X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

359


Sistematikasi. Qora zira soyabonguldoshlar Apiaceae oilasiga, 
Carum carvi L. avlodiga mansub ikki yillik o„simlikdir. Birinchi yili o„q 
ildizi va barg dastasi rivojlanadi, ikkinchi yili meva hosil qiladi. Gul 
to„plami soyabon, mevasida 2 ta urug„ boiadi, 1000 ta mevasining vazni 
2,3-2,5 g, mevaning tarkibida 4-7% moy boiadi.
BiologiyasL Issiqlikka talabchan emas, sovuqqa chidamli. Birinchi 
yili barg dastasi davrida qishlaydi, Namsevar va yorug
4
- sevar o„simlik.
Yetishtirish texnologiyasi. O'tmishdosh. Qora zira uchun o„t- 
mishdosh: toza va band shudgor, bir yillik o„tlar, siiosbop ekinlar
sabzavot va don ekinlari.
Yerga ishlov berish. Kuzda yer 22-25 sm chuqurlikda haydaladi. yer 
yuzi tekis boiishi talab qilinadi, chunki urugi mayda.
Ekish. Arpabodiyon bilan bir xil, erta bahorda keng qatorlab 45, 60 
sm ekiladi. Gektariga 4-5 mln. dona urug„ ekiladi. Ekish chuqurligi 2-3 
sm. Ekinlarni parvarishiashda qator orasiga ishlov beriladi, qatqaloq 
yo„qotiladi, ikkinchi yili erta bahorda borona qilinadi.
Hosilni yig'ish. 60% mevasi yetilganda hosil don kombaynlari bilan 
yigiladi, saqlashda urug„ namligi 12% dan oshmasligi lozim.
360


VIII bob. TOLALI 0„SIMLIKLAR 
Tolaii o'simliklar to
!
qishga yaroqli boigan tola beradi. Bu tola har 
xil gazlama, mato tayyorlash uchun ishlatiiadi. O'simliklar botanik 
jihatidan har xil oila, avlod va turlarga mansub boiib, ular quyidagi uch 
guruhga boiinadi.
1. Urugida yoki mevasida tola hosil qiladigan o„simliklar. Bu 
guruhga: eng ko'p tarqalgan g'o'za o„simligi kiradi.
2. Poyasida tola hosil qiladigan o„simliklar. Bu guruhga: tolaii 
ziglr, tolaii nasha, kanop, djut, rami, kendir va boshqalar kiradi.
3. Bargida tola hosil qiladigan o'simliklar. Bu guruhga: Yan- 
gizelandiya zigiri, tekstil banani, ogava, yukka va boshqalar kiradi.
4. Mevasida tola hosil qiladigan o„simliklar: kokos palmasi.
Tolali o„simliklardan eng ko'p ekiladiganlari g'o'za, ziglr,
nasha hisoblanadi. 0„zbekistonda g„o„zadan tashqari dag„al tola olish 
uchun kanop ham ekiladi.
Xalq xo'jaligida o'simlik tolasining ahamiyati juda katta, o'simlik 
tolasidan to'qimachilik sanoatida uning mayin va dag'ai- ligiga qarab, 
har xil gazmollar ishlab chiqiladi. Eng ko'p ishlatiladigan paxta tolasi 
hisoblanib, undan mayin gazlamalar tayyorlanadi. Poyasida tola hosil 
qiladigan o'simliklar tolasi paxta tolasiga nisbatan dag'ai bo'lganligi 
sababli undan uy jihoziarida ishlatiladigan dag'al gazlamalar, qop, 
qanor arqon va shunga o'xshash har xil mahsulotlar tayyorlash uchun 
ishlatiiadi. Ammo zig'ir tolasidan sifatli gazlamalar to'qiladi. Zig'ir 
tolasi sifati bo'yicha paxta tolasidan keyingi o'rinda turadi.
Bundan tashqari, bu o'simliklaming urug'ida 18-42% moy bo'ladi. 
O'simlik moyi oziq-ovqatda, texnikada, lak-bo'yoq sanoatida, sovun 
tayyorlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiiadi. Shuning uchun bu 
o'simliklaming xalq xo'jaligidagi ahamiyati juda katta hisoblanadi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling