Xalq qo‘shiqlari
Download 333.27 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi.
128 XALQ QO‘SHIQLARI Inson borki ishq bor, muhabbat bor. Avloddan keyin kichik avlod, nasldan keyin nasi keladi, ammo insondagi muhabbat tuyg'usi, qalbda ehtirosli his-tuyg‘ular uyg'onishi o'zgarmaydi. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘oti- t-turk» asarida shunday to‘rtlik bor: Bulnar meni ulas ko'z, Qora mengiz qizil yuz. Andin tomar tugal tuz, Bulnap yana ul qachar. Bu mast ko‘zli (seviklim) Qora xoli va qizil yuzi bilan (meni asir qildi). Mazmuni: Yanoqlaridan shirinlik tomib, meni asir qildi-yu, Lekin keyinidan (tutqich bermay), mendan qochib ketdi. Misralardagi so'zlami tushunish qiyin ekanini hisobga olmasak, qo’shiqdagi his-tuyg‘u kechagina yaxshi ko‘rgan qizi qochib ketgan shoirtabiat yigitning ko‘ngil izhoridan farq qilmaydi. Yana bir to'rtlikka diqqat qiling: Yog‘mur yog‘ib sachildi. Turluk chachak suchuldi. Inju qobi ochildi. Chindan yipor yugrushur. Mazmuni: Yomg'ir tomchilari to'kila boshladi. Turli chechaklar undi. Inju qutichalari (g‘unchalar) ochildi. Har tomonda shifobaxsh atir hidlar gurkiradi 1 . Keyingi to‘rtlikdagi so'zlar shunchalar sodda va bizga tushunarliki, asl matnni o‘qiganda ham asosiy fikmi aniq tasavvur qilishimiz mumkin. Ya’ni hayotning tinimsiz o'tishi sevgi dardiga mubtalo bo'lgan yigit yoki navro'z ayyomida tabiatdagi go'zal o‘zgarishlami ruhan his qilgan inson qalbidagi ichki kechinmalaming jo‘sh urishiga mutlaqo ta’sir qilmaydi. Zamon o‘zgaraveradi, ammo bahor kelgani zahoti yosh bolalar turli ko'rinishdagi varraklami uchiraverishadi, ayni paytda, «Boychechak»ni aytishaveradi. Demoqchimizki, inson paydo bo‘libdiki, his-tuyg‘ulami ifodalash vositasi hisoblanmish - qo‘shiqlar unga hamroh edi. Biz qo‘shiq deb atayotgan jam adabiyodarda ko‘rsatilishicha, «shlok», «takshut», «ir» (yir), «kug» kabi atamalar bilan qadimdan atalib kelgan. Mahmud Koshg‘ariy esa bunday asarlami «qo‘shuq» - qo‘shiq, qasida, she'r tarzida beradi. So‘zning ma’nosini sharhlashdagi to‘rtlikda «malikaga mendan maqtov yetkaz» 2 mazmunidagi misra borki, izohdagi qasida atamasini qo‘llash ham o‘zini oqlaydi. Xalq qo‘shiqlari og'zaki ijodimizdagi lirika jinsiga mansub jamdir. Bu janming boshqa turdagi asarlardan farq qiluvchi bosh xususiyati unda ijodkoming his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalari, ruhiy holatini ifodalash- dan iborat. Bu o'rinda tabiiy savol tug'iladi. Boshqa janrdagi asarlarda qahramonning ruhiy holatini aks ettirish belgisi yo‘qmi? Boshqa janr- lardagi asarlarda asosiy yo‘nalish voqeani bayon qilishdan iborat bo‘ladi. Faqat ayrim o‘rinlardagina his-hayajon tasviri bilan bog'liq parchalami uchratamiz. Bu o'rinlarda link tasvir qahramon qiyofasini ochishda usul bo‘lib xizmat qiladi. Xorazm dostonlari bundan istisno. Chunki xorazm- lik baxshilar ijro etgan dostonlaming she’riy parchalari qo‘shiq qilib ay- tiladi va ular ham lirik jins namunasi hisoblanadi. Xalq qo'shiqlari esa to‘liq ravishda lirik ijod sifatida belgilangan. Taniqli olima, xalq qo‘shiq- larining yirik tadqiqotchisi, butun umrini xalq qo‘shiqlarini yozib olish, o‘rganish, nashr qilishga bag'ishlagan fidoyi inson Muzayyana Alaviya mazkur asarlarga: «...oddiy hayot hodisalari tug‘dirgan hissiyotni ifoda- lagan, kuyga solishga qulay, qisqa, esda qoladigan qofiya, vaznga ega bo'lgan she’r qo’shiq bo‘la oladi» 3 , - deb ta’rif beradi. Haqiqatan ham, qo‘shiqning paydo bo‘lishiga bosh sabab inson kay- fiyatidagi chuqur iztirob yoki to’satdan 128 paydo bo‘lgari ko‘tarinki ruhdir. Inson noxush damlarda ko‘proq sukut saqlaydi, xayolda vaziyat yechi- mini topishga urinadi. Bunday daqiqalarda mungli kuy tasalli beradi, ko'ngilni bir oz bo‘lsa-da yozadi. Xursandchilik onlarida esa sho‘x qo‘- shiq, raqs hamroh bo'ladi. Ayni ana shunday manfiy va musbat holatlar shaxs qalbida lirik kechinmalarning paydo bo‘lishiga zamin hozirlaydi: oqibatda qo'shiqning yaratilishiga sabab bo'ladi. Xalqimizda «Kuygan - qo‘shiqchi, suygan - baxshi» hikmati bejiz aytilmaydi. Qo'shiq haqida nazariy ma’lumot berilgan deyarli hamma adabi- yotlarda lining «qo‘shmoq» fe’lidan hosil bo‘lgani aytiladi. Qo‘shiq ata- masining tarixi qanchayin sodda tnyilmasin, og‘zaki ijodimizdagi bu janr juda murakkab ruhiy kechinmalami ifodalashga xizmat qiladi. O‘qil- ganda, eshitilganda tushunish oson sezilgan to'rtliklar zaminida olam- olam ma’no, murakkab qismat yotadi. Shu bois har qanday qo‘shiq bilan tanishganimizda tezlik bilan shoshib xulosa chiqarish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Xalq og‘zaki ijodidagi lirik tur hisoblangan qo‘shiq quyidagi janr xususiyatlariga ega: 1. Qo‘shiqlarda inson kechinmalari, qalb izhorlari aks etadi. Shuning uchun ular lirik jinsga mansub janr deb hisoblanadi. 2. Qo‘shiq shaklan she’riy ko‘rinishda bo‘ladi. O'zbek xalq qo‘shiq- lari, asosan, barmoq vaznda, ba’zan aruzda yaratiladi. 3. Ko‘pincha, xalq qo'shiqlari to‘rt misradan iboratdir. Go‘zal ruhiy holatni ifodalash xususiyatiga ega. Ayni paytda bir necha bandlardan iborat muayyan mavzuni yorituvchi qo‘shiqlar ham bor. Ba’zan 6, 8 misrali namunalar ham uchraydi. 4 misralilari a b a b; a a b b; vv g g; a aab; aaa a tarzda qofiyalanadi. Qo‘shiqning kuyi bo‘ladi. Biror asbob jo‘rligida aytiladi. Aksari xalq qo'shiqlari ijrosida asbob jo'rligi shart emas. Ijrochi xonish usulida qo‘shiq aytishi mumkin. Download 333.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling