X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
Yerni ekishga tayyorlash.
Yerni ekishga tayyorlash ishlari o'tmishdosh o'simiiklarni qoldiqlarini tozalashdan boshlanadi. Yigib olingan begona o't qoldiqlarini daladan olib chiqib tashlash talab etiladi, Kuzgi shudgordan oldin gektariga fosforli va kaliyli o'g'itlaming yillik me‟yorining 70-100 foizi beriladi va yer 30-35 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. O'tmishdosh o'simlikka gektariga 20-30 tonna chirigan go'ng (chirimagan go'ng solish mutlaqo 341 taqiqlanadi) berilishi ham hosildorlikni 25-35 foizga oshirishi tadqiqotlarda kuzatilgan. Ekin maydonning chetlari begona o'tlar - dan tozalanishi va to„rtburchak shaklida uvatlari to„la shudgorlanishi lozim. Bahorda yer tobiga kelganda ekishga tayyorlanadi. Ya‟ni chizel, borona qilinadi. Tuproqning holatiga qarab qo'shimcha agrotexnik tadbirlar o'tkazilishi mumkin. Ayrim hollarda shudgorlash ishlari bahorda kechikib amalga oshiriladi. Bunday hollarda esa, dalada kesak ko'chishi kuzatiladi. Bunday paytda tuproq yetilishi bilan qishloq xo'jalik mashinalari sirkon yoki disklar yordamida kesaklami maydalash tavsiya etiladi. Aks holda, yirik kesaklar ekish jarayonida urug'lar bir tekis chuqurlikka tushmasligiga, urug' sarfining yuqori bo'lishiga, sug'orish ariqlarining sifatiga salbiy ta‟sir ko'rsatadi. 39- rasm. Yeryong'oq poyasi va urug'i. 342 Ekish. Urugiik uchun sog'lom, yirik yong„oqlar tanlab olinadi va qoi mehnati yordamida ekishdan 20-30 kun avval qobig„idan ajratib tayyorlanadi. Yeryong'oq 0„zbekistonning janubiy viloyatlarida aprelning birinchi o„n kunligida, Toshkent va Farg„ona vodiysi viloyatlarida aprelning uchinchi, shimoliy hududlarida mayning birinchi o„n kunligida tuproq harorati 15-17 °C dan yuqori bo'lganda, yengil mexanik tarkibli tuproqlarda 6 sm, o'rta va og'ir mexanik tarkibli tuproqlarga 4-5 sm chuqurlikda ekish tavsiya etiladi. Tomorqa xo'jaliklarda kichik maydonlarga tekislangan mayin tuproq hosil bo'lgach qator oralig'i 70 sm jo'yaklar olinadi va pushtaga urug'lar qo'l mehnati yordamida bir qator qilib ekiladi. Yeryong'oq yetishtirishda qator oralig„i 60 sm kenglikda ham ekish mumkin bo'lib, bu asosan tuproq-iqlim sharoitiga va navning biologik xususiyatlariga (poyasining tuzilishi va balandligiga) bogiiq. Katta ochiq maydonlarga va yosh bog'lar qator oralariga yeryong'oq ekishda texnikadan foydalanish iqtisodiy tomondan samarali hisoblanadi. Texnika yordamida ekiiganda ekish jarayonida urugiarning mexanik zararlanishi, tuproq yuzasiga tushib qolishi va boshqa qator holatlarni hisobga olgan holda ekish me‟yori 15-20 foizga oshiriladi. Yeryong'oq urug'liklarini texnika yordamida ekishda yerning yuqori sifatda tayyorlanishi juda muhim hisoblanadi. Chunki, yer notekis, kesakli boisa urugiik bir tekisda tushmasligi va urugiarning tuproqda yaxshi ko'milmay qolishi bilan birga, pushtalar qiyshiq -qing'ir boiishi, bu o'z navbatida kultivatsiya jarayonida ko'plab o'simliklami qirqilib ketishiga sabab boiadi. Seyalkalar yordamida urugiar ekilgandan keyin tuproq tarkibida namlik yetarli bo'lsa, urug' suvi berilmaydi. Urugiar tola unib chiqqandan keyin kultivatsiya qilinib sug'orish ariqlari olinadi. Bahor oylari quruq kelganda esa, urugiar ekilgandan keyin urug' suvi beriladi. Buning uchun sug'orish ariqlari ochiladi. Respubiikamizda tuproq-iqlim sharoitida yeryong'oq ekish uchun maxsus seyalkalar mavjud emas. Biroq katta maydonlarga yeryong'oq ekish uchun Turkiyada ishlab chiqilgan seyalkalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'lib, uruglarni bir me‟yorda, bir 343 xil chuqurlikda ekish, ustini tuproq bilan sifatli yopish operatsiya - larini bajarishda Ruminiya (SPCH-4-6-8M) seyalkalaridan ustun- likka ega ekanligi tajribalarda aniqlandi. 0„zbekiston tuproq sharoitida yeryong'oq uchun maqbul o'simlik qalinligi “Toshkent-112”, “Salomat” navlari uchun 70x8: 70x10 sm, “Qibray-4”; “Mumtoz” va “Lider” navlari uchun 70x12; 70x15 sm. Ekish me‟yori “Toshkent-112” va “Salomat” navlariga (70x10 sm) har gektarga 150 ming ko'chat, ekish me‟yori 70-85 kg/ga, “Mumtoz”, “Qibray-4” va “Lider” navlariga (70x15 sm) har gektariga 100-110 ming ko'chat, urug'lik ekish me‟yori esa 85-100 kg/ga tavsiya etiladi. Seyalkalar yordamida urug'lar ekiiganda urug'laming mexanik zararlanishini, kesakli joylarda to'liq keraklicha tuproq bilan yopilmay qolish holatlarini hisobga olgan holda ekish me‟yorini 10- 15 foizga oshirish tavsiya etiladi. Asosiy suv yo'llari tozalanadi va yer nishabiga qarab har 70 -100 metrda o„q ariqlar ochiiadi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling