X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


8.1. Tolali zigir


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

361


8.1. Tolali zigir 
Ahamiyati Zig„ir eng ahamiyatli tolali ekin bo„lib, u qimmatbaho 
ikkita mahsulot - tola va urug
1
beradi. Zig„ir yetishtirishda uch xil 
yo„nalish mavjud.
1. Zig ‘irni faqat tolasi uchun yetishtirish.
Bunda bo„ yi baland 
(110 sm) tolali zigir ekilib, uning poyasidan tola olinadi. Bu zig„ir 
gullash tugagandan so„ng to„la yetilmagan vaqtida poyadan tola ajratib 
olinadi, uning poyasida 20-30% tola boiadi.
2. Urug' olish uchun уetishtiriladigan zig'ir.
Buning bo„yi past 
boiib (30-40 sm) moyli zigir deyiladi va u faqat urug„ uchun ekiladi. 
Urugining tarkibida 32-47% moy boiib, oziq-ovqat va texnikada 
ishlatiladigan qimmatbaho moy olinadi. Bu zigir poyasidan juda kalta 
tola chiqadi va bu tola dag„al gazlama va qog'oz tayyorlash uchun 
ishlatiiadi.
3. Tolasi va urug‘ olish uchun yetishtiriladigan zig'ir.
Tolali zigir 
erta, poya yetilmagan vaqtida o„rilganda undan yuqori sifatli tola (16-
30%) va urug„ olish mumkin.
Zig„ir tolasi “Shimoliy ipak” deyiladi, uning tolasidan dag„al qop 
tayyorlash uchun ishlatiladigan gazlamalar bilan bir qatorda, juda mayin 
yupqa batist gazlamalar ham tayyorlanadi, texnikada zigir tolasi 
avtomobil, aviatsiya sanoatida, rezina, oyoq kiyimi tayyorlashda 
ishlatiiadi.
Zigir tolasining yuqori texnologik xususiyatlari: mustah- kamligi
pishiqligi bilan farq qiladi. Uning tolasidan tayyorlangan dasturxonlar, 
sochiqlar o„zining pishiqligi va chiroyliligi bilan ajralib turadi. Zigir 
chiqitlari (kalta tola va boshqalar) dan o„rash uchun ishlatiladigan 
mahsulot tayyorlanadi.
Zigir moyi oziq-ovqat, sovun, lak-bo„yoq, rezina sanoatida 
ishlatiiadi.
Tarixi Zigir juda qadimgi o„simlik hisoblanib, Hindiston va 
Xitoyning togii mintaqalarida qadim zamonlardan ekilgan. Eramizdan 
4-5 ming yil oldin u Misrda, Assiriya va Mesopotamiyada ham ekilgan. 
Maxsus adabiyotlarda berilgan maiumotlarga qaraganda, zig„ir janubi-
g„arbiy va shimoliy Osiyodan kelib chiqqan. Yevropada ham zigir juda 
qadim zamonlarda ekilgan. Rossiyada zig'ir toiasini ishlaydigan fabrika 
XII asrda ishga tushgan.
362


XVIII asrga kelib zig„ir Rossiyada ko„p ekila boshladi. XIX asr va 
undan keyingi davrlarda Rossiya zig„ir ekadigan va undan tola 
yetishtiradigan asosiy davlatga aylandi. Tola uchun zig„ir Yevropa 
mamlakatlarida - Gollandiya, Belgiya, Fransiya, Angliya, Germa- niya, 
Polsha, Chexiya, Slovakiyada ko„p ekiladi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling