Hosilni yig'ish. Kashnich bir tekis etilmaydi. Oldin ekilgan urug„
to„kiladi, shuning uchun 30-40% meva pishganda hosilni yigish
boshlanadi. Saqlash davrida urug„ namligi 12% dan oshmasligi lozim.
ARPABODIYON. Ahamiyati. Mevasida 1,5-3,5% efir moyi boiadi,
tarkibida 80% gacha atsetol spirti boiadi. Moyi tabobatda, liker, spirt va
qandolatchilik sanoatida ishlatiiadi. Uruglda 16-20% texnik moyi ham
boiadi, u sovun qaynatishda qollanadi. Kunjarasi yuqori to„yimli ozuqa
hisoblanadi. Arpabodiyon asal beruvchi o„simlik.
Sistematikasi. Arpabodiyon (anis) soyabonguldoshlar Apia- ceae
oilasiga, Anisum vulgare Caertn avlodi va turiga mansub boigan bir
yillik o„simlik.
Arpabodiyon keng tarqalgan o„simlik, 1000 ta mevasining vazni
3,5-4,0 g boiadi. 0„sish davri 120-130 kun, hosildorligi-bir gektardan
0,5-1,5 t urug„ olingan.
Yetishtirish texnologiyasi. O'tmishdosh. 0„sish sharoitiga talabchan,
tuproq toza va unumdor boiishi kerak. Arpabodiyon uchun o'tmishdosh:
toza va band shudgor, bir yillik o„tlar, silosbop ekinlar, don ekinlari.
Ekish. Erta bahorda yoppasiga qatorlab yoki keng qatorlab (45, 60
sm) ekiladi. Yoppasiga qatorlab ekiiganda gektariga 5 mln. dona urug„
ekiladi, keng qatorlab ekiiganda 2,5-3,0 ml. n dona ekiladi. Albatta
o„toq qilinadi, bunda kashnich aralashgan boisa, u ham yo„q qilinadi.
Hosilni yig'ish. Arpabodiyon bir tekisda yetilmaydi. Gul-
to„plamining o„rta qismidagi mevalari yetilganda hosil yigiladi.
Saqlanadigan urug" namligi 12% dan yuqori bolmasligi talab qilinadi.
QORA ZIRA. Ahamiyati. Mevaning tarkibida 4-7% moy boiadi.
Uning tarkibiga uglevod kiradi, u liker ishlab chiqarishda va
parfumeriyada qollanadi. Bundan tashqari, urugida 14-16% texnik moy
boiadi. Urugi ziravor sifatida konserva ishlab chiqarishda va non
yopishda qollanadi. Yaxshi asal beruvchi o„simlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |