Zararkunandalarga qarshi kurashish. Zararkunandalarga qarshi
kurash maqsadida ekishdan oldin urug„ dorilanadi (TMTD, 80%, 5-6
kg/t). 0„suv davrida hasharotlarga qarshi aktellik 50% (0,5 1/ga),
karbofos 50% (0,6-0,8 1/ga), sumitsidin 20% (0,3 1/ga) bilan ishlov
beriladi.
Hosilni yig„ish. Rapsning yetilishi har xil vaqtda kuzatiladi. Hosil
bir yoki ikki bosqichli usulda don kombayni yordamida yigiladi.
Yetilganda mevasi och jigarrang, urug„i to„q jigarrang yoki qora rangli
bo„ladi. Saqlanadigan urug„ning namligi 8% dan oshmasligi talab
qilinadi.
Bahorgi raps
Ahamiyati. Kuzgi rapsga qaraganda tashqi sharoitga kam
talabchan, urug„ tarkibida 35-40% kech quriydigan moy, 21% oqsil va
17-18% uglevod mavjud. Moyi texnikada ko„proq qoilaniladi. Ko„kati
mollarga yaxshi ozuqa boiadi. Tarkibida 4,9-5,1% oqsil mavjud.
Biologiyasi. Bahorgi raps bir yillik o„tsimon o„simlik, 1000 ta
urugining vazni 2,6-5,0 g. 0„sish davri 95-110 kun davom etadi.
Bahorgi raps sovuqqa chidamli, urugi 1-3 °C da unib chiqadi,
maysa -3 -5 °C ga, yetilgan o„simligi -8 °C gacha sovuqqa bardosh
beradi. Raps namsevar, tuproq unumdorligiga talabchan emas.
Ekish. Bahorgi rapsning urug„i erta bahorda ekiladigan ekinlar
bilan bir vaqtda ekiladi. Raps oddiy yoppasiga qatorlab yoki keng
qatorlab 60 sm ga ekiladi. Yoppasiga qatorlab ekiiganda gektariga
3- 4 mln. dona, keng qatorlab ekiiganda 2,0-2,5 mln. dona urug
4
ekiladi. Ekish chuqurligi 3-4 sm.
Begona o'tlarga qarshi kurashish. Begona o„tlarga qarshi
maysalanish davrida borona qilinadi. Keng qatorlab ekiiganda qator
orasi kultivatsiya qilinadi. Kasallik va hasharotlarga qarshi kuzgi raps
ekinida qoilanadigan kimyoviy vositalar shuningdek, mashina va
kombaynlar ham bahorgi rapsda ham ishlatiiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |