"xalq bank"ning tashkiliy tuzilishi


Asosiy qism “XALQ Bank”ning tashkiliy tuzilishi


Download 105.46 Kb.
bet2/6
Sana03.09.2023
Hajmi105.46 Kb.
#1672306
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xalq banki

Asosiy qism


  1. XALQ Bank”ning tashkiliy tuzilishi.

Vaqt – bu shunday to'fonki, o'zining domiga soniyalar, daqiqalar, yillarning bir nechasini olib ketadi. Undan olinadigan xulosa esa eng muhim omil sanalmish tajribaning ortishi va sinovlarga bardosh bilan harakat qilishga o'rgatadi. Bu jarayondan sabr va tinimsiz mehnat bilan o'tganlar chin ma'noda roziliklar bilan olqishlanadi. Mustaqil O'zbekiston bilan tengdosh bo'lgan, yangi va qudratli davlat tuzilishida kamarbasta sifatida o'z faoliyatini boshlagan dastlabki tijorat moliya muassasalaridan biri Turonbank aksiyadorlik tijorat bankini so'zimizga isbot sifatida keltirishimiz mumkin. Ibtidoga nazar tashlasak, Turonbank 1990 yil 6 noyabr sanasida Davlat banki sifatida № 713 raqam ostida ro'yxatga olindi va o'z faoliyatini boshladi. Hozirgi kundagi uning asosiy yirik aksiyadorlari O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi hamda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisoblanadi.


Aytish kerakki, so'nggi yillarda Respublikamiz bank tizimida bir qator yirik islohotlar yuz berdi. Ayni shu oqimda, “Turonbank” ATB ham o'zining moliyaviy ko'rsatkichlarini yildan – yilga yaxshilab, barqarorlikni ta'minlab kelmoqda. Xususan, bank tashkil etilgan davrdan ustav kapitali bosqichma-bosqich 50,0 mlrd. so'mdan 2020 yilda 884 mlrd. so'mgacha ko'tarildi va ayni shu ijobiy dinamika fonida umumiy kapital ham 1,1 trln. so'mga yetdi. Albatta, bu borada bankning kapitallashuv darajasi davlat tomonidan sezilarli ravishda qo'llab-quvvatlangani muhim ahamiyat kasb etdi. Endi bank faoliyatining yana bir eng muhim bo'g'inlaridan biri bo'lmish aktivlar haqida ham so'z yuritsak. Agarda 2016 yilda ushbu yo'nalish bo'yicha 709,1 mlrd. so'm qayd etilgan bo'lsa, joriy yilning oktyabr oyiga kelib bu raqam qariyb 8,0 trln. so'mgacha ko'tarildi.
Bankning umumiy faoliyatini aholiga yaqinlashtiradigan va sodda aytganda “xalqqa foydasi tegadigan” jabhasi, bu - uning kredit ajratish, foizlar stavkasining darajasi hamda maqbulligi bilan bog'liq siyosatidir. Ya'ni, kredit portfelini shakllantirish jarayonida asosiy e'tibor mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, ayniqsa, manzilli hamda hududiy dasturlarga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish va turli sohalarida faoliyat yurituvchi korporativ mijozlarning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan. So'zimizni raqamlar ham isbotlaydi. Agarda 2016 yilda kredit qo'yilmalari 506,1 mlrd. so'mni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2020 yil 1 oktyabriga kelib 5,9 trln. so'mga yetdi va o'sish sezilarli darajada qayd etildi. Albatta, bu moliyaviy ko'maklar sanoat sohalarini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi tarmog'ini taraqqiy ettirish, transport va kommunikatsiyalar yo'nalishini modernizatsiya qilish kabi qator tarmoqlar hissasiga to'g'ri keladi.
Shuningdek, bank tomonidan aholi ehtiyojini qondirish, ularni ijtimoiy himoyalash maqsadida foydali shartlarda qator kreditlar ham ajratib kelinmoqda. Xususan, 2018-2019 yillarda jismoniy shaxslar uchun “Mikroqarz”, “Onlayn mikroqarz” “Overdraft”, tadbirkorlik sub'ektlari uchun esa aylanma mablag'larni ko'paytirish uchun “Revolver” turidagi yangi kredit mahsulotlari taqdim etilishi yo'lga qo'yildi.
Shu bilan birga, 2020 yildan e'tiboran Turonbank jismoniy shaxslarga “Anderrayting” tizimi asosida kreditlar ajratishni ham yo'lga qo'ydi. Bu orqali kredit olish maqsadida ariza taqdim etgan fuqarolarning hujjatlari tez fursatlarda yig'ilib, ularning kredit tarixini tahlil qilish uchun ko'p vaqt sarflanmaydi va amaliyot soddalashtirilgan tartibda bajariladi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, joriy yil o'zida mazkur “Anderrayting” tizimi orqali 22,5 mingga yaqin jismoniy shaxslarga 233,4 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratilgandir.
Yillar o'tib borar ekan taraqqiyotning eng so'nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish barobarida bank xalqaro moliya institutlari bilan ham faol hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ydi. Xususan, Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Xitoy Eksimbanki, Islom xususiy sektorni rivojlantirish korporatsiyasi, Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi, “KazakhExport” eksport sug'urta kompaniyasi, Xalqaro qishloq xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi, Turkiya Eksimbanki, Germaniya AKA banki, Chexiyaning CSOB banki va Rossiya Federatsiyasining Gazprombanki shular jumlasidandir.
Shuningdek, bank “ SWIFT” va “ VISA International” xalqaro to'lovlar tizimlari, “Refinitif” informatsion-diling tizimi, “Mastercard Europe” xalqaro pul o'tkazmalari tizimi kabi qator mahalliy va xorijiy tashkilotlarning a'zosidir. Moliya muassasasining korrespondent banklar qatoriga esa “Bank of China”, “Korea Exchange bank”, “Sberbank”, OAO “Bank VTB”, OAO “Promsvyazbank”, “Aziya-Invest Bank” (Rossiya)lar kiradi.
Ahamiyatlisi, Turonbankning moliyaviy qo'llab - quvvatlashi natijasida yengil sanoat, telekommunikatsiyalar, qurilish va O'zbekiston iqtisodiyotining boshqa sohalarida yirik investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu o'z navbatida, minglab qo'shimcha ish o'rinlari yaratilayotgani, sanoat tarmoqlarida raqobat darajasi ko'tarilayotgani bilan barobardir. Bunga misol qilib, “Peng Sheng” O'zbekiston – Xitoy ko'shma korxonasini, “Xiva Gilamlari” mas'uliyati cheklangan jamiyatini, “Zarafshon Golden Group” kompaniyasini, yaratilgan yangi “Melek”, “Yaks” brendlarini, “Oxbridge international school” loyihasini, AQShda ishlab chiqarilgan asboblar bilan jihozlangan “Genotexnologiya” klinikasi kabi ko'plab samarali loyihalarni keltirishimiz mumkin.
Yana bir ahamiyatga molik jihatni keltirmasdan ilojimiz yo'q. “Turonbank” ATB o'tgan vaqt davomida o'zining sifatli va tezkor xizmati natijasida mamlakat iqtisodiyoti rivoji uchun muhim bo'lgan Davlat dasturlarida ham munosib ishtirok etib, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni o'z vaqtida bajarib kelmoqda. Xususan, aholining bandligini ta'minlash, o'z tomorqalaridan unumli foydalanishlari uchun sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan “Limonchilik tarmog'ini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaror bilan bank ushbu yo'nalishda mas'ul etib belgilandi. Ularning ijrosini ta'minlash maqsadida esa Turonbank 3 ta muhim yo'nalishda ishlarni boshlab yubordi. Xususan, 203,9 gektar zamonaviy limonchilik issiqxonalarini qurish uchun ajratilgan 46,3 mln. dollarlik 100 ta loyihani to'liq moliyalashtirib, ularni o'z vaqtida ishga tushirilishini ta'minlash bo'yicha aniq choralar belgilandi.
Limonchilikka ixtisoslashgan 17 ta tumanda 550,5 gektar issiqxonalarni tashkil etishni boshlab yubordi. Qolaversa, bank ustav kapitaliga berilgan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan kreditlar hisobidan 98 gektar yer maydonidagi 1875 ta xonadonda bosqichma - bosqich issiqxonalar tashkil etib kelmoqda. Mazkur amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 4 500 ta doimiy ishchi o'rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Mavsumiy ishchi o'rinlari bilan birgalikda bu raqam 10 mingdan ortishi kutilmoqda.
Ahamiyatli jihati, Turonbank ushbu tarmoqni taraqqiy ettirish uchun xalqaro kredit liniyalarining ham mablag'larini jalb etib kelmoqda. Farg'ona vodiysida limonchilik issiqxonalarini tashkil qilish ishlari uchun Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan kredit mablag'lari jalb qilindi. Shu bilan birga, Namangan viloyatining Pop tumanidagi 50 gektar, Andijon viloyatining Baliqchi tumanida esa 75 gektar yer maydonida limonchilik issiqxonalarini tashkil qilish uchun Jahon bankidan umumiy hisobda 11,6 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag'lar o'zlashtirildi.
Bundan tashqari, “Turonbank” ATB yirik loyihalarni moliyalashtirish barobarida Respublikamizda gidroenergetika sohasini rivojlantirishga ham o'zining munosib hissasini qo'shib kelmoqda. Xususan, 14 ta GESni modernizatsiya qilish va yangi kichik GESlarni qurish maqsadida hukumat kafolati ostida Xitoyning Eksport-import bankidan umumiy hisobda 209,9 mln. AQSH dollari miqdorida kredit jalb etilgan. Shundan o'tgan 2019 yilda 2 ta yangi kichik gidroelektrostansiya ishga tushirildi. Jumladan, Tuyabo'g'iz suv ombori qoshida tashkil etilgan stansiyaning quvvati 12 MVTga teng bo'lib, yiliga o'rtacha 41,2 mln. kVt.s. elektr energiya ishlab chiqara oladi. Katta Farg'ona kanalida ish boshlagan navbatdagi KGES ham 12 MVTga teng bo'lib, yiliga o'rtacha 72,8 mln.kVt.s. elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bundan tashqari bank “Chirchiq GES kaskadi”, “Samarqand GES kaskadi” va “Toshkent GES kaskadi” unitar korxonalarini modernizatsiya qilish, “Samarqand viloyati Darg'om kanalida KGES qurilishi kabi loyihalarini moliyalashtirishni ham o'z zimmasiga oldi.
Birzumda, tezkor va manfaatli. Bu Turonbank jamoasi kasb lug'atidan o'rin olgan eng muhim sifatlaridandir. Ya'ni, bank moliya bozorining eng jadal rivojlanayotgan segmenti bo'lmish chakana xizmatlar ko'rsatish darajasini o'zining kreativ g'oyalari bilan rivojlantirib bormoqda. So'zimiz tasdig'ini jozibali omonatlarning ortayotgani, naqd pulsiz hisob – kitoblarning rivojlanayotgani bilan ham izohlash mumkin. Mana masalan, 2016 yil 1 oktyabr xolatiga aholi omonatlari qoldig'i 121,5 mlrd. so'mni tashkil etgan bo'lsa, 2020 yil 1 oktyabrga kelib ushbu ko'rsatkich 689,5 mlrd. so'mga yetdi va o'sish 568 mlrd. so'mga oshdi. Qolaversa, 2020 yilning 1 oktyabrga qadar bank tomonidan muomalaga chiqarilgan milliy valyutadagi plastik kartochkalar soni 584 mingdan oshib ketdi. Bundan tashqari, mijozlarga VISA Electron, VISA Classic, VISA Gold imtiyozli kartasi, VISA Business korporativ kartasi va Mastersard Standard, Mastersard Gold kartalari ham taqdim etish jadallashdi.
Bundan tashqari, Turonbank SWIFT, Thomson Reuters singari xalqaro tashkilotlarning a'zosi bo'lish bilan bir qatorda VISA, Mastercard xalqaro to'lov tizimining to'laqonli vakili hisoblanadi. Moliya muassasasi respublikamizda birinchilar qatorida Zolotaya Korona, CONTACT, Western Union, MoneyGram, Unistream hamda “Aziya Ekspress” pul o'tkazmalari tizimini tatbiq etganligi bilan ajralib turadi. Ayni vaqtda Respublika miqyosidagi 75 ta xalqaro pul o'tkazmalari shaxobchalari orqali mijozlarga xizmat ko'rsatib kelinmoqda. Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, Turonbank xalqaro va mahalliy reyting agentliklarining ham munosib baholarini doimiy tarzda qo'lga kiritib kelmoqda. Xususan, “Standard and Poor’s” xalqaro reyting kompaniyasi moliya muassasasiga “Barqaror” prognozi bilan B/B darajasini bergan bo'lsa, «AxborReyting» Milliy reyting agentligi “Barqaror” prognozi bilan yuqori kredit reytingi – “UzA+” darajasini taqdim etdi.
Turonbankning ish uslubi va rejalarini butkul o'zgartirib, yangicha fikrlash va jahon andozalarini o'zida sinovdan o'tkazishga undagan navbatdagi tarixiy Farmon bank faoliyatiga burilish yasadi. Bu O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 mayda qabul qilingan “2020 — 2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasidir. Mazkur hujjat orqali zamonaviy transformatsiya jarayonlari boshlandi va Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan hamkorlik yo'lga qo'yildi.
Transformatsiya jarayonlariga kirib borar ekan, Turonbank mijozlarga yanada yirikroq moliya amaliyotlarini ko'rsatish strategiyasini ishlab chiqdi va bu orqali rentabellikning barqaror darajasiga erishib, xatarlarni boshqarish tizimini optimallashtirdi. Buning natijasi o'laroq, yangi imidj yaratishga erishgan bank iqtisodiyotning real sektorlarini moliyalashtirish hajmlarini kengaytirib, mijozlar bazasini oshirdi. Dastlab faoliyat boshlangan vaqtda zamonaviy mobil shoxobchalar deyarli mavjud bo'lmagan bo'lsa, bugungi kunga kelib ularning soni quyidagicha o'zgardi. 70 ga yaqin zamonaviy bank xizmatlari ofislari, 90 ta 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan to'lov shoxobchalari, 51 ta valyuta ayirboshlash shaxobchasi va 123 ta bank jamg'arma va omonat kassalari. Ular orqali esa 25 mingdan ortiq yuridik hamda 745 mingga yaqin jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatib kelinmoqda.
Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, raqamli iqtisodiyotga o'tish barobarida bank iste'molchilarga qulayliklar yaratish maqsadida raqamli va masofaviy bank xizmatlarining yangi turlari joriy qilishni jadallashtirdi. Elektron navbat, call markaz, jismoniy shaxslarni biometrik barmoq va FaceID orqali identifikatsiya qilish, QR texnologiyasi orqali to'lovlarni o'tkazish, “One touch” tizimida to'lovlarni smartfon orqali qabul qilish va 3D secure xizmati joriy qilindi hamda DIG ID qurilmasi (va dasturiy ta'minoti ishga tushirildi. O'tgan vaqt davomida erishilgan yutuqlarni tahlil qiladigan bo'lsak, unda yosh va tajribali xodimlarning o'rni ahamiyatli ekanligini ko'ramiz. Sababi, moliya muassasasi bankirlarning malakasini doimiy oshirib borish mexanizmini ham yo'lga qo'ygan. Ular uchun doimiy ravishda o'quv-seminar va anjumanlar tashkil etiladi. Nufuzli milliy va xorijiy moliyaviy institutlarda ta'lim olishlari uchun mablag'lar ajratiladi. Jumladan o'tgan yillar davomida 219 nafar xodim malaka oshirish uchun turli o'quv markazlari va seminarlarga jo'natilgan. Bank-moliya akademiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida xodimlar doimiy tarzda tahsil olishadi. Qolaversa, iqtisodiy yo'nalishdagi oliy o'quv yurtlarining bakalavriat 4-bosqich talabalari test sinovi asosida tanlab olinib ularning kontrakt to'lovlari bank tomonidan to'liq qoplanib, ishga jalb qilinmoqda.
Mana shunday uzoq, zalvorli va g'oyat muhim yo'lni bosi bo'tgan Turonbankka 30 yil to'ldi. Ehtimol tarix oldida bu juda katta raqam emasdir. Ammo bir muassasa, xususan tijorat bankining oyoqqa turishida 30 yil – 10950 kun – sira oz muddat emas. O'tgan har bir soat jamoamiz ahli uchun qanchadan-qancha zahmat, mehnat, intilish, harakat, mashaqqat, quvonch va tashvishlar, topishlaru yo'qotishlar, umid va orzular, depsinishlaru yuksaklik pillapoyalari sari qadamlar vaqti bo'ldi. Ishonchimiz komilki, qadimiy Turon nomi bilan ataluvchi bankning ertasi ham nurli, yorug' va albatta porloq bo'ladi. Ozod va hur diyorimiz, jonajon O'zbekistonimiz iqtisodiyotini yanada ko'tarish, yurtdoshlarimizning turmushini yuksaltirish yo'lida, o'z oldiga qo'ygan vazifalarini sidqidildan bajarishadi. Zero, Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”...


  1. Download 105.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling