharoitda shakllangan genotip tashqi sharoitga talabchan 
boimaydi. 0„simlik biologiya- sini aniqlash uchun shu turning (genotipning) 
shakllanishiga ta‟sir etgan ekologik sharoitni o'rganish zarurdir. 
Shvetsiya botanigi Alfons De Candolle “Madaniy o„simliklar- ning kelib 
chiqishi”, ilk bor 1833-yili chop etilgan. Keyinroq o„simliklarning kelib 
chiqishi taniqli rus olimi, genetik Nikolay Vavilov madaniy o„simliklaming 
kelib chiqishini oigangan. 
0„simliklaming kelib chiqish markazlari 1935-yili ilk bor ulug„ rus olimi 
N.I. Vavilov tomonidan aniqlangan. Bu maiumot keyinchalik boshqa olimlar 
tomonidan toidirilib, hozir 12 ta gen markazi aniqlangan: 
1. Xitoy-Yaponiya markazi - Xitoy, Koreya va Yaponiyaning subtropik 
mintaqasi kiritilgan. Bu mintaqadan: soya, yumshoq bug'doy, tariq, chumiza, 
marjumak kelib chiqqan. 
2. Indoneziya-Janubiy Xitoy markazidan - suli, shakarqamish, kokos 
palmasi, meva va sabzavot ekinlari kelib chiqqan. 
3. Avstraliya markazi - sholi, g„o„za, sebarga, tamaki, evkalipt, tropik 
daraxtlari kelib chiqqan. 
4. Hindiston markazi - sholi, hind bug„doyi, shakarqamish, g'o'za 
turlari, sabzavot va meva ekinlari kelib chiqqan. 
5. Markaziy Osiyo markazi (Tojikiston, 0„zbekiston, Afg„onis- ton - bu 
mintaqa ko„k no„xat, mosh, yasmiq, no„xat, tolali nasha, maxsar, xashaki 
dukkaklar, afg„on javdari, qovun, g„o„za turlari, ko„p yillik o„simliklar 
vatanidir. 
6. Old Osiyo markazi (Togii Turkmaniston, Eron, Kavkaz orti, Kichik 
Osiyo, Arab Yarim oroli) - bu markazdan bug„doy turlari, arpa, suli, javdar, 
ko„k no„xat, beda, zig„ir, sabzavot va moyli ekinlar kelib chiqqan. 
7. 0„rta Yer dengizi markazi (Misr, Suriya, Falastin, Gretsiya, Italiya va 
0„rta yer dengizi sohilida joylashgan davlatlar) - bu suli, arpa, bug„doy 
turlari, zigir, karam, lavlagi, sabzi, sholg„om, turp, piyoz, saritnsoq, ko„knori, 
oq xantal kabi ekinlar vatanidir. 
11 


8. Afrika markazi - jo„xori turlari, tariq, kanakunjut, sholi, bug„doy 
turlari, moyli palma, dukkakli ekinlar, kunjut, kofe, g„o„za turlari vatanidir. 
9. Ovropa-Sibir markazi - tolali zig„ir, duragay sebarga, beda turlari, 
kandir, xmel, meva va sabzavot ekinlarning vatanidir. 
10. 
Markaziy Amerika (Meksika, Gvatemala, Gonduras, Panama) 

bu markaz makkajo„xori, loviya, qovoq, ingichka tolali paxta, shirin 
kartoshka, maxorka, qalampir, ko„p yillik o„simliklar vatanidir. 
11. Janubiy Amerika - madaniy kartoshka, tamaki, pomidor, ko„p yillik 
arpa, chatnaydigan makkajo„xori vatanidir. 
12. Shimoliy Amerika - arpa, turlari, lyupin, kungaboqar, sabzavot va 
rezavor o„simliklar vatanidir. 
Bu ekinlarning aksariyati dehqonchilikda 5-8 ming yildan beri 
ekilmoqda va o„z vatanidan uzoq, boshqa tuproq-iqlirn sharoitiga moslashib 
ketgan. Evolutsiya davrida ko„p o'simliklarning morfolo- gik va biologik 
belgalari o„zgargan. 
0„simliklaming kelib chiqishi, tarqalishi, katta ilmiy va amaliy 
ahamiyatga ega. 0„simlikshunoslik fani o'simliklarning dastlabki ekila 
boshlanishi, tarqalishi, qoilanishi bo„yicha ma‟lumotlarga ega bo„lishi kerak. 
0„simliklaming kelib chiqish markazlarini bilish asosida biolo- giyasini, 
genetikasini va seleksiyasini tadqiqot qilish, shu ekinlardan yuqori hosil 
yetishtirishni boshqarishda yordam beradi va yangi navlami yaratish 
samaradorligini oshiradi.
3

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling