X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
.
2. 1 . 2. 3. 3. 7.5. Yeryong'oq (araxis) Ahamiyati. Yeryong'oq (xitoy yong'og'i) — qimmatli moyli va oziq- ovqat o'simligidir. Yeryong'oq dunyoning juda ko'p mamla katlarida jams 23,7 mln. gektar maydonda yetishtirilib, gektariga o'rtacha hosildorlik 1,4 tonnani tashkil etadi. Yetishtiriladigan eng ko'p mahsulot Hindiston, Xitoy va Amerika Qo'shma Shtatlarining 336 ulishiga to'g'ri kelib, aynan shu mamlakatlarda yetishtirilgan mah - sulotning 60-80% qayta ishlanadi. Dunyo bo„yicha eng yuqori hosildorlik Xitoy (2,5-3,0 t/ga) va Amerika Qo'shma Shtatlarida (3,0- 4,0 t/ga) qayd etilgan. Respubiikamizda bu ko„rsatgich or'tacha 1,5 - 1,8 t/ga dan, ilg'or innovatsion yetishtirish texnologiyalari joriy etib parvarishlanganda, engyo'qori hosildorlik 3,7-4,1 t/ga tashkil etgan. Yeryong'oq urugining tarkibida 48-50% yengil hazm bo'luvchi moy boiib, sanoatda undan xushta‟am “araxis” moyi ishlab chiqariSadi. Yeryong„oq moyi mazasi bo„yicha zaytun moyidan qolishmaydi. Yeryong'oq moyidan turli sabzavot ekinlaridan yuqori sifatli konservalar va margarin tayyorlashda, qandolatchilik hamda parfumeriya sanoatida keng qoilaniladi. Birgina qandolatchilik sohasida yeryong„oq 60 dan ortiq mahsulotlar jumladan: is‟temol moyi, shokoladlar, pechene, holva, kofe, konfet, muzqaymoq va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda asosiy xomashyo hisoblanadi. Yeryong'oq mag'zi tarkibida moydan tashqari 26-28% yuqori sifatli yengil hazm boiuvchi oqsil, mineral va vitaminlar mavjud. Yeryong'oq poyasi mineral va vitaminlarga boy boiib, to'yim- liligi bedadan qolishmaydi. Yeryong'oq moyi ishlab chiqarish jarayonida ajratib olinadigan kunjarasining tarkibini 48 foizini oqsil va 8 foizini moy tashkil etadi. Bu esa bo'rdoqichilik, cho'chqachilik va parrandachilikda bebaho oziqa hisoblanadi. Bundan tashqari, yeryong'oq kunjarasidan non mahsulotlari ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. Yeryong'oq kunjarasi qo'shib tayyorlangan pechene va non mahsulotlari juda mazali bo'lib, narxi balandligiga qara- masdan xaridorgir hisoblanadi. O'simlik qoldiqlari tarkibida katta miqdorda fosfor, kaliy mavjud boiib, tuproqni turli organik moddalar va minerallar bilan boyitadi. Uy sharoitida yong'oqlaridan ajratib olingan po'stlogi chorva- chilikda qish mavsumida yosh buzoqlar, sog'in sigirlar tagiga zax o'tkazmaslik uchun solinadi. Sanoatda esa, ushbu yong'oq po'stloq - laridan qurilish mahsulotlari (DSP, shovqindan himoyalovchi izolator vositalari) ishlab chiqarishda ham foydalanish mumkin. 35 35 Amanova М., Rustamov A., AUanazarova L., Xudayqulov J. “Yeryong'oq ekinini yetishtirish agrotexnikasi bo'yicha tavsiyanoma”. “NISIM”, Toshkent-2016. 8-bet. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling