X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Kasallik va zararkunandalari: Fuzarioz so „I ish kasalliklari
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ildiz bo„g„zi kasalliklari.
- Shumg„iya-parazit begona o„t.
- Navlar: “Tashkentskiy-122”, “Qora shahzoda”. Yetishtirish texnologiyasi Otmishdosh.
Kasallik va zararkunandalari: Fuzarioz so „I ish kasalliklari.
Kunjut o'simligi fuzarioz so'lish kasalligi bilan zararlanadi. Bu kasal- liklami zamburug' chaqiradi, ular tuproqdan kunjut ildiziga o'tadi. Avvalo kunjutning pastki barglari qo'ng'ir rangga kirib, sarg'ayadi, to'kiladi. Rivojlanishining dastlabki bosqichida kasallangan o'simlik nobud bo'ladi. Kunjut ko'pincha kasallikka urug' hosil qilish davrida chalinadi. Bunday paytlarda undan puch urug'lar hosil bo'ladi. Ildiz bo„g„zi kasalliklari. Poyaning pastki qismida yara hosil bo'ladi. Bu joyi ingichkalashadi, o'simlik sinib tushadi. Ildiz bo'g'zi kasalliklarini chaqiruvchi zamburug'lar avval tuproqda yashab, keyin ildizga o'tadi. Un s hud ring kasalligi. Bu kasallikni zamburug'lar chaqiradi, Bu kasallikka chalingan kunjutning barglari unsimon g'ubor bilan qoplanadi. Un shudring yozda-iyun oylarida namlik ko'p bo'lgan yillari uchraydi. Shumg„iya-parazit begona o„t. Shumg'iya kunjut ildizlarida parazitlik qilib yashaydi. Ildiziga joylashib olgandan so'ng uning shirasi bilan oziqlanadi. Kunjut ko'sakchalar hosil qilayotgan davrda shumg'iya ham avj bilan o'sadi va o'simlikni nobud qiladi. Shumg'iya tarqalgan kunjutzor mutlaqo hosil bermaydi. Navlar: “Tashkentskiy-122”, “Qora shahzoda”. Yetishtirish texnologiyasi O'tmishdosh. Kunjut uchun asosiy o'tmishdoshlar dukkakli- don ekinlari, makkajo'xori, jo'xori va beda hisoblanadi. Kunjut bir bor ekilgan yerga 6-7-yildan keyin qayta ekiladi, sababi-kasallik va zararkunandalar bilan ko'p shikastlanadi. 334 0„g„itlash . Yer haydashdan oldin bir gektar yerga 10-15 t go„ng, 60- 80 kg fosfor solinadi. Bahorda ekishdan oldin gektariga 20-30 kg azot solinib, 2 marta qo'shimcha oziqlantiriladi, har birida 40 -50 kg/ga azot ishlatiiadi. Kunjut yeming chuqur ishlanishini talab qiladi. Chimqirqarii plug bilan 25-27 sm chuqurlikda haydaladi. Sho'rlangan yerlar, albatta, yuviladi, suv kamchil joylarda yaxob suvi beriladi. Erta bahorda borona qilinadi. Ekishgacha 1-2 marta kultivatsiya va borona qilinadi. Begona o„t kam bosgan dalalarda aprelning birinchi yarmida 8- 10 sm chuqurlikda bir marta kultivatsiya va boronalash yetarlidir. Begona o„t ko'p bosgan dalalar 2 marta: aprelning boshida 10-12 sm chuqurlikda va aprelning ikkinchi yarmida 8-10 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi. Ekishdan oldin maydon egatlar orqali sug'oriladi. Tuproq yetilishi bilan kultivatorda ishlanadi, undan keyin boronalanadi va mola bosiladi. Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin bo'lgan joylarda ko'pincha ko'klamda ekishdan oldin sug'orilmaydi. Ekiladigan urug' sifatiga e‟tibor beriladi. Urug'ning tozaligi 95 -98% dan kam bo'lmasligi, unuvchanligi 85- 95% bo'lishi kerak. Kunjut kech ko'klamda - may oyida ekiladi. Ang'izga 10-15 iyunda ekilishi zarur. Kunjut keng qatorlab ekiladi, qator orasi 60-70 sm ekish chuqurligi 3-5 sm bo'ladi. Bir gektarga 1,5-2,0 mln. dona yoki 5-6 kg urug' ekiladi. Ekish bilan bir qatorda egatlar olinadi va qondirib sug'oriladi. O'suv davrida 2-3 marta kultivatsiya qilinadi, yagana qilin- maydi, 2-4 marta sug'oriladi, gullaguncha 1-2 marta sug'oriladi, gullash davrida 2 marta suv beriladi. Sizot suvlari yaqin joylashgan yerlarda 1 -2 marta sug'oriladi. O'simlik sarg'ayib barglari to'kiladi, pastki ko'sakchalari oldin yetiladi. Vaqtida hosil yig'ilmasa, ko'sak- chalar yorilib urug' to'kiladi. O'roq mashinasida о'rib yig' ib olingan kunjut bog'lanib xirmonda quritiladi va 10-12 kundan keyin qo'lda yanchiladi. O'simlikni pastga qaratgan holda qoqib olinadi. Don tozalash mashinalarida tozalanadi va qopda yoki 20 -30 sm balandlikdagi toza yerda saqlanadi. Saqlanadigan urug'likda namlik 9% dan ko'p bo'lmasligi kerak. 335 Takrorlash uchun savollar: 1. Kunjutning kelib chiqish tarixi va tarqalishi? 2. Kunjut eng ko„p ekiladigan qaysi davlatlami bilasiz? 3. Kunjutning ekin maydoni qancha? 4. Kunjutning xalq xo„jaligidagi ahamiyati? 5. Kunjutning issiqlikka bo„lgan talabi? 6. Kunjutning yorugiik va suvga boigan talabi? 7. Kunjutning amal davri necha kunni tashkil etadi? 8. Kunjutning lotincha nomi? 9. Kunjutning rivojlanish davrni bilasizmi? 10. Kunjutning tuproqqa boigan talabi Pedagogik texnologiya “Muammoli vaziyat” O'tilgan mavzu yuzasidagi maiumotlaringizga asoslanib, “Muammoli vaziyat” moyli o'simliklar orasida begona ollarning tarqalishi, zarari va bu vaziyatni oldini olish hamda ularga qarshi kurashish chora -tadbirlari haqida mustaqil fikringizni bayon qiiing. “Muammoli vaziyat” turi “Muammoli vaziyat” sabablari Vaziyatdan ehiqib ketish sabablari 1 Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling