X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Hosilni yig'ib olish va mahsulotni saqlash
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
Hosilni yig'ib olish va mahsulotni saqlash.
Hosilni o'z vaqtida yig„ib olish muddatlarini to„g„ri belgilash katta ahamiyatga ega boiib, muddatidan oldin yig'ib olinganda mahsulot sifatiga (urug' tarkibidagi yog' hamda oqsil moddalarining miqdorining pasayishi va puch urugiar miqdorining oshishiga) sabab boiadi. Buning uchun yeryong'oq ekilgan dalaning 10-15 metr ichkarisidan boshlab konvert usulda to'rt burchagidan va dalaning o'rtasidan namuna olinadi. Bunda 1 nr maydondagi o'simliklar soni aniqlanadi. Dala sharoitida dastlabki hosildorlikni aniqlash uchun beshta nuqtadan kovlab olingan hosilning puch urugiari ajratib olingandan keyingi qolgan qismi birlashtirilib, vazni aniqlanadi, olingan natija beshga boiinadi va 1 m 2 maydondagi hosildorlik aniqlanadi. Olingan natija 10000 mr ko'paytirilib, 1 ga maydondagi hosildorlik aniqlanadi. Yeryong'oq urug'ining tinim davri nav guruhiga bogiiq holda 15-25 kunni tashkil etadi. Bu juda qisqa davr bo'lib, kuzning yomg'irli kunlarida yig'ib olishga ulguriimagan dalalarda yetilgan yong'oqlar o'simlik ildizida turgan joyidayoq unib qoladi va yetishtirilgan mahsulot sifati buziladi. Shu sababdan yeryong'oq hosilini issiq va quruq kunlarda, qisqa muddatlarda yig'ib olish tavsiya etiladi. 37 Hosil pishib yetilganda o'simlik barglari nisbatan sarg'ayadi. Urugiari yetilganda yong'oq qobig'i to'rlanadi. Qobiqning ichki tomoni qorayadi. Hosilni pishib yetilganiga tola ishonch hosil qilish uchun daladan diagonal bo'ylab yurilib bir nechta o'simlik kovlab olinadi va yetilgan yong'oqlarning foiz miqdori aniqlanadi. Agar o'simlikdagi yong'oqlarning 70-75% yetilgan bo'lsa, hosilni yig'ib olishga kirishiladi. O'zbekiston iqlim sharoitida hosilni sentabr oyining ikkinchi o„n kunligidan oktabr oyi boshlarigacha (yog'in-sochinsiz ochiq kunlarda) yig'ib olinganda ochiq dalada poyasidan ajratilmagan holda bir necha kun davomida ushlab turiladi. 37 N.P.Saxena, S.N.Nigam. Groundnut Production in Central Asia and Caucausus Countries: Outlook for the iuture 2001 y. 347 Bu davr ichida urug 1 tarkibidagi namlik kamayadi va ginoforlar qurib yong„oqlar o'simlik ildizidan oson ajratib olinadi. Yeryong„oq dukkaklari poyadan ajratib olingandan so„ng, qolgan poyalarni zamonaviy MX-80 traktoriga tirkalgan CASE-111 agregati yordamida presslash mumkin. Bunda presslangan pichanni transportlarga yuklash, tashish va saqlash samaradorligi oshadi hamda chorva hayvonlariga beriladigan pichanning to„yimlilik sifati - yeryong'oq poyasini presslash jarayonida poyadagi barglarning to„liq saqlanib qolishi hisobiga oshadi. Hosil yig'ib olinganda yong'oqlar tarkibidagi namlik 40-60% bo'lib, shabada aylanadigan binolarda 5-6 santimetr qalinlikda yoyib quritish va vaqti-vaqti bilan joyida aylantirib, aralashtirib turish tavsiya etiladi. Urug'lar quritilgandan so'ng (urug'lar tarkibidagi namlik 14 -15% gacha tushgandan keyin) saralanadi. Bunda asosan o'simlik qoldiqlari, puch va qorayib qolgan (mog'orlagan) yong'oqlardan tozalanadi. Kelgusi yil ekish yoki uzoq muddatga saqlab qo'yish uchun yaxshi quritilgan, to'q urug'li, po'stlog'i qoraymagan, mexanik zararlanmagan, navga xos tipik, yirik yong'oqlar ajratib olinadi. Ushbu urug'liklar 20 kilogrammli mato qoplarda xona harorati 13 °C dan past va havoning nisbiy namligi 65-70% yaxshi shamollatiladigan xona sharoitida yog'och stellajlarda saqlanishi tavsiya etiladi. Urug'liklar saqlanayotgan xona vaqti-vaqti bilan shamollatib turilishi, o'z vaqtida kemiruvchilarga qarshi dorilanishi lozim. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling