X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
337
Tarixi. Yeryong'oqning vatani Janubiy Amerika bo„lib, hozir ham ko„p yillik yowoyi turlari Braziliyaning janubiy qismi, Paragvay, Urugvay, Boliviya va Amazonka daryosi sohillari bo'ylab o„sadi. Yeryong„oqning vatanini aniqlashda ikki xil qarashlar mavjud boiib, ayrim botaniklar bu 0 „simlikning vatani Afrika, Amerikaga esa yevropaliklar Afrikadan keltirishgan degan flkmi oldinga surishgan. Biroq yeryong'oq haqidagi birinchi maiumotlar XVI asrning ikkinchi (1569-yilda) yarmida N. Monordes tomonidan yozib qoldirilgan, Peruda istiqomat qilib kelayotgan Hindu qabiialari qadimdan ozuqa sifatida yer osti pistasini yetishtirish bilan shug„ullanib kelishi haqida xabar beradi. Dyubaming Perudan topilgan qadimiy Hindu qabristonidan kovlab olingan tobut ichidan yeryong'oq urugi qoldiqlari chiqqanligi haqidagi ma‟lumoti, Amerikada bu o'simlik yevropaliklar bu yerga kelmasdan oldin ham yetishtirilganligini tasdiqladi. Xristofor Kolumb tomonidan Amerika kashf etilganidan keyin bir necha yillar o'tgach, (1514-1521) yeryong'oq Janubiy Amerikadan Tinch okeani orqali Molukka va Filippin orollariga, u yerdan Yaponiya, Hindi- Xitoy va Janubiy Osiyoga tarqaldi. Yeryong'oq Yevropa mamlakatlaridan birinchi bo'lib Ispaniya- ga, portugaliyalik dengizchilar tomonidan keltirilgan. Germaniyaga XVII asrda, Fransiyaga XVIII asr o'rtalarida, Rossiyaga XVIII asr oxirlarida, O'rta Osiyoga esa XIX asr o'rtalarida kirib keldi. Hozirda, yeryong'oq juda ko'p mamlakatlarda jumladan: keng miqyosda Hindiston, Xitoy, AQSH, Senegal, Indoneziya, Nigeriya, Birma, Braziliya va Argentina mamlakatlarida yetishtirilsa, Gana, Mali, Samali, Sudan, Tayland, Vetnam, Afrika, Uganda va Mozambikda ushbu ekinning yetishtirish maydonlari jadal sur‟atlar bilan ortib bormoqda. Yeryong'oq yetishtiriladigan maydonning 97 foizi, yalpi hosilning 94 foizi rivojlanayotgan mamlakatlar ulushiga to'g'ri keladi. 0„zbekistonda so'nggi yillarda 5,5-6,0 ming gektar yerga ekib kelinmoqda, o„rtacha 15-18 s/ga hosil olinmoqda, ilg'or innovatsion texnologiyalar qoilanilganda 3,7-4,1 s/ga va undan ham yuqori hosil yetishtirilmoqda. 338 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling