X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Hosildorligi. Tolali zig„ir hosildorligi o'rtacha tola hisobida 7,5 s/ni 
tashkil qiladi. Lekin, yuqori agrotexnika qo„llanilganda undan yuqori 
hosil olish mumkin.
40-rasm. Tolali zig„ir.
Sistematikasi. Zig„ir - zig„irdoshlilar 
(Linaseae)
oilasiga kiradi. Bu 
oila 45 ta turga ega. Bulardan faqat bittasi, ya‟ni oddiy (madaniy) zig„ir 
ishlab chiqarishda ahamiyatga ega. Bu madaniy tur
5 xilga ega. Bulardan ko„p tarqalgani va Hamdo„stlik Mamlakatlarida 
hamda Markaziy Osiyoda moy uchun ekiladigan Yevro-Osiyo
363


zigir turidir. Zig„irning bu tur xili shoxlanish xususiyatiga, poyasi- ning 
balandligi ga va boshqa belgilariga qarab uchga bo„linadi:
1. Baland bo„yli zig„ir. Poyasining balandligi 80-120 sm faqat 
poyasining ustki qismida shoxlar paydo boiadi. Ko„saklar soni kam (6-
10 ta) boiadi. Bu zigir tola uchun ekiladi. Poyaning yer ustki qismidan 
birinchi shoxgacha boigan uzunligiga texnik qism deyiladi. Poyaning 
texnik qismi uzun boisa tola ham uzun chiqadi. Bu qismidan qimmatli, 
ya‟ni 20-31% gacha tola chiqadi.
2. Oraliq zigir. Bu zigir baland bo„yli zigir bilan moyli zigimi 
oraligini tashkil qiladi. Poyasining balandligi 55-65 sm, kam 
shoxlanadi. Bu zigir urug„ va tola uchun ekiladi, lekin tolasi baland 
bo„yli zigirga nisbatan kalta boiadi.
3. 
Moyli zigir. Poyasining balandligi 30-40 sm boiib
ko„p shoxlanadi. Poyaning ostki qismidan boshlanib to uning 
tepasigacha yon shoxlari paydo boiadi. Shuning uchun bu zigir faqat 
urug„, ya‟ni undan moy olish uchun ekiladi.
Biologiyasi 
Issiqlikka talabi. Tolali zigir haroratga talabchan emas, u o„rta 
haroratni talab qiladigan o'simlik hisoblanib, uning urugiari 5 °C da 
unib chiqadi. -3 -5 °C sovuqqa chidash beradi. Ekish maysa hosil qilish 
davrida faol harorat 6 °C hisoblanadi. Unib chiqish davrida eng maqbul 
harorat 9-12 °C, keyingi o„sish va rivojlanishi uchun 16- 18 °C 
hisoblanadi. Havo harorati 22 °C va undan yuqori boiganda 
0
„simlikning o„sishi va rivojlanishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Tolali 
zigiming texnik yetilishi uchun o„rtacha harorat 10 °C boiganda 75-90 
va undan ko„proq kun talab qilinadi, bo„yli zigir esa 1100- 1500 °C faol 
harorat talab qiladi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling