Fabaceae
duk-
kakdoshlar oilasiga,
Arachis hypogaeae L.
avlodi va turiga kiradi.
Yeryong'oq (Arachis hypogaea L.)
Fabaceae
oilasiga mansub
bo'lib, bu oila o'z navbatida yetmishdan ortiq turlami o'z ichiga oladi.
Shundan faqat bitta turi
Arachis hypogaea L.
Madaniy- lashtirilgan
bo'lib, xalq xo'jaligida keng foydalaniladi. Madaniy yeryong'oqning
ikkita (
Hypogaea
va
Fastirgiata
kenja turlari bo'lib, ular o'z navbatida
Hypogaea {hypogaea hirsuta), fastirgiata (fastirgiata, vulgaris,
peruviana, aequatoriana)
botanik nav guruh- lariga bo'linadi.
Har bir botanik nav guruhlariga mansub o'simliklar o'ziga xos
morfologik xususiyatlarga ega bo'lib, bir-biridan o'suv davri, poya-
sining rangi, yon shoxlarining soni, urug' rangi, hajmi, o'lchami,
gullarining poyada joylashish o'mi va boshqa belgilarining tuzilishi bilan
farq qiladi.
Yeryong'oqning asosiy morfologik belgilaridan biri bu - poyasining
tuzilishidir. Yeryong'oqning poyasi tik o'suvchi, yarim tik o'suvchi va
yer bag'irlab o'suvchi xillari mavjud bo'lib, Respublikamiz tuproq-iqlim
sharoitida asosan poyasi tik o'suvchi va yarim tik o'suvchi guruhga
mansub navlar yetishtiriladi.
BiologiyasL
Yeryong'oq issiqsevar, namsevar, yorug'sevar va qisqa
kun o'simligidir. Yeryong'oq issiqsevar o'simlik hisoblanadi. Dala
sharoitida yeryong'oq urug'lari 15-16 da 13-15 kunda, 19-20 da 10-11
kunda, 25-26 da esa 6-8 kunda unib chiqadi. Maysalar o'nib chiqqandan
keyingi 25-27 kunlari havo harorati o'rtacha 25- 30 bo'lganda gullash
jarayoni jadallashadi. O'sish davri tezpishar navlarda vegetatsiya davri
120-125 kun, o'rtapishar navlarda 125- 130 kun, kechpishar navlarda
140 kundan ortiq.
Yeryong'oq unumdor, g'ovakli, yaxshi ishlov beriigan va begona
o'tlar bosmaydigan yerda mo'l hosil beradi. Og'ir sho'rxok va botqoq
tuproqlar yeryong'oq uchun yaroqsizdir.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |