X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Oziq moddalarga talabi.
Makkajo'xori don uchun ekiiganda 1 tonna 
hosil uchun 24,6 kg azot, 9,9 kg fosfor va 25,5 kg kaliy sarf bo'ladi. Azot 
yetishmasa boshlang'ich davrda o'sish rivojlanish kechikadi, ro'vagi 
yaratilishi kechikadi. Azotga maksimal talabi: ro'vaklash davridan 2 hafta 
oldin va 20 kundan keyin so'talash va don hosil bo'lish davrida. Agar azot 
yetishmasa barglari sarg'ayadi. O'simlikni fosforga bo'lgan talabi sut-
mum pishish davri hisoblanadi. Quruq massaga nisbatan fosfor 
o'simlikda 0,30-0,35% hisobida bo'ladi. Fosfor yetarli bo'lganda urug'ni 
tez unib chiqishiga, ildizni yaxshi rivojlanishiga, urug'ning pishishiga 
hosilni oshishiga, ta‟sir qiladi. Fosfor kam bo'lsa 0,20% (quruq massaga 
nisbatan) hamma jarayonlarga salbiy ta‟sir qiladi va barg qizil tusga 
kiradi.
Kaliy ko'p miqdorda talab qilinadi, urug'ni unib chiqishidan so'talash 
va ro'vaklashgacha 10-12 kun ichida talab qiladi. Kaliy hamma 
a‟zolarida, kalsiy bargida va poyasida, oz miqdorda urug'da uchraydi. 
Magniy urug'da ko'p, boshqa a‟zolarida kam uchraydi.
Rivojlanish davri.
Makkajo'xorida o'sish va rivojlanishning quyidagi 
davrlari mavjud: maysalanish (11-rasm), nay o'rash, ro„- vaklanish, 
gullash, donni pishishi (12-rasm). Makkajo'xori maqbul muddatlarda 
ekiiganda 8-10 kunda unib chiqadi. U birinchi davrda sekin o'sadi. Poyasi 
to'pgul hosil qilish davrida o'sishi tezlashadi.
Bu vaqtda sutkalik o'sishi 8-10 sm va undan ortiq bo'ladi. 
Makkajo'xorining naviga qarab urug' unib chiqqandan so'ng 60 -70 kun 
o'tgach otalik to'pguli va 4-6 kundan keyin onalik to'pguli so'ta hosil 
bo'ladi. Odatda, so'ta ro'vakka nisbatan (otalik gulto'plam) 2- 3 kun keyin 
gullaydi. Makkajo'xori chetdan changianuvchi o'simlik. Shuning uchun 
uni sun‟iy ravishda ham changlantirish mumkin. Makkajo'xori 
urug'langandan so'ng 15-20 kun o'tgach, sut va 22-25 kun o'tgach mum 
pishish davri boshlanadi va undan 5-
10 kun o'tgach don to'la pishib yetiladi.
Makkajo'xorining o'suv davri uning naviga qarab 90-140 kunni 
tashkil qiladi. Davrlar oralig'i navni xususiyatlariga qarab ob- havo 
sharoiti va ishlov berilishiga qarab o'zgarib boradi. Makkajo'xori birinchi 
davrda sekin o'sadi, lekin ildiz sistemasi
132


o„sishda tezlashadi va rivojlanadi. Gullagandan keyin o„sish to„xtaydi.
Navlari:
0„zbekistonda mahalliy seleksiya navlari, duragay- 
laridan: Qorasuv 350 AMV, Kremnistaya, UzROS, Uzbekskaya 
Zubovidnaya, 0„zbekiston 420 VL, 0„zbekiston-601 ESV va xorijdan 
keltirilgan (Fransiya, Germaniya, Moldaviya, Vengriyadan) navlar va 
duragaylar ekilmoqda.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling