davrining bosqichlarida turlicha bo„lib,
maysalar unib chiqqanidan
gullash davrigacha kam, gullash davrida maksimal va yong'oq-
laming
yetilish davrida esa, o„rtacha talabchan bo'ladi.
0„simliklar to„la undirib olingandan so„ng tuproqning mexanik
tarkibiga bog'liq holda 15-20 kungacha suv berilmaydi.
Bu davr ichida
0
„simlikning ildizi namlikka intilib 25-30 sm chuqurlikgacha o„sib boradi
va yon ildizlaming ko„plab shakllanishi oqibatda hosildorlikni oshishiga
ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
Yeryong'oqning gullash davrida tuproq namligining me‟yorda
bo'lishi fotosintez
jarayonini jadallashishiga, bu o'z navbatida esa
ginoforlaming shakllanishini tezlashishiga olib keladi.
Yong„oqlami yetilish davrida namlikning keragidan ortiq bo„lishi
qobig„ini
qorayib qolishiga, bu esa urug'larning sifati va bozorboplik
xususiyatlariga salbiy ta‟sir etadi.
Yeryong'oqning gullari changlangandan keyin tuguncha tez o'sa
boshlaydi, yerga qarab intiladi va tuproqning 8-10
sm chuqurligigacha
kirib boradi. Dukkaklar tuproqda rivojlanadi. Shuning uchun tuproqning
unumdor, toza, g'ovak bo'lishini talab qiladi.
Havo harorati 38-40 °C ga ko„tariiganda esa,
gullash jarayoni
sekinlashishi kuzatiladi. Yeryong'oq yetuklik davrida past haroratga
ta‟sirchan bo'lib, kuz faslidagi qisqa
muddatli manfiy harorat ham
o'simlikni nobud qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: