havo-harorati yuqori sharoitda oqsil miqdori oshadi. Oqsilning oshishi
shimoldan janubga qarab va g„arbdan sharqqa qarab ko„payadi.
Akademik D.N. Pryanishnikovning ma‟lumotlariga ko„ra, dala
tajribalarida tuproq namligi yuqori bo„lganda oqsil
miqdorining pa- sayishi
kuzatiladi. Shunga o„xshash ma‟lumotlar Respublikamizda o„zbek
olimlaridan: B.Xalikov, R.Siddiqov, A.Iminov, J.Xudayqu- lov, B.Azizovlar
ilmiy tadqiqot tajriba natijalarida qayd etildi.
Moyli ekinlarda moydorligini oshirish. Moy miqdoriga - tuproq
unumdorligi,
oziqlanish maydoni, ekish muddati, sug„orish
va boshqa
agrotadbirlar, iqlim sharoiti, nav xususiyati ta‟sir qiladi.
Uzun kunli
o'simliklarda shimoliy mintaqada moy miqdori oshadi. Masalan, oq xantal
urug„i tarkibida Toshkent viloyatida 19,7%, Rossiyani shimolida 37,4% moy
boigan.
Lavlagining shirinlik (qandlik) darajasini oshirish. Lavlagi- ning tarkibida
qand moddasini miqdorini ko„paytirish, pektin moddasini kamaytirish zarur.
Pektin qandning miqdorini kamay- tiradi. Qand miqdorini oshishini:
yerni
sifatli shudgorlash, fosforli va kaliyli o„g„itlar qoilash, sug„orish,
maqbul
oziqlanish maydoni, erta ekin ekish muddatini ta‟minlaydi.
Kartoshka tarkibida kraxmal miqdorini oshirish. Kartoshka tarkibida 12-
25% kraxmal boiadi. Xo„raki navlarda 13-16% kraxmal, texnik navlarda 18%
va undan yuqori boiadi. Yemi chuqur haydash, keng qatorlab ekish, go„ng va
ma‟dan o„g„itlardan foydala- nish, magniy
va bor qoilash tuganaklarda
kraxmal miqdorini oshiradi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: